11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja



Yüklə 164,03 Kb.
səhifə3/48
tarix24.12.2023
ölçüsü164,03 Kb.
#191829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqt-fayllar.org

G‘ovakli to‘ldiruvchilar 
Yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar, joyida qazib olinadigan (tabiiy) yoki maxalliy
xomashyodan sun’iy olinadigan, olib kelinadigan og‘ir to‘ldiruvchilardan arzon
bo‘lishi mumkin. Ularni qo‘llash iqtisodiy samaralidir.
G‘ovakli to‘ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar tashqi devorlar qurish uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa, ularning iqtisodiy samaradorligini issiqlikdan ximoya
xossalarini hisobga olgan xolda 1 m
2
devor narhidan kelib chiqib hisoblanadi.
Qoida bo‘yicha, to‘ldiruvchi qanchalik yengil bo‘lsa, yengil beton issiqlik
o‘tkazuvchanligi kam bo‘ladi va devor qalinligi kichik va arzon bo‘ladi.
Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning konstruksion betonlarida g‘ovakli
to‘ldiruvchilarni ishlatish samaradorligi hisoblashda quyidagi omillar hisobga
olinadi.
Konstruksiyalarning massasini kamayishi quyidagi iqtisodiy samara beradi:
-
transport xarajjatlarini kamayadi;
-
yig‘ma konstruksiyalar montaji uchun sarflar kamayadi;
-
yig‘ma elementlarning yiriklashuvi;
-
pastki konstruksiyalarga tushadigan yuklamalar kamayadi;
-
egiluvchan konstruksiyalarda, yuk ko‘taruvchi qobiliyatini saqlagan xolda
armatura po‘lat sarfi kamayadi va b.
Beton zichligini 10% ga kamayishi konstruksiyalar narhini taxminan 3% ga
pasayishiga olib keladi.
Yuqori mustahkam yengil betonlar zichligi 1700...1800 kg/m
3
, ular oddiy og‘ir
betonga nisbatan 25...30% ga yengil.
Yengil betonlar uchun ishlatiladigan keramzitning mustahkamligini ko‘pchish
koeffitsientini kamaytirib erishish mumkin, biroq bunda uning tannarxi o‘zgaradi.
To‘kma zichligi 400 kg/m
3
bo‘lgan 1 m
3
keramzit shag‘alini tannarxini 100%
qilib qabul qilsak, to‘kma zichligi 300 kg/m
3
bo‘lganda tannarxi taxminan 20%
ga kamayadi, 500 kg/m
3
da 20% ga oshadi, 600 kg/m
3
da 40% ga, 700 kg/m
3
da
tannarxi 2 marotabaga oshadi.
Keramzit qanchalik og‘ir bo‘lsa tannarxi shunchalik oshadi. Buni quyidagicha
izohlash mumkin: ishlab chiqarishdagi bir hil sarflarda, ko‘pchish koeffitsienti
qanchalik kam bo‘lsa olinadigan mahsulot hajmi ham shunchalik kam bo‘ladi,
demak olinadigan mahsulot hajmi kamayishi, uning tannarhini oshishiga olib
keladi.
Ko‘pchish
yo‘li
bilan
olinadigan keramzit va
boshqa g‘ovakli
to‘ldiruvchilarning ko‘pchish koeffitsientini oshirish maqsadida, ularni
boyitishga, xomashyoga qo‘shimcha ishlov berishga va boshqa texnologik
usullarga ketadigan sarflar o‘zini oqlaydi.


150
Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar tannarxini, ularni ishlab chiqaradigan korxonalar


quvvatini oshirib kamaytirish mumkin.
Shuning uchun, yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar (shlakli pemza, agloporit va b.)
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun sanoat chiqindilardan keng
foydalanish zarur.

Yüklə 164,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin