Oddiy, o'rganishga oson, sodda s
int
aksisga ega, dasturlashni boshlash uchun
qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
O'z dasturingizni yozish davomida
quyi darajadagi detallarni,
misol uchun
xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.
Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz
dasturingizni biror joyini
tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++
dasturlash tillarida yozib
keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo'ladi.
Juda xam ko'p hilma-hil kutubxonalarga ega.
O'rnatish
Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo'lsangiz ko'p
xollarda
sizning tizimingizda
python
o'rnatilgan bo'ladi. Buni tekshirib ko'rish
uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko'ring.
python -V
Agar
sizda
Python 3.4.3
yozuvi yoki shunga o'xshash yozuv xosil bo'lsa
unda xammasi joyida.
Windows
operatsiyalar
tizimiga
o'rnatish
uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o'tamiz
va u yerdan oxirgi
python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o'rnatish odatiy dasturlar ni o'rnatish
kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo'q.
Keyingi bosqichda python Interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной
строки) ishga tushira olishimiz uchun biz
python
o'rnatilgan joy manzilini PATH
deb nomlanuvchi o'zgaruvchiga qo'shib qo'yishimiz kerak bo'ladi.
Misol uchun python
C:\Python34\
manzilida o'rnatilgan bo'lsin.
Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko'rsatilgan.