6-MAVZU:QURUQLIK-HAVO , TUPROQ, TIRIK ORGANIZMLAR YASHASH MUHIT
1. Havo tarkibida gazlar miqdorini aniqlang ?
A)N2 -78.08% O2-21.9% inert gazlar-1% CO2 -0.03%
B) N2-78.08 O2-20.9% inert gazlar -0.03% CO2-1%
C) N2-75.6% O2-20.9% inert gazlar-1% CO2-4%
D) N2 -78.08% O2-20.9% inert gazlar-1% CO2 -0.03%
2.Atmosferada kislorod qachon paydo bo`lgan?
A)2.5mlrd oldin B) 2.5-3mlrd oldin
C)3mlrd oldin D)3.5-2mlrd oldin
3. O2 hosil bolishida muhim bolgan jarayonni aniqlang?
A)Transpiratsiya B)Nafas olish
C)Fotosintez D)Suv bug`latish
4. ........ sababli tirik organizmlar harakatlanishiga qarshilik sezilmaydi?
A)Havoni zichligi suvga nisbatan pastligi
B)Suvni zichligi havoga nisbatan past
C)Havoni zichligi suvga nisbatan yuqori
D)Havo va suvni zichligi o`zaro teng
5. Barcha ekologik omillar qanday tasir qiladi ?
A) Bevosita B)Bilvosita C)A va B javoblar to`g`ri D)TJY
6.Shamol yordamida changlanadigan o`simliklar nima deb ataladi?
A)Edafobionitlar B)Anemoxorlar C)Gigrofitlar D)Anemofillar
7.Anemofillarni ajrating
1-tol 2-terak 3-yong`oq 4-nilufar 5-bug`doy 6-machin 7-qo`ypechak 8-rafleziya 9-olma 10-arpa 11-oqquray 12-go`za 13-beda
A)1,2,3,4,5,9 B) 3,5,9,7,8 C) 6,4,1,7,9 D) 2,3,5,9
8.Gulni generativ orgonlari shamol yordamida tarqaladigan o`simliklar nima deb ataladi?
A) Anemoxorlar B)Anemofillar C)Edafotoplar D)edafobionitlar
9.O`simliklarni havo muhitiga moslashishida qaysi to`qimani ro`li katta?
A) Mexanik B) Qoplovchi C ) O`tkazuvchi D) Po`stloq
10. Iqlim omillarining keskin o`zgaruvchanligi qaysi to`qimani hosil bo`lishiga olib kelgan?
A) Mexanik vaQoplovchi B) Mexanik va O`tkazuvchi
C)Asosiy vaO`tkazuvchi D) Qoplovchi
11.Havo zichligi bilan bog`liq bo`lgan xususiyatlarni aniqlang ?
1-harakatlanishga qarshilik yo`q 2-atmosfera bosimi yuqori 3-organizmlar uchun tayanch bo`lishi 4- organizmlar uchun tayanch bo`lmasligi 5- atmosfera bosimi past 6-tashqi sklet murakkablashgi 7- tashqi sklet murakkablashuvi 8- ichki sklet murakkablashuvi
A)1,2,4,6,8 B)2,5,7,8,4 C) 1,4,8,7 D) 5,4,1,7,8
12.Quruqlikdagi (i) suvdagi (ii) hayvonlarni og`irliklari bilan juftlang
1-kit 2-fil 3- gigant kalmar 4- ulkan chumolixor 5- jirafa
a-25 t b-30t d- 150t c-5t e-15t
A) i-2-c ii-1-d B) i-2.5-d,c ii-3.4-a,c
C)ii-2-c i-1-d D) i-2-d ii-1.4-c,b
13. Yer po`stini unumdor g`ovak yuza qatlami ......... deyiladi
A)Ekotop B)Biotop C) Anemoxor D) Edafatop
14.Tuproq muhitida yashovchi orgonizmlar nima deb ataladi ?
A)Edafobionitlar B) Anemoxor C) Anemofillar D) TJY
15.Turli iqlim mintaqalardagi tuproqlar nimalar bilan farq qiladi
1-PH 2- yoruglik miqdori 3- kislorod miqdori 4- sho`rlanish darajasi 5-havo bilan taminlanganligi 6- harorat miqdori 7- namlik miqdori
A) 1,2,4,6 B) 3,7,2,1 C) 1,4,6,7 D) 1,4,5,7
16.organik moddalararoparchalanishning oxirigi maxsuloti nima?
A) gumus B) tuproq
C) A va B javoblar to`g`ri D) gumus va tuproq
17. Ko`pchilik o`simliklar . . .[I] bilan ildizni shimish yuzasini oshiruvchi . . . . [II] hosil qiladi?
1-tuproq 2-bakteriya 3-gumus 4-zamburug` 5-virus 6-mikariza
A) I-2, II-3 B) I-4, II-6 C)I-5, II-4 D) I-5, II-2
18. Qaysi hayvonlar tuproqni qazib o`zlariga yo`l ochadi va uya quradi?
A) krot, buzoqbosh B) Ko`rsichqon, yumronqoziq
C) yumronqoziq, yomg`ir chuvalchangi D) buzoqbosh, askarida
19. Qaysi hayvonda kuraksimon o`simta va gidrostatik skelet mavjud?
A) buzoqbosh B) krot
C) yumronqoziq D) yomg`ir chuvalchangi
20. Tanasi boshqa organizm uchun yashash muxiti bo`lib xizmat qiladigan organizm?
A) parazit B) xo`jayin C)edafatob D) edafabiont
21. O’simliklar quruqlikka chiqishi natijasida qanday to’qima(a) va qanday organlar(b) hosil bo’ladi?
1.mexanik to’qima; 2.qoplovchi to’qima; 3.ildiz; 4.vegetativ va generativ qism
A) a-1,4; b-2,3 B) a-2,3; b-1,4 C) a-1,2; b-3,4 D) a-3,1; b-4,2
22. Qaysi organizmlar tuproq massasini aralashishini ta’minlaydi?
A) manta, qizilto’sh, krot B) chuvalchang, buzoqbosh
C) chuvalchang, manta, buzoqbosh D) buzoqbosh, krot, kambala
23. Ektoparazitlarni aniqlang.
A) bit, burga, askarida
B) burga, to’shak qandalasi, bezgak plazmodiysi
C) bezgak plazmodiysi, bit, kana
D) kana, burga, to’shak qandalasi
24. Ektoparazitlarni aniqlang.
A) bit, burga, askarida
B) burga, to’shak qandalasi, bezgak plazmodiysi
C) bezgak plazmodiysi, bit, kana
D) kana, burga, to’shak qandalasi
25. Tuproq qaysi xususiyatlari bilan xarakterlanadi?
a)katta zichlikka egaligi; b)zichligi havodan kamligi; c) yorug’lik bo’lmasligi; d)kislorod miqdori ko’pligi; e) kislorod miqdori kamligi; f) CO2 miqdori kamligi; h)CO2 ko’pligi
A) a,b,c,h B)a,c,d,h C) a,c,e,h D) b,c,e,h
26. Quruqlik havo muhiti qaysi yashash muhiti bilan xarakterlanadi?
a)cho’l; b)ocean; c)dasht; d)o’rmon; e)botqoqlik; f)dengiz; h)strotosfera
A) a,c,d,e B) a,b,c,e C) a,c,d,e D) b,e,f,h
27. Keng tasmasimon chuvalchangning birinchi tartib orqaliq xo’jayin(a) va 2- tartib orqaliq xo’jayin(b) aniqlang.
1)siklop; 2) yirtqich baliq; 3)mayda baliq; 4) yirtqich hayvon
A) a-1; b-2 B) a-1; b-3 C)a-2; b-4 D)a-2; b-3
28. Keng tasmasimon chuvalchangning 3-tartib orqaliq xo’jayin(a) va asosiy xo’jayin(b) aniqlang.
1)siklop; 2) yirtqich baliq; 3) yirtqich hayvon; 4)mayda baliq;
A) a-2; b-3 B) a-1; b-4 C)a-1; b-2 D)a-3; b-4
29. Quyidagi qaysi hayvonlarda gidrostatik skeleti(a) va tirnoqlari(b) tuproq muhitida yashashga imkon beradi?
A) a-yomg’ir chuvalchangi; b-hasharotlar
B) a-ko’poyoqlilar, b-hasharotlar
C) a-hasharot, b-yomg’ir chuvalchangi
D) a-yomg’ir chuvalchangi; b-krot
30. Tuproqni qazib(a), tuproqni surib(b) o’ziga yo’l ochadigan hayvonlarni aniqlang.
A) a-hasharot, b-krot B) yomg’ir chuvalchangi, b-krot
C) a-krot, b-buzoqbosh D) a-buzoqbosh, b-yomg’ir chuvalchangi
31. Tuproqda yashovch organizmlar qaysi xususiyatlar bilan xarakterlanadi?
a-tanasi yirikligi, b-tanasi pishiqligi, c-shilimshiq modda ishlab chiqararadigan, d-teri qoplamiga ega ekanligi, e-terisi nam yuqtirishi
A) a,c,d B) b,c,d C) a,b,d D)a,b,c
32. Simbioz holda yashovchi suvo’tlar xo’jayin organizmdan qanday maqsadda foydalanadi?
A) yashash joyi, oziq manbayi
B) oziq manbayi, tarqalish uchun zamin
C) tarqalish uchun zamin, yashash joyi
D) tarqalish joyi, oziq manbai
33. Tuproqlar qaysi xususiyati bilan farqlanadi?
a-namlik miqdori, b-havo bilan ta’minlanganlik, c-pOH ko’rsatkichi, d-sho’rlanish darajasi, e-oziqa miqdori,
A) a,b,c B) a,c,e C) a,b,d D) b,c,d
34. Xo’jayin(a) va parazit(b) organizmlarni aniqlang.
1-yomg’ir chuvalchangi, 2-keng tasmasimon chuvalchangi; 3-baliq, 4-askarida, 5-it, 6-qilbosh chuvalchangi, 7-inson
A) a-1,2,5; b-3,6,7 B) a-1,3,6; b-2,4,5
C) a-2,4,6; b-3,5,7 D) a-3,5,7; b-2,4,6
35. Reduksiyaga uchragan organizmlarni aniqlang.
A) jigarqurit, qoramol tasmasimon chuvalchangi
B) yomg’ir chuvalchangi, bit
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi, bit
D) yomg’ir tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti
36. Parazit o’simlik(a) va hayvon(b)larni aniqlang:
1-zarpechak, 2-plazmodiy, 3-rafleziya, 4-devpechak, 5-qilbosh, 6-buzoqbosh, 7-askarida, 8-vertitsil, 9-krot, 10-nereida
A) a-1,4,5,8; b-2,6,7 B) a-1,4,5,6; b-2,3,6,7,
C) a-1,3,4,5; b-2,5,7 D) a-1,3,4,8; b-2,7,10
Dostları ilə paylaş: |