147
11-MAVZU.TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA
QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI.
Reja:
1.Mablag‘lar iqtisodi
2.Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh
3.G‘ovakli to‘ldiruvchilar
4.G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda sanoat chiqindilardan
foydalanish
5.To‘ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish
Muhandis har qanday texnikaga oid masalalarni yechmasin, u yoki boshqa
yechim iqtisodiy samaradorlik bilan belgilanadi. Shu sababli texnik hisob ishlari
bilan birgalikda iqtisodiy taxlil bajariladi.
Yechim taxlili , ishlab chiqarishdagi konkret sharoitni
hisobga olishni va pul
vositalarini tejash optimallik kriteriyasi bilan birgalikda mehnat unumdorligini
oshirish hamda tashish hajmini qisqartirishni nazarda tutadi.
Mablag‘lar iqtisodi – to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda va beton uchun
qo‘llashda juda muhim talab hisoblanadi.
To‘ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % narhini, 80-
85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu
to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni
takomillashtirish, sifatini yaxshilash
hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni
qo‘llashdir.
Beton qorishmaning eng qimmat qismi
sement emas, balki to‘ldiruvchilar – oddiy
tabiiy qum, shag‘al, chaqiq toshdir.
Birinchidan, beton uchun to‘ldiruvchilar sementga nisbatan ko‘p sarflanadi. Oxirgi
yillarda beton mustahkamligiga talablar oshmoqda, lekin 1m
3
betonga sement sarfi
o‘rtacha kamaymoqda, to‘ldiruvchilar sarfi esa oshmoqda. Buni, yig‘ma temir-beton
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashishi natijasida
buyumlarni bikir beton
qorishmasidan qoliplash, sement faolligi oshishi va boshqa omillar bilan tushintirish
mumkin.
Ikkinchidan, to‘ldiruvchilar tannarxi xanuz yuqori bo‘dib qolmoqda. Sement
tannarxini kamaytirishga sanoatda erishilgan bo‘lsada, to‘ldiruvchilar tannarxini
kamaytirish uchun katta zahiralar ishlatilmagan.
Bu muammoni xal qilish uchun,
birinchi navbatda to‘ldiruvchilar sifatida sanoat chiqindilari va ikkilamchi
resurslardan keng foydalanishdir.