11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
1-BILET
1. Axborot.Axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari va turlari.
«Informatsiya» so„zi turli tillarda ishlatilib, ma‟nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida
lotincha
informatio so„zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma‟nolarni
anglatadi.O„zbek tilida informatsiya so„zi
axborot deb tushuniladi.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi a‟zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta‟sirini,
bog„liqlik darajasini tushunamiz. Inson Axborotni hayotdan har xil ko„rinish yoki shakllarda oladi:
rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to„lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit
yozuvlari; mimika; hid va ta‟m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va
hokazo. Axborotning quyidagi xususiyatlar bor: axborotning qimatli bo`lishi; axborotning to`liq
bo`lishi; axborotning ishonchli bo`lishi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari
boshqaxususiyatlari ham bo„lib,
axborot tushunarli,
qisqa yoki
batafsil ifoda etilishi zarurligini
ta‟kidlab o„tish joiz. Axborot quyidagi tulari mavjud;
uzlukli ko„rinishli (
diskret axborotlar) va
uzluksiz axborotlar.
2. Kompyuter grafikasi guruhlari va turlari.
Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 1) 2D (inglizeha two dimension -
ikki oTchamli jumlasidan olingan). 2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan
olingan). Ikki o`lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo`lib, ularga misol
sifatida printerda qog„ozga
chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da
chizilgan rasmlami keltirish mumkin.
Uch o„lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan
o„mi mayda kublar bilan to„ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik bo„lsa, inson ko„zi ulami
ilg„amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko„z o„ngimizda gavdalanadi. Ikki o„lchamli kompyuter
grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.
3.
MS Excel. ? va ?? belgilarining o‘rniga qanday funksiyalar qo‘yilsa,
«=?(Остат(23;9)+??(Сцепить(23;9));2)» formulaning qiymati 24 ga teng bo‘ladi?
2-BILET
1. Axborotli jarayonlar. Axborotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash.
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog„liq
barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb
ataladi.
Axborotli jarayonlarga quyidagilar kiradi: hosil qilish, to„plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish,
o„lchash, ishlatish, qaytaishlash,
nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko„rinishgao„tkazish,
tarqatish, bo„laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish.
Axborotni saqlash: “save” va “save as” buyruqlari yordamida
amalga oshiriladi Axborotni
axborot tashuvchi vositalar orqali boshqa bir insonga yetkazish, axborot uzatish deyiladi.
Axborotni qayta ishlash, axborotning turiga qarab amalga oshiriladi.
2. PhotoShop rastrli grafik muharriri va uning interfeysi.
PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin.Fotosurataing chekka qismlarini va
undagi keraksiz obyektlami olib tashlash, rasm o'lchamini va undagi piksellar zichligini o'zgartirish,
rasmning saqlash formatini o'zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekisllik yoki sirtda
ko„rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratai olish paytida yo„l qo'yilgan kamchiliklami
bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko„p
ushlab qolingan, oq rangning balansini o„zgarib
ketishi, yorqinlik yoki kontrastlik ko„payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan
kamchiliklami bartaraf qilish va yana ko„plab amallami bajarishni PhotoShop yordamida oson
amalga oshiriladi.
PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo„ljallangan bo„lishiga qaramay,
unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fantastik suratlami yaratishning ham keng
imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish
paytida ham kerak bo„ladi. Bunda turli suratlarning bo„laklari yangidan
yaratilgan suratgajoylab
chiqiladi.
PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu;
2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5)
ishchi soha; 6) holat satri.
3. MS Excel. Agar А1=-23, А2=2; А3=6 bo'lsa, ? va ?? belgilarining o‘rniga qanday
funksiyalar qo‘yilsa, «=?(А1;А3)-ЗНАЧЕН(??(СЦЕПИТЬ(А1;А3);2;А2;А3))» formulaning
qiymati 67 ga teng bo‘ladi?
11-SINF INFORMATIKA IMTIHON JAVOBLARI
BAHOSI 10 MING SO‟M. TO‟LIQ
SHAKLDA SOTIB OLISH UCHUN
+998913982776 ZAFARBEK ADMIN
→
8600052928875184 VA
AKBARJON ADMIN
→
8600052950196723
KARTA RAQAMIGA KLIK
YOKI PAYME ORQALI TO‟LOV QILASIZ
VA TELAGRAM ORQALI BOG‟LANASIZ.