11-sinf mavzulashtirilgan test variant !!!


- sinf. SO’Z BOSHI. 1- & BIOLOGIK TIZIMLAR



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/8
tarix07.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#94593
1   2   3   4   5   6   7   8
11-sinf mavzulashtirilgan test.

11- sinf. SO’Z BOSHI. 1- & BIOLOGIK TIZIMLAR. 1.Hozirgi paytda insoniyat oldida turgan muhim vazifalar 1.biologik xilma-xillikni asrash, 2.ekologik barqarorlikni ta’minlash, 3.global iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini yumshatish.
2. Inson salomatligiga tahdid sola yotgan kasalliklar 1. allergik, 2. yuqumli va epidemiologik
3. Ilmiy bilishning asosini tashkil qiladi. Odamning tabiat va uning tarkibiy qismlariga bo‘lgan munosabati va tabiatdagi hodisa, jarayonlarning mohiyatini o‘rganish.
4. Ilmiy bilish inson tafakkurining oliy darajasi bo‘lib,nimalarga yo’nalgan bo’ladi. 1.ilmiy yangiliklar, kashfiyotlarga 2.avval ma’lum bo‘lmagan o‘simliklar va hayvonlarning tuzilishi 3.hayotiy jarayonlar, qonunlar va qonuniyatlarni yaratishga yo‘nalgan bo‘ladi.
5. Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli 1.tabiat falsafasi edi
6. Tabiat falsafasining obyekti --tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan
7. Biologiyaning o‘rganish obyektlari --tabiatning tirik materiyasi yoki organizmlardir.
8. Biologik sistema (biosistema) – o‘zaro aloqador va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadigan, -- muayyan funksiyani bajaradigan, -- rivojlanish, o‘z-o‘zini barpo etish va -- atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega biologik obyektlarni o‘zida birlashtiradi.
9. Ekologiya fan sifatida - XX asrning boshlarida vujudga keldi. - yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish. - 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel
10. Ekologiya o’rgatadi.. 1.individlarning rivojlanishi, 2.ko‘payishi, yashashini, 3.populatsiya va jamoalarining tarkibini. 4.o‘zgarishlarni yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganadi.
11. Ekologiya fani zimmasiga qator vazifalar yuklangan: – 1.har xil organizm guruhlarining atrof
muhit omillari munosabati; 2.biologik resurslardan oqilona foydalanish, 3.odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishini oldindan ko‘ra olish, 4.tabiatda kechadigan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini o‘rganish 5.zararkunandaga qarshi kurashishning biologik usulini yaratish; 6.sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish 7.organizmlarning tuzilishi, hayotiy faoliyati va harakatiga atrof-muhit ta’sirini o‘rganish; 8.tirik organizmlarning atrof-muhitga moslashishining ekologik mexanizmlarini o‘rganish; 9. turning turli populatsiyalardagi individlar soniningo‘zgarishiga nisbatan tashqi muhit ta’sirini o‘rganish; 10.biosferada yuz beradigan jarayonlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ularni tadqiq etish; 11.shaxsning egallaydigan kasbi va yoshidan qat’i nazar ularda ekologik dunyoqarash, ong, tafakkur va ekologik madaniyatni shakllantirish.

2& EKOLOGIYANING RIVOJLANISHI, BO‘LIMLARI VA METODLARI 1.X–XII asrlarda O‘rta Osiyoning ulug‘ allomalari alXorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida 1.Yerning tuzilishi, 2.dorivor o‘simliklar, 3.yashash joylari haqida ma’lumotlar berilgan.


2. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida 1.O‘rta Osiyo va Hindistonning turli o‘simlik va hayvonlari, ularning tarqalishi, ko‘payish davrlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirgan.
3. nemis Aleksandr Gumbold boshlab berdi 1.Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta’sirini o‘rganishni
4. Aleksandr Gumbold birinchi bo‘lib 1.o‘simliklar hayotida muhit omillarining ahamiyatini o‘rgandi
5. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi 1 A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi
6.Biogeotsenoz nazariyasi 1.V.N.Sukachev
7. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlar 1.autekologiya (faktorial ekologiya), 2.demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi), 3.sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), 4.biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), 5.global ekologiya (biosfera ekologiyasi), 6.evolutsion ekologiya, 7.tarixiy ekologiya
8. Autekologiya -organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.
9. Demekologiya – 1.populatsiyalar ekologiyasi, 2.populatsiyada individlar sonining o‘zgarishi, 3.populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rga. 4.populatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. 5.tashqi muhit ta’siri ostida individlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi.\
10. Sinekologiya – 1.Bunda ayrim hududlarda yashaydigan har xil turga mansub mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabati, xilma xilligi, tar qalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.
11. Biogeotsenologiya – biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.
12. Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.
13. Tarixiy ekologiya – --insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
14.Ekologiya fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni o‘rganuvchi bo‘limlari 1.o‘rmon ekologiyasi, 2.cho‘l ekologiyasi, 3.botqoq ekologiyasi, 4.ko‘l ekologiyas
15. Ekologiya organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy va bir qancha xususiy bo‘limlarga: 1.o‘simliklar ekologiyasi, 2.hayvonlar ekologiyasi, 3.mikroorganizmlar ekologiyasi, 4.baliqlar ekologiyasi, 5.sutemizuvchilar ekologiyas
16. Ekologiyada amaliy yo‘nalishlar 1. Landshaftlar ekologiyasi 2. Sanoat ekologiyasi 3. Ijtimoiy ekologiya 4. Matematik ekologiya
17. Landshaftlar ekologiyasi --inson faoliyati va tabiatni oqilona boshqarish bilan bog‘liq ekologik o‘zgarishlarni bashorat qilish uchun ilmiy asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
18. Sanoat ekologiyasi --ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
19.Ijtimoiy ekologiya -atrof-muhitning insonga va jamiyatning tabiatga ta’sirini o‘r ganadi.
20.Matematik ekologiya --sayyoramizning turli tabiiy hududlarida organizmlarning son jihatdan taqsimlanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqadi.
21.Dala metodi. 1.tabiiy sharoitda populatsiyalarga muhit omillarining kompleks holda ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi 2. biosistemalarning rivojlanishi va hayotiy faoliyatiga atrof-muhitning ta’sirini o‘rganish 3. Meteorologik kuzatishlar, 4. organizmlar sonini hisoblash (xalqalash orqali) 5.Fotosintez jadalligi yorug’lik va xaroratga bog’liqligi. 6.namlik yordamida biogen va mineral moddalarning shimilishi.
22. Ekologik tajribalar metodi 1.ayrim omillarning organizm rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. 2.tabiiy muhitda biron-bir omilning organizmga yoki jamoaga ta’sirini alohida o‘rganishning imkoni yo‘q, chunki barcha omillar majmua tarzda ta’sir etadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun odatda birorta tabiiy sistema modellashtiriladi. Masalan, akvarium chuchuk suv havzasining modeli hisoblanadi.
22 Matematik modellashtirish metodi --ekosistemaning yashovchanligi va kelajagini oldindan aniqlash ga yordam beradi. --Bu usulni amalga oshirishda kompyuterdan keng foydalaniladi. --Metodning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan tizimning xususiyatlari matematik belgilarga aylantiriladi. Keyin, ayrim ko‘rsatkichlarning qiymatlari o‘zgartirilib, o‘rganilayotgan tizimda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi o‘rganiladi.. --.iqlim o‘zgarishlari va antropogen omillar ta’sirida ekotizimlarning rivojlanishini oldindan bilish imkonini beradi..

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin