Amaliy mashg’ulotlari maqsadi: Immobilizatsiya to’g’risida ma’lumot berish.
Odam skeletining turli sohalari shikastlanganda maxsus va qo’l osti vositalarni ishlatgan xolda yordam berish ko’nikmalarini xosil qilish.
Kutiladigan natija:Immobilizatsiya to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar. Odam skeletining turli sohalari shikastlanganda maxsus va qo’l osti vositalarni ishlatgan holda yordam berish ko’nikmalari hosil qilinadi
Amaliy mashg’ulotga qo’yilayotgan masala:
1. Immobilizatsiya 2.Tos shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish. 3.Son shikastlanishida birinchi yordam ko’rsatish. 4.Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish. 5. Boldir shikastlanganda Mavzuni qisqacha mazmuni.
1. Immobilizatsiya - jarohatlangan a’zoni harakasizlantirishdir. Tayanch harakat apparati shikastlanganda ba’zan qon ketadi, og’riq qattiq bo’ladi yoki suyak tashqariga chiqib qoladi. Bunday shikastlanish jabrlanuvchining hayotiga kamdan-kam hollarda xavf tug’diradi. Lekin bosh, bo’yin yoki orqa shikastlangan bo’lsa, shikastlanish natijasida yurish yoki nafas olish qiyinlashsa, ko’p joy shikastlangan bo’lsa, albatta tez yordam chaqirish kerak bo’ladi. Tez yordam etib kelguncha jabrlanuvchi tanasining shikastlangan qismini qo’l bilan tutib turib, boshqa buyumlar, masalan, yostiq, adyol, kiyim bilan qimirlamaydigan qilib qo’yiladi. Tez yordam darhol kelmasa yoki jabrlanuvchini shaxsiy transportda mustaqil olib ketmoqchi bo’linsa tananing jarohatlangan qismining qimirlamasligini ta’minlash zarur bo’ladi. Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (qo’zg’almaydigan qilib) qo’yish natijasida og’riqni kamaytirishga, qo’shimcha shikastlanishning oldini olishga, qon ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarohatlangan qismida qon aylanishi buzilishi ehtimolini kamaytirishga, yopiq siniqning ochiq siniqqa aylanib ketishining oldini olishga erishiladi. Shikastlangan joyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bog’lam qo’yish yoki bint bilan o’rash orqali qimirlamaydigan qilib qo’yiladi. Buning uchun shinadan foydalaniladi. Shina uch xil: yumshoq, qattiq va anatomik bo’ladi. Yumshoq shina sifatida taxlangan adyol, sochiq, yostiq, qimirlatmaydigan bog’lam yoki bintdan foydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, karton, buklangan jurnal va hokazolar kiradi. Anatomik shinada jabrlanuvchining o’z tanasidan foydalaniladi Masalan, qo’l - jabrlanuvchining ko’kragiga bint bilan tortib qo’yilishi, oyog’i - sog’ oyog’iga bog’lab qo’yilishi mumkin. Shina qo’yishda quyidagilarga rioya qilinadi: Shikastlangan joy holatini o’zgartirmasdan taxtakachlanadi.
Ham shikastlangan joy, ham undan yuqorida va quyida joylashgan bo’g’imlar qo’shib taxtakachlanadi.
Taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi qon aylanishini tekshirish, shikastlangan qo’l yoki oyoq barmoqlarini tekshirish, ular ushlaganda iliq va timog’i yoni pushti rang bo’iishi lozim. Uvishgani to’g’risidashikoyat bo’lsa, bog’lam bo’shatiladi.
Taxtakachi shikastlangan joyning yuqorisidan hamda quyisidan mahkamlab qo’yish lozim.
Ochiq siniqdan tashqari har qanday shikastlanishda muz qo’yiladi. Sovuq og’riqni kamaytirib, shishni pasaytiradi, chunki u qon tormirlarini toraytiradi. Odatda, sovuq narsa har soatda 15 minutdan qo’yiladi. Zarur bo’lgan hollarda shikastlanishdan keyingi dastlabki ikki kecha-kunduz davomida shunday qilinadi Teri qoplarnini muhofaza qilish uchun muz kompress bilan teri orasida doka yoki mato qatlamni qo’yiladi. Muzni polietilen paketga solib hamda uni ho’llangan sochiqqa o’rab kompress qilish ham mumkin. Ochiq sinishda sovuq kompress qoyilmaydi, chunki singan joyga bosim bilan ta’sir ko’rsatish og’riqni keltirib chiqaradi. Boylam va muskullar cho’zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-3 kundan so’ng), shikastlangan qismga qon oqimini kuchaytirish uchun iliq kompress qo’yiladi. shunda bitish jarayoni tezlashadi. Shikastlangan joyni ko’tarib qo’yish qon oqimini sekinlashtiradi, bu o’z navbatida shishni kamaytiradi.