Oxirgi 4ta mavzudan
1. Qushlarning ikkilamchi bronx oxirlari qush organizmining qaysi qismlarigacha boradi.
1-suyak bo’shliqlariga, 2-kloakaga, 3-teri ostiga, 5- mushaklar orasiga, 6-suv qushlarida dumg’aza beziga.
A)1.3.6. B)1.2.5 C)2.5.6 D)1.3.5
2. Jinsiy demorfizm kuzatilmaydigan umurtqasizlarni aniqlang.
A)s uv shillig’i,podolariy B) qoraqurt, biy
C) perlovitsa, nereida D) planariya, askarida
3. Qanday hayvonning embriogenez davrida yuzaga kelgan suzgich pufagi o’pkaga aylanish uchun zamin bo’lgan?
A)amfibiyalar B)suyak-tog’ayli baliqlar
C)suv shillig’I D)panjaqanotli baliqlar
4. Infuzoriyalilarda tanadagi ortiqcha suv va keraksiz moddalar tashqi muhitga qay tartibda chiqarib yuboriladi?
A) yig’uvchi naycha , chiqarish nayi
B) yig’uvchi naycha, pufakcha,
chiqarish naychasi
C) faqat qisqaruvchi vakuola
D) maxsus ayirish a’zosiga ega emas
5. . Umurtqasiz hayvonlarda ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog’lanmaganligi sababli,ayiruv maxsulotlari avval….., keyin esa ……. chiqariladi. Natijada tanada xar doim …. saqlanib qoladi.
A.
naychaga, tana bo’shlig’iga, gazsimon moddalar
B. tana bo’shlig’iga, tashqariga, qoldiq moddalar
C. qisqaruvchi vakuolaga, tashqariga, qoldiq moddalar
D. naychaga, tashqariga suyuq moddalar
6. Buyraklar filogenezi bosqichlarini ayting.
A. boshlang’ich buyrak, tana buyragi, haqiqiy buyrak
B. boshlang’ich buyrak, yetuk buyrak
C. sodda buyrak, tana buyragi, yetuk buyrak
D, boshlang’ich buyrak, haqiqiy buyrak
7. Protonefridiylar filogenezini tartib bilan ayting.
1- kiprikchalar, 2-ayiruv kanalchasi, 3-
alangasimon hujayra, 4-voronka, 5- kanallar, 6-yashil bezcha
A. 1,2,3,4 B. 1,2,3 C. 2,3,5,6 D. 2,3,4
8. Qushlar va sut emizuvchilarda ayirish organi hisoblangan ……. faqat embrional davrda bo’lib, keyinchalik rudiment organga aylanadi.
A. protonefridiy va metanefridiy
B. boshlang’ich va tana buyraklari
C. nefron kapsulasi va siydik pufagi
D. yashil bez va kalavasimon kanalcha
9. Bo’shliqichlilarda qaysi hujayralardan jinsiy hujayralar rivojlanadi?
A. ektoderma hujayralaridan
B. endoderma hujayralaridan
C. oraliq hujayralardan
D. bo’shliqichlilarda jinsiy
hujayralar mavjud emas
10. To’garak chuvalchanglarning jinsiy deformizm yaxshi seziladi. Erkaklarida (a), urg’ochilarida esa (b) rivojlangan.
1-1 ta urug’don, 2-2 ta urug’don, 3- urug’yo’li, 4- urug’ chiqarish nayi, 5- 1 ta tuxumdon, 6- ikkita tuxumdon, 7- tuxum yo’li, 8-bachadon.
A. a-1,3,4, b-6,7,8 B. a-2,3,4, b- 5,7,8
C. a-1,4 , b- 5,8 D. a- 1,3, b- 6,7
11. Boshskletsizlarda jinsiy hujayralarning urug’lanishi qayerda sodir bo’ladi?
A. tuxum yo’lida B. bachadonda
C. jabra oldi bo’shlig’ida D. suvda
12. ……ichki urug’lanish embrionning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ozuqaga ega va qalin po’choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi………dan biri sanaladi.
A qushlar, aramorfoz
B sudralib yuruvchilar, aramorfoz
C qushlar , idiodaptatsiya
D kloakalilar,
aromorfoz
13. Maxsus nafas olish a’zosi bo’lmagan hayvonlar berilgan qatorni aniqlang
A)amyoba,bronza qo’ng’izi,qisqichbaqa
B)tufelka, gidra,aktiniya,mayda qisqichbaqasimonlar
C)baqachanoq,gorbusha,qilquyruq
D)askarida,yomg’ir chuvalchangi,lansetnik
14. .Ko’p tuklilarning … qismdagi maxsus o’simta oziq moddalarni tutish va nafas olish vazifasini bajargan.
A)orqa B)bosh C)dum D)qorin
15. Noto’g’ri fikr berilmagan javobni toping
A)Mayda qisqichbaqasimonlarda maxsus nafas olish a’zosi bor
B)Bir hujyralilar butun tana yuzsi orqali suvda erigan kislorodni diffuziya yo’li bilan qabul qiladi
C)Xitin qoplami yupqa bo’lgan hayvonlarda nafas olish tana yuzasi orqali amalga oshadi
D) B va C
16. Ko’krak qafasi va diafragmasi bo’lmagan hayvonlarda havo…
A) burun bo’shlig’idan yutish harakatlari tufayli o’pkaga o’tadi
B) og’iz bo’shlig’idan yutish harakatlari tufayli o’pkaga o’tadi
C) to’g’ri javob yo’q
D) og’iz bo’shlig’idan yutish harakatlari tufayli bronxlarga o’tadi
17. …. Nafas yo’llari kiprikchali epiteliy bilan qoplangan.
A)sudralib yuruvchilar B)qushlar
C)sutemizuvchilar
D) suvda hamda quruqlikda yashovchilar
18. Qon aylanish sistemasi yo’q hayvonlarda oziq modda va kislorod qanday yo’l bilan tanaga tarqaladi.
A) To’qima suyuqligi orqali B) Diffuziya yo’li bilan
C) Sitoplazma orqali D) Pinositoz yo’li bilan
19. …. da yurak bitta qorincha va ikki yoki to’rtta bo’lmachadan iborat.
A) sudralib yuruvchilar B)
boshoyoqli molluskalar
C) baliqlar D) qisqichbaqasimonlar
20. Qon tana suyuqligi blan aralashib … hosil qiladi
A) limfani B) qon plazmasini
C) gemolimfani D) gemoglobinni
21. Amfibiyalarning arterial kunusidan … arteriya tarmoqlanadi
A) 4 ta B) 3 juft C) 8 ta D) 2 ta
22. Amfibiyalarning miyasiga arterial qon qaysi qon tomiri orqali keladi?
A)1 juft aorta yoyi
B) 1 juft uyqu arteriyalari
C) 1 juft arteriyalar
D)1 juft aorta yoyi va uyqu arteriyalari
23. …. Orqa ichak va anal teshigi paydo bo’lgan
A)halqali chuvalchanglar B)boshoyoqli molluskalar
C) to’garak chuvalchanglar D)yassi chuvalchanglar
24. . Ichagi yuzasi burma shaklida botiqliklarni hosil qiladigan hayvonlarni aniqlang
1)yomg’ir chuvalachangi 2)nerida 3)oq planariya 4)odam askaridasi 5)bolalar gijjasi 6)qizil chuvalchang 7)keng tasmasimon chuvalchang
A)1,2,6 B)2,4,5 C)1,4,5,7 D)4,5,7
25. Jag’larida bir xilda tuzilgan tishlar joylashgan hayvonlar berilgan javobni toping
1)oq sla 2) zog’ora 3)akula 4)beluga 5) qor barsi
A)barchasi B)1,3,4 C)1,2,3,4 D)2,5
26. . …. boshlab o’t qopi paydo bo’lgan
A alligatorlar, iguana, ilonlar;
B tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon;
C beluga, gorbusha; manta,
gigant akula
D pampas mushugi, skuns, dengiz cho‘chqasi
27. Sutemizuvchilarning aorta qon tomiri to’sh suyagining orqasida nimani hosil qiladi
A) uyqu arteriyasini B) ravoqni
C) arterial konusni D) aorta yoyini
28. Baliqlarning hazm qilish sistemasini ketma-ketlikda belgilang
1)anal teshigi 2)yo’g’on ichak 3)oshqozon 4)qizilo’ngach 5)ingichka ichak 6)halqum 7)og’iz 8)kloaka
A)7,6,4,3,5,2,1 B)7,6,4,3,2,1
C)7,6,4,3,1 D)7,6,4,3,5,2,8
29. Qaysi ilonlarni zahar bezi ovqat hazm qilishda ishtirok etadi n?
A) qum bo’g’ma iloni va charx ilon
B) suv ilon va kapcha iloni
C) charx iloni va qalqontumshuq iloni
D) chipor iloni va ko’lvar
30. Ichaklari kaltalashgan va o’t pufagi bo’lmaydigan organizmlar qatorini belgilang ?
A) shortgorn, simmental, laqay, axaltaka
B) jirafa, begemot, tapir, zebra
C) qizilto’sh, moskovka, lazarevka, vyurok
D) alligator, gavial,
xameleon, gekkon