11-mavzu: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari Reja



Yüklə 116,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix16.12.2023
ölçüsü116,55 Kb.
#181699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11 mavzu Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Obyektga yo’naltilrilgan

ma’lumotlar+algoritm=dastur
formulasini yodga olish yetarli.
80-yillardan keyin ishlab chiqilgan komp’yuterlarning imkoniyatlari 
kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish 
samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab 
chiqildi, keyinchalik mul’timedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni 
qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Komp’yuter tasviriy 
imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik 
muloqot Interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi 
katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy 
vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan 
foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini 


kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham 
sabab bo’ldi. 
70-80 yillarda dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasini hal qilish 
uchun ko’plab metodlar ishlab chiqildi. Ularning ichida yuqoridan pastga usulidagi 
strukturali dasturlash keng tarqaldi. Bu usul yuqori bosqichli 
FOR
TRAN va 
COBOL tillarining topologiyasiga asoslangan edi. Bu tillarda asosiy bazaviy birlik 
bo’lib qism dastur xizmat qiladi. Dastur shakli jihatidan daraxtni eslatib, bitta 
qism dastur boshqasiga murojaat qilar edi. Strukturali dasturlashda aynan shunday 
yondoshuvdan foydalaniladi: algoritmik dekompozitsiya katta masalalarni kichik 
masalachalarga bo’lish uchun qo’llanadi. 
XX asrning 60-70 yillarida halq xo’jaligining ko’plab masalalarini 
komp’yuter yordamida yechish uchun BASIC, PASKAL, FORTRAN kabi 
dasturlash tillari, DBASE. CLIPPER, FOXBASE, KARAT kabi ma’lumotlar 
bazasini boshqaruv tizimlari yetarli bo’lgan. Bu til va tizimlar asosan IBM*86 
tipidagi komp’yuterlarga mo’ljallangan bo’lib, ularning asosiy kamchiliklari shu 
davrga hos bo’lgan komp’yuterlarning imkoniyatlari bilan bog’liq edi:

Foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan grafik Interfeys yaratish 
imkoniyatining yo’qligi yoki juda ham katta mehnat talab qilishi

Bitta dasturda foydalanish mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar sonining 
chegaralanganligi; 

Dasturda foydalnish mumkin bo’lgan sonli ma’lumotlar dipazonining 
chegaralanganligi; 

Kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma’lumotlarni nazorat qilish; 

Buyruqlar tizimining «kambag’alligi»; 

Grafiklar bilan ishlash imkoniyatining chegaralanganligi; 

Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlashdagi kamchiliklari;

Ma’lumotlar bazasi va fayllar bilan ishlashdagi imkoniyatlarning 
chegaralanganligi; 

Yangi tipdagi ma’lumotlar faqat shartli ravishda yaratish mumkin 
mumkinligi va h.k.
Keyingi yillarda strukturali dasturlashning o’ndan ortiq usullari ishlab 
chiqildi. Bu usullarning ko’pchiligi bitta mavzuning turli ko’rinishlaridan iborat 
bo’ldi. Ammo, Sommervil’
i
ularni uchta guruhga bo’lishni taklif qildi: 

Yuqoridan quyiga qarab strukturali loyihalash usuli; 

Ma’lumotlar oqimini tashkil qilish usuli; 

Obyektga yo’naltirilgan loyihalash. 
Strukturali loyihalash usuliga namunalar Yordan va Konstantin
ii
asarlarida 
keltirilgan. Asosiy g’oyalar esa Virtning
iii
ko’plab ilmiy ishlarida ochib berilgan. 
Bu asarlarda strukturali dasturlashga nisbatan bo’lgan har bir yondoshuvda 
algoritmik dekompozitsiya ishtirok etadi. Yozilgan dasturlarning kattagina 
qismining asosini strukturali dasturlash printsipi tashkil qiladi. Strukturali 
dasturlash abstraktsiyalarni ajratishga imkon bermaydi, ma’lumotlarni samarali 
himoya qilishni ta’minlamaydi, parallelizmni tashkil qilish uchun yetarlicha 
vositalarni taklif qila olmaydi. Strukturali dasturlash murakkab sistemalarni ishlab 
chiqishga imkon bermaydi, obyektga yo’naltirilgan dasturlashda samara bermaydi. 


Ma’lumotlar oqimini tashkil qilish usuli Djekson
iv
hamda Orrlarning
v
ishlarida keng yoritilgan. Bu usulda dasturiy sistemaning strukturasi xuddi 
kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlar qimiga almashtirish tashkil qilish 
kabi quriladi. Ma’lumotlar oqimini tashkil qilish usuli ham strukturali dasturlash 
usuli kabi bir qator murakkab masalalarda, hususan axborot ta’minot sistemalarida 
qo’llanilgan. Bu masalalarda kiritilyotgan va chiqarilayotgan ma’lumotlar o’rtasida 
bevosita bog’liqlik mavjud hamda dasturlarning bajarish tezligiga katta e’tibor 
berilmaydi.
80-yillarga kelib, imkoniyatlari yanada katta bo’lgan komp’yuterlar ishlab 
chiqildi. Strukturali dasturlashning ahamiyati esa o’zgarmadi. Ammo Stayn shuni 
ta’kidlaydiki «dasturning hajmi 100 000 satrdan o’tganidan keyin strukturali 
dasturlash mexanizmi ishlamay qolar ekan». Demak, katta dasturiy sistemalarni 
ishlab chiqishda strukturali dasturlash mexanizmi ham o’z ahamiyatini yo’qotadi. 
SHu munosabat bilan dasturiy ta’minotda obyektga yo’naltirilgan dasturlash 
texnologiyalariga o’tish taklif qilindi.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 60-yillarning
o’rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo’lgan. Ammo, bu til 
FOR
TRAN, 
ALGOL, PL

1 kabi tillarga nisbatan o’zining imkoniyatlari past bo’lganligi 
hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif 
qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmadi. Keyinchalik 
obyektga yo’naltirilgan dasturlash Smalltalk, Object Pascal, C

, Ada, hozirda 
esa C# kabi yuqori darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va 
ommalashmoqda.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash – bu dasturlashning shunday yangi 
yo’nalishiki, dasturiy sistema o’zaro aloqada bo’lgan obyektlar majmuasi sifatida
qaraladi va Har bir obyektni ma’lum bir klassga mansub hamda Har bir klass 
qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi. Alohida olingan klass 
ma’lumotlar to’plami va ular ustida bajariladigan amallarning to’plami sifatida 
qaraladi. Bu klassning elementlariga faqat shu klassda aniqlangan amallar orqali 
murojaat qilish mumkin. Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan 
amallar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan 
dasturiy sistemalarning ishonchliligini ta’minlaydi. 

Yüklə 116,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin