11. MOLIYA VA MOLIYA TIZIMI.
11.1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Moliya – pul mablag„laridan foydalanish va uning harakatini tartibga
solish bilan bog„liq bo„lgan munosabatlar tizimi bo„lib, uning vositasida turli
darajada pul mablag„lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab
chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida
taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o„zaro bog„liq bo„lgan
bir qator vazifalarni
bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni
moliyaviy ta‟minlash, ularga
xizmat ko„rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning
taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning
milliy daromadni tashkil
qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar,
iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari,
mamlakat hududlari
o„rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo„ladi.
3. Moliyaning
rag„batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan,
yaratilgan
mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil
qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‟mol ustidan
nazorat qilish
vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo„lish tizimi, turli soliqlar undirib
olish va mablag„ bilan ta‟minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliya tizimi o„z ichiga turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk
va shaxsiy sug„urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va
firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus