Laboratoriyasida,
DEC PDP-11
kompyuterida qo`lladi.
C
o`zidan
oldingi
B
va
BCPL
tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda
o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda
C
asosan
UNIX
tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi
dasturlash tilidir. 1983 yilda,
C
tili
keng tarqalganligi sababli, uni standartlash
harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (
ANSI
)
qoshida
X3J11
texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi.
Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda
ANSI
va Dunyo
Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda
C
ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini
qabul qilishdi.
Shuning uchun
C
da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki
umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++
1980 -yillar boshida
Bjarne Stroustrup
tomonidan
C
ga
asoslangan tarzda tuzildi.
C++
juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin
eng asosiysi u ob`ektlar asosida dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va
sifatli yozishga hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun
ob`ektli dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida strukturali
dasturlash kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`ektlar orqali
tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++
dan tashqari boshqa ko`p ob`ektli dasturlashga yo`naltirilgan
tillar mavjud.
C++
esa
gibrid
tildir. Unda
C
ga o`xshab strukturali dasturlash yoki
yangicha, ob`ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir.
Ob`ektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti.
C++
funksiya va ob`ektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni
C++
tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu
C++
ni o`zini
o`rganish, ikkinchisi esa
C++
ning standart kutubxonasidagi tayyor
ob`ektfunksiyalardan foydalanishni o`rganishdir.
Dostları ilə paylaş: