11-mavzu: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari Reja



Yüklə 116,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix16.12.2023
ölçüsü116,55 Kb.
#181699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11 mavzu Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Obyektga yo’naltilrilgan

C++
 alfaviti. 
C++
tilida buyruqlar va so`zlar, barcha elementlar 
C++
tilining alfavitida yoziladi. Alfavitga quyidagi simvollar kiradi.

Katta va kichik lotin alfavit harflari
(
A, B, … Z, a, b, … z
),
pastga 
chiziqcha belgisi (
_
) (harflar bilan barobar yozilganda);

arab raqamlar: 
0
dan 
9
gacha;

Maxsus simvollar; masalan, 
+, *, { , &;

Ko`rinmaydigan simvollar (―Umumlashgan bo`shliq simvollari‖). 
Leksemalarni o`zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (masalan, bo`shliq, 
tabulyatsiya, yangi qatorga o`tish belgilari).
C++
alfaviti aslida kompyuterdagi barcha belgilarni qabul qiladi. Chunki 
standartda uning alfavitini barcha belgilar to`plami deb qabul qilingan. Shuning 
uchun izohlarda, satrlarda va simvolli o`zgarmaslarda boshqa literallar, masalan, 
rus harflarini ishlatilishi mumkin. 
C++
tilida olti xil turdagi leksemalar ishlatiladi: 
erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so`zlar, 
o`zgarmaslar (const), amallar, ajratuvchi belgilar.
Identifikator
. Identifikator bu – dastur ob`ektining nomi. 
Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma - ketligidan 
iborat bo`ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi 
lozim. Masalan, 
a, b, _t, _A
. Identifikatorlarning uzunligi standart bo`yicha 


chegaralanmagan. Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki
identifikator bir biridan farqqiladi. 
Borland
kompilyatorlaridan foydalanilganda 
nomning birinchi 32 harfi , ba`zi kompilyatorlarda 8 ta harfi inobatga olinadi. Bu 
holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan 
farqqilmaydi. Identifikatorlar tilining maxsus (xizmatchi) so`zlari bilan mos 
bo`lmasligi lozim. Identifikatorlarni past chiziq bilan e`lon qilish maslahat 
berilmaydi.

Yüklə 116,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin