11-Mavzu: Tayanch-harakat apparatining mexanik shikastlanishlari. Immobilizatsiya. Amaliy mashg’ulotlari maqsadi



Yüklə 24,07 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2022
ölçüsü24,07 Kb.
#70699
1   2   3
11-Imobilizasiya

2. Tos shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish. Tos suyaklarining shikastlanishi - juda murakkab shikastlanish turi bo’lib, jabrlanuvchi oyog’ini harakatga keltirishga uringanida tos atrofida qattiq og’riq paydo bo’lishiga qarab bunday shikastlanish ro’y berganini taxmin qilish mumkin. Odatda, jabrlanuvchi shok holatida bo’ladi, salgina harakat ham og’riqni kuchaytirishi hamda singan parchalar siljishiga, tomirlar va ichki a’zolar zararlanishiga olib keladi. Tos suyaklari singani gumon qilinganda yoki singanida jabrlanuvchi qattiq zambilga yoki taxtaga yotqiziladi. Bosh va umurtqa pog’onasi shikastlangandagi kabi harakat qilinadi. Agar jabrlanuvchi xushdan ketgan bo’lsa, imkoni boricha uni sog’ yonboshiga yotqiziladi.
Tos shikastlanishi tashqi jinsiy a’zolarga ham taalluqli bo’lishi mumkin. Jinsiy a’zolarning har qanaqa shikastlanishi haddan tashqari og’riqli bo’lib, jabrlanuvchini ham, yordam ko’rsatayotganlarni ham noqulay ahvolga solib qo’yadi.


3. Son shikastlanishida birinchi yordam ko’rsatish. Son singanda suyak sinishining barcha belgilari kuzatiladi. Bunday hollarda uch: tos-son, tizza hamda boldir-panja bo’g’imlanning qimirlamasligini ta’minlanadi. Shu maqsadda qo’l ostida mavjud vositalar: reyka, chang’i tayog’i, faner tilimidan foydalaniladi. Eng uzun qism tashqaridan qo’ltiq ostidan oyoq panjasi chuqurchasigacha, ichki qismi qovdan panjagacha belgilanadi. Shina besh joydan bog’lam bilan mahkamlanadi. Singan son yaxshi qotirilmasa, jabrlanuvchini transportda olib ketishda son arteriyasini zararlantirishi mumkin, natijada qon ketib, jabrlanuvchi shok holatiga tushishi kuzatiladi.
4.Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish. Hamma turdagi sinishda bo’lganidek, bunda ham jabrlanuvchiga qulay o’rnashib olishida yordam beriladi. Agar tizzasi bukilgan bo’lsa, uning ostiga g’o’la qilib taxlangan adyol yoki yostiq qo’yib, bukilgan holida qimirlatmaslik, tizza to’g’rilangan bo’lsa, shikastlangan oyoqni sog’ oyoqqa bog’lab, qotirib, sovuq kompress qo’yiladi.
Bilak shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatish: qattiq shina qo’yish.
Jarohatlangan qo’lning qimirlamasligini ta’minlash uchun qattiq shina qo’yiladi. Bunda jabrlanuvchi qo’lini tutib turishga qodir bo’lmasa, uning qo’lini shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan tutib turiladi.
Barmoqlari tekshiriladi, ya’ni ular ushlaganda iliq tuyulishi va timoq atrofi pushti rangda bo’lishi lozim. Jabrlanuvchining qo’lidan iloji boricha barcha uzuklarini echib olish, barmoq uchlari uvishgan-uvishmaganligini jabrlanuvchidan so’rash, shinani qatlam bilan shikastlangan bilak ostiga qo’yish va jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta kishidan shinani o’sha joyda ushlab turishni iltimos qilinadi. Panjaning tabiiy holatini saqlab qolish uchun jabrlanuvchining kaftiga bironta yumshoq narsa qo’yiladi. Shinani shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan bog’lab, bog’lam uchini, singan joydan imkoni boricha nari- beri qilib bog’lanadi.
Bilak shikastlanganda ro’mol bilan bog’lam qo’yish mumkin. Buning uchun jarohatlangan qo’lni tutib turishni jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta odamdan iltimos qilinadi. Bog’lamning bir uchini jarohatlangan qo’l ostidan, sog’ elka ustidan o’tkazib, ro’molning to’g’ri burchagi uchini jarohatlangan qo’l tirsagi ostidan o’tkaziladi. Agar tirsak shikastlangani gumon qilinmayotgan bo’lsa, qo’l 90° qilib bukiladi. Shikastlangan tarafning qarshi tomonidan bo’yinga bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo’yiladi. Bog’lamni tirsak yonidan imkoni boricha tortib qo’ying yoki to’g’nog’ich bilan to’qnab qo’yiladi. Bog’lamni jarohatlangan qo’l tomonidan ko’krak atrofidan tortib, bog’lam uchlarini qarama-qarshi tomondan sog’ qo’l ostidan bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo’yiladi.
Ro’molning bir uchini boshqa elkasi osha o’tkaziladi. Bog’lam uchini
o’mrov suyagi shikastlanganda jarohatlangan tomondagi bilakni ko’krakka shunday ko’ndalang qilib qo’yiladiki, barmoqlar qarama-qarshi elkaga qaratilgan bo’lishi, yozilgan bog’lamni bilak va panja ustidan qo’yilishi, bog’lam tirsak va elkani yopib turishi kerak. Bilakni tutib turgan holda bog’lamning ostki uchini panja, bilak va tirsak ostidan o’rab, bog’lamning quyi uchini orqadan o’tkazib, uchlarini bog’lab qo’yiladi. Tana bilan qo’l orasidagi tabiiy botiqlarga mustahkam yumshoq materialdan qatlam joylab qoyib, shikastlangan tomon tirsagidan gavda orqali aylantirib bog’lam tortib, yaxshilab qotiriladi va bog’lam uchini qarama-qarshi tomonda sog’lom qo’l ostidan o’tkazib bog’lab qo’yiladi.
Boldir-panja bo’g’imi shikastlanganda jabrlanuvchining poyabzali va paypog’ini echmasdan uchta bog’lam: birini - oyoq panjasi (kafti) ostidan va ikkitasini boldir ostidan qo’yiladi. Boldir-panja bo’g’imi atrofiga yostiqni asta taxlab yoki o’rab qo’yiladi. Adyol yoki yostiqni boldir atrofida ikkita bog’lam bilan mustahkamlab, uchinchi bog’lamni panja atrofidan bog’lanadi. Bog’lamlar mahkam, lekin qattiq qismay bog’langan bo’lishi kerak. Agar bog’lam ostidan bittadan ko’p tarmoq o’tgan bo’lsa, bog’lamni qattiqroq tortib tugiladi.

Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin