Ekologik xavfsizlik. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish borasidagi qonunlar va qarorlari



Yüklə 38,8 Kb.
tarix26.09.2023
ölçüsü38,8 Kb.
#148889
13.Ekologik xavfsizlik. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish borasidagi qonunlar va qarorlari


Ekologik xavfsizlik. Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish borasidagi qonunlar va qarorlari
Inson tomonidan yuritilgan xo‘jalik faoliyatining jadal rivojlanishi tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish konuniyatlarini xisobga olmay turib, “XXI asrga yul” Rim klubining ishlaridan birida ta’kidlaganidek, er yuzidagi barcha qarama-qarshiliklar tuprok eroziyasi, o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi, baliqlarning ortiqcha ovlanishi, kislotadi yomg‘irlar yog‘ishi, atmosferaning ifloslanishi, ozon qatlamining buzilishi orol bo‘yi muammolari va xokazolarning yuzaga kelishiga olib keldi.
Respublikamizda axoli zichligining kursatkichi 1980 yildagi bir kvadrat kilometrga 35,6 kishidan 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Axoli sonining ortib borish sur’atlarini xisobga olib, 2010 yilda respublika axolisi 28,5-28,7 million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Adirli xudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aҳoli soni o‘sishi bilan antropogen ta’sir (suvga va xayot uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalarga nisbatan extiyojning o‘sishi) ortadi. Bu respublikamiz axoli zich yashaydigan xududlarida qo‘shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammoni keltiradi.
O‘zbekiston xududida iqlimning global va mintaqaviy o‘zgarishining oqibatlarini baxolash 2030 yillarga kelib, shimoliy xududlarda o‘rtacha yillik xaroratning 2-3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 darajaga o‘sishi kutilmoqda (tog‘li xududlarga kamroq ta’sir kursatilishi mumkin).
O‘zbekistonning barcha xududlarida yog‘ingarchiliklar miqdori ko‘payishi kutilmoqda: Fargona vodiysida 5-15 foizgacha, respublikamizning shimoliy qismida esa -15-20 foizgacha. Iqlimning o‘zgarishi suv yuzasidan bug‘lanish xisobiga 10-15 foizga va o‘simliklar transpiratsiyasi xisobiga 10-20 foizga suv yo‘qotilishi miqdorining ortishiga olib keladi. Bu esa suvdan foydalanishning o‘sishi bilan suv iste’mol qilinishini o‘rtacha 18 foizga o‘sishiga olib keladi. Samarali xarorat yig‘indisining 5-10 foizga o‘sishi va sovuq bo‘lmagan davrning davomiyligi 8-15 kunga ortishi sababli qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berish agroiqlim sharoitlari o‘zgaradi.
SHu bilan birga, noqulay yozgi davr 1-3 un kunlikkacha ortib, bu paxta va yaylovlar maxsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Biz 20-25 yil mobaynida jaxondagi eng yirik yopiq suv xavzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvox, bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz xalok bo‘lgan xol xali ro‘y bergan emas edi”.
So‘ngi 40-45 yil davomida dengiz satxi 22,0 metrdan ko‘proqqa pasaydi, akvatoriya maydoni 3,8 barobardan ortiq kamaydi, suv xajmi 1064 dan 115 kilometr kubgacha pasaydi, suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga etdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik” dengizga aylandi. Uning qurib qolgan qismining maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar tarqatish manbai bo‘lib qoldi. CHang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 kilometr va kengligi 40 kilometrga etmoqda. CHangli bo‘ronlar ta’sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.
Xar yili bu erda atmosferaga 15 dan 75 million tonnagacha chang ko‘tariladi. Utgan asrning 80-yillaridan boshlab, bunday bo‘ronlar yiliga 90 kunlab kuzatiladi.
Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida erlarning tabiiy xolati buzilib, cho‘lga aylanish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi bo‘yicha xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmuasi yuzaga keldi.
“Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi”.
Markaziy Osiyo xududi xavfli tabiiy jarayonlar va xodisalar keng doirasining ta’siri ostida qolib, ularning orasida eng katta xavf tug‘diruvchilari - zilzilalar, suv toshqinlari, sel oqimlari va er ko‘chishi xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi xududining iqlimi va geologik xususiyatlari xamda xalq xo‘jalik tarmoqlarining infratuzilmasi favqulotda xolatlar yuzaga kelishining yuqori darajadagi extimolliklariga (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi yirik baxtsiz xodisalar va falokatlar) sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi xududining iqlimi va geologik xususiyatlari xamda iqtisodiyot soxalarining infratuzilmasi favqulotda xolatlar yuzaga kelishida yuqori extimollikka sabab bo‘lmoqda (tabiiy ofatlar, yirik ishlab chqarish avariyalari va xalokatlar). O‘zbekiston Respublikasining yarmidan ziyod xududlari seysmik jixdtdan faol xududlarda joylashgan, bu erlarda MSK-64 xalqaro shkalasi bo‘yicha 7-9 ballik kuchga teng er silkinishlari sodir bo‘lishi mumkin. Mazkur xududlarda 16 million axoli yashaydi (respublika axolisining 64%). Sanoat saloxiyatining 87,5% jamlangan. Lekin shu bilan birga oxirgi 15-20 yillar davomida ma’lum seysmik osudalik kuzatilmokda. Bu esa ortiqcha sey­smik energiyaning tuplanishi bilan ifodalanuvchi xavotirli belgi xisoblanadi. 1996 yil oxiri va 1997 yil boshidan boshlab O‘zbekiston va respublikamizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shimoliy-g‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, shimoliy Eron, Turkiya) xududlarida seysmik faollashish davri boshlandi. 1998 yil fevral oyida shimoliy Afg‘oniston xududining Xindikush tizmalarida zilzila markazida 8-9 ballga tent kuchli er silkinishi sodir bo‘ldi. Janubiy Osiyo, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining bir qator mamlakatlarida yadro qurollari sinovlari qayta boshlanishi mumkinligi xam tashvishli xol bo‘lib, ular xam Markaziy Osiyoda er silkinishini keltirib chiqarishi mumkin.
CHorvoq, Andijon (O‘zbekiston), Toktogul (Qirg‘iston) Qayrokum (Tojikiston), Kattako‘rg‘on, janubiy Surxon suv omborlari to‘g‘onlarining shikastlanish extimoli ayniqsa xavotirli vaziyatlarni yuzaga keltirishi va buning oqibatida respublika xududida suv bosish xududlari paydo bo‘lishi mumkin. Tojikiston tog‘larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan Sarez ko‘li aloxida xavfli xisoblanadi (xajmi -16,6 km2). Agar bu uyum to‘sig‘i yorib o‘tilsa Bartog, Panj va Amudaryo daryolar vodiylarida xalokatli toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikada eng xavfli er ko‘chish xududlari xisoblanadi.
Tog‘lar o‘ramidagi Farg‘ona vodiysida ko‘chkilar asosan adirlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, Samarqand viloyatining ba’zi xududlarida xam ko‘chkilar kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasining tog‘ yon bag‘ri xududlarining deyari barchasi sel xavfi bor xududlar xisoblanadi. Fargona vodiysi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sel xavfi kuchli xududlar xisoblanadi. Qorlar jadal eriy boshlaydigan, uzoq vaqt davom etadigan yomg‘irlar davri - aprel-iyun oylarida sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi.
SHunga qaramay xozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi sababli vaziyatning keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta’minlanish borasida O‘zbekiston eng noqulay tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik tarmog‘i suv manbalari ob’ektlarining notekis taqsimlanishiga ega. Sirdaryo daryosi o‘zani bo‘yicha ko‘p yillik o‘rtacha daryo oqimi yiliga 37,9 km3 tashkil etadi. SHu bilan birga ko‘p yillar davomida o‘rtacha Qirg‘izistonda yiliga 28,0 km(73,8%), O‘zbekistonda - 5,59 km3 (14,8%) va Qozog‘istonda - 4,08 km3 (10,8) daryo resurslari shakllanadi. Amudaryo basseyni bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik resurslar 78 km3 dan ortiqni tashkil etadi, ulardan 62,9 km3 (80% dan ortigi) Tojikiston xududida shakllanadi, O‘zbekistonda esa faqatgina 4,7 km3 (6%) qismi tarkib topadi.
Amudaryo suvlarini burish yo‘li bilan shimoliy Afg‘onistonning daryo bo‘yi xududlariga suv chiqarish loyixasini amalga oshirish qo‘shni mamlakatlar, birinchi navbatda O‘zbekiston va Turkmanistonning xo‘jalik manfaatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, cheklangan suv resurslaridan foydalanish uchun tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari aloxida tashvishli xolatdir. Bu faqatgina cho‘l xududlarining kengayib borishidagina emas, balki biologik maxsuldorlik darajasining o‘zgarishida xam namoyon bo‘lmoqda. CHo‘lga aylanib borish er landshaftining biologik maxsuldorligini pasayishiga olib keladi va buning oqibati sifatida - axolining ekologik noqulayliklariga, o‘simlik va xayvonot dunyosi turlari tuzilmalarining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Mana shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Markaziy Osiyoda yangi cho‘llar maydoni deyarli 100 ming km ga ortgan, ba’zi xududlarning maxsuldorligi esa 50% gacha kamaygan.
CHo‘lga aylanib borish ma’lum darajada ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikka (chorvachilik maxsuldorligini pasayishiga va kasalliklar kelib chiqishining o‘sishiga) sabab bo‘ladi.
CHo‘lga aylanib borishning asosiy sababi - suvdan noto‘g‘ri foydalanish va ma’lum darajada iqlim o‘zgarishi tufayli xududlar va akvatoriya suv rejimining o‘zgarishi xisoblanadi. Orol bo‘ylarida, Ustyurt tizimi, Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida, Tyan-SHan va Pomir tog‘ yon bag‘irlarida ayniqsa cho‘lga aylanish jarayonlari tez kechmoqda.
Ekin maydonlari, er resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan zararlanmoqda, shu jumladan suv erroziyasi - 2790 ming ga (sug‘oriladigan - 339 ming gektar), shamol erroziyasiga - 20478 ming ga (sug‘ori-ladigan - 2262 ming gektar), bir vaqtning o‘zida xam suv, xam shamol erroziyasidan 2005 ming ga (sug‘oriladigan -341 ming gektarda) zararlanadi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuproqning deflyasiyasi eng keng tarqalgan.
Surxondaryo, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlari erlari eng ko‘p darajada suv eroziyasidan zararlangan, bu xududlarda 50-60% qishloq xo‘jalik maydonlari eroziyaga duchor bo‘lgan. SHaxar va qishloq axoli turar joylarida 20% dan ortiq xududlarni kuchli suv bosgan.
Biologik ob’ektlardan faol foydalanish o‘simliklar va xayvonlar xayot kechirish sharoitlarining yomonlashuviga, ularning turlari va umumiy sonining kamayishiga olib keldi.
Respublika yovvoyi o‘simliklar dunyosining 3000 dan ortig‘ini oliy o‘simliklar tashkil etadi, ular orasida ko‘plab endemik va qadimgi o‘simliklar bor. O‘simlik dunyosini saqlab qolishga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish va undan nooqilona foydalanish o‘simliklar dunyosining keskin kambag‘allashib ketish xavfini yuzaga keltirdi.
Keyingi o‘n yillik davomida “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari soni 163 tadan 301 turgacha ortdi (respublikamiz ja’mi o‘simlik dunyosining 8%).
O‘rmonzorlarning katta miqdori yo‘qolib ketishi xavotirli xolatdir. Keyingi o‘n yil ichida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘stirilgan daraxtzorlarning umumiy xajmidan taxminan 124.0 ming ga maydondagi daraxtlar yo‘q bo‘lib ketdi (umumiy maydonning 32%) va xisobdan chiqarildi.
Archa va to‘qay o‘rmonzorlari ekotizimi eng ayanchli xolatda. Xayvonlarning ko‘p turlari va soni ancha qisqardi: to‘qay bug‘usi, xongul-arxar, tog‘ echkisi, bug‘u, yovvoyi chg‘chqa, jayron. Bu esa ular bilan bog‘liq bo‘lgan yirtqichlar, yulbars, qoplon, gepard, qizil bo‘ri, chiya bo‘ri kabilarning respublika xayvonot dunyosidan yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ldi. O‘simliklar va xayvonlar endemik turkumlaridan menzbir (Angren yassi tog‘liklari) sug‘uri, tog‘ tekisliklari turlari, inson tomonidan keng o‘zlashtirilgan Amudaryo quyi oqimlaridagi gidrofil turlari sezilarli jabrga duch kelmoqda. Bundan tashqari 1981 yilda chiqarilgan “Qizil kitob” ga 161 turdagi xayvonlar kiritilgan bo‘lsa, 2004 yilda bu ko‘rsatkich 184 turni tashkil etdi, shunga o‘xshash 1991 yilda 163 o‘simliklar turlari kiritilgan bo‘lsa, 1999 yilda 301 turi qayd etildi.
Muxrfaza etiladigan tabiiy xududlarning mavjud tizimi O‘zbekistonning xayvonot va o‘simliklarning barcha turlarini qamrab olmagan. Ustyurtda, Qizilqum cho‘llarida, adirli past tog‘liklarda qo‘riqlanadigan tabiat xududlari mavjud emas.
SHunday qilib, axoli sonining o‘sish sur’atlarini tartibga solish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash xamda nooqilona iste’mol qilish va ishlab chiqarish tizimlarini qisqartirish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish bo‘yicha say’i-xarakatlar bir-birini to‘ldirish xususiyatiga ega.
Ekologik taxdidlar - bu atrof-muxit axvoliga va insonning xayot faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar etkazish yoki bunga sabab bo‘ladigan tabiiy va texnogen xususiyatdagi xodisalardir.

Ekologik taxdidlar quyidagi darajalar bo‘yicha tasniflanadi: global, mintaqaviy, milliy, maxalliy (10 rasm).


2. Davlat ekologik nazorati

Ijtimoiy tarakkiyot sharoitida jamiyatning tabiatga ta’sir kursatishi mukarrardir. Tabiat insonning moddiy va ma’naviy extiyojlarini kanoatlantiradigan yagona manba xisoblanadi. Inson tabiatga ta’sir kursatmasdan yashay olmaydi. SHuning uchun ishlab chikarishni va boshka faoliyatlarni shunday tashkil etish kerakki, nafakat odamlarning moslashuvi chegarasidan chikmasligi, balki shu bilan birga biosfera eng yaxshi xolatda saklanishi kerak.

Inson faoliyatining tabiatni uzgartiruvchi mikyoslarini kursatuvchi kuyidagi ma’lumotlarni keltirib utamiz. Eng sunggi taxminiy xisob-kitoblarga kura, insoniyat er bagridan yiliga 100 milliard tonna tog jinslari kazib oladi. XX asrning oxirlarida esa bu mikdor olti barobar ortgan. Dastlabki bashoratlarga karaganda, butun dunyo mikyosidagi sanoat ishlab chikarishi uch marta kupayadi. Uning bunday darajada ortishi esa insoniyatning butun sivilizatsiyasi un ming yil davomida ishlatganga karaganda turt marta kup yangi xom ashyo ressrlarini talab etadi. Olimlarning bergan ma’lumotlariga kura, olingan kazilmalarni kayta ishlashda ular massasining deyarli tukson sakkiz foizi chikindiga ajraladi va kazilmaning atigi ikki foizidan ijtimoiy extiyojlarni kanoatlantirish uchun foydalaniladi.

Xozirgi vaktda ishlab chikarish sur’ati tobora ortib bormokda. Kayta tiklanmaydigan mineral xom ashyolar iste’moli xar uttiz yilda ikki barobar ortsa, kazib olinadigan yonilgi mikdori esa xar un besh yilda ikki barobar kupayadi.

Bugungi kunda sayyoramiz urmonlari xar dakikada 20 gektarga kamayadi. Tropik urmonlar maydoni xar yili birfoizga kiskaradi. Atmosferadagi kislorod xajmi yiliga 10 milliard tonnaga kkamayadi. XXI asrning urtalarida bu borada kator muammolar kelib chikishi mumkin. Xozirgi vaktda suv, elektr kuvvati, neft, moy, mineral va organik xom ashyolar, metall, kumir va boshka tabiiy boyliklardan foydalanishda kuplab isrofgarchilikka yul kuyilayotgani xech kimga sir emas. Tashish vaktida xom ashyolar kanchalik kam yukotilsa, tabiat shunchalik kam ifloslanadi. Masalan, kumir, kum-sement va boshkalarni ochik vagonlarda tashish okibatida katta isrofgarchiliklarga yul kuyiladi, ularning ma’lum kismi shamolda uchib ketadi. Afsuski, xozirgi vaktga kadar dunyoning turli burchaklarida kumir va boshka xom ashyo maxsulotlari ochik vagonlarda tashilib, inson mexnati va maxsulotlarning bexuda sarflanishi xollari kuzatilmokda.

SHuning uchun fan-texnika tarakkiyoti tabiat boyliklari, materiallar, xom ashyolar, yonilgi va energiyadan foydalanishni tubdan yashxilashga yunaltirilishi kerak. Barcha boskichlarda, ya’ni kazib olish va xom ashyoni kompleks kayta ishlashdan tortib, oxirgi maxsulotni ishlab chikarish va undan foydalanishgacha bulgan jarayonlarda fan va texnikaning eng sunggi yutuklaridan foydalanib kurish samarali natijalar beradi. Tabiiy boyliklarni tejash, xalk xujaligining yonilgi, energiya, xom ashyo va materiallarga bulgan ortib boruvchi extiyojini kanoatlantirishda xal etuvchi omil xisoblanadi.

Bizning nazarimizda, atrof-muxitni ximoya etish va tabiiy resurslarni tiklash masalasida kuyidagilar e’tiborga olinishi kerak:


  • Maxaliiy va global ekoloik manitoring, ya’ni atrof-muxitning muxim xarakteristkalari xolatini, suv, tuprok, atmosferadagi zararli moddalarning konsentratsiyasini nazorat kilish va ulchash;


  • Urmonlarni tiklash va yongin, zararkundalar, kasalliklardan muxofaza kilish;


  • Kurikxonalar, etalon ekotizimlar, bebaxo tabiiy majmuilarni kengaytirish va ular sonini kupaytirish;


  • Usimlik va xayvonlarning noyob turlarini saklash xamda kupaytirish;


  • Axolining ekologik ma’rifati va madaniyatini yuksaltirish;


Tabiatga yangicha munosabatni shakllantirish buyicha inson faoliyatining barcha soxalarida faol ishlar olib borish, tabiatdan okilona foydalanish va tabiatni asrash texnoloiyasini ishlab chikishgina bugungi kundagi ekologik muammolarni xal etishga kolaversa, tabiat bilan uygun munosabatda bulishga kumaklashadi.

Ekologik ekspertiza – bu geografik muxitning biologik kismiga ta’sirini baxolashdir.

Ekspertiza ilmiy tekshirish yoki loyixalash institutlari tomonidan taklif kilinayotgan loyixalarni urganish va ularni amalga oshirish maksadga kanchalik muvofik ekanligini aniklab, chukur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jaryonida korxonaning atrof muxitga, odamlarning sogligiga ta’sir kilishi jiddiy e’tiborga olinadi.

Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi:davlat ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi, vazirliklar ekspertizasi va boshkalar. Ekspertiza Uzbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza kilish Davlat Kumitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur kumitada ekologik-geografik ekspertiza boshkarmasi faoliyat kursatadi. Taklif kilinayotgan loyixaning mazmuni, kanday tadbirlar amalga oshirilishiga karab, shu soxaning etakchi mutaxassislari u bilan tanishib chikib, uz muloxazalarini bildiradilar. Masalan, tog daryolarida yirik suv ombori kurilishi loyixasi ekspertizaga topshirilgan bulsa, u xolda muxandis-gidrotexniklar, gidrologlar, gidrobiologlar, ekologlar, geograflar, urmonchilar, iktisodchilar, xukukshunoslardan iborat gurux tashkil kilinadi va ular loyixa buyicha uzlarining takliflarini tayyorlaydilar.

80-yillarga kadar Uzbekistonda kurilgan sanoat korxonalari ekologik-geografik ekspertizadan rasmiy ravishda deyarli utkazilmagan. Albatta, korxona biror joyga kurilishi lozim topilganda usha joyning muxandis-geologik, gidrogeologik va gidrologik sharoitlari birmuncha xisobga olingan, lekin korxona keltiradigan zararli okibatlar deyarli xisobga olinmagan. SHuning uchun axoli zich yashaydigan CHirchik, Oxangaron, Fargona vodiylarida sanoat korxonalarining salbiy ta’siri tufayli atmosfera xavosi va suv xavzalari boshka rayonlarga nisbatan kuprok ifloslangan.

Endilikda, ayniksa, Uzbekiston mustakillikka erishgandan sung, yangi sanoat korxonalari ekologik me’yorlarga mos xolda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chikarayotgan maxsulotlar, atrof muxitga chikarilayotgan chikindilar masalasi atroflicha taxlil kilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib koluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni urnatishga katta axamiyat berilmokda.
O‘zbekistan Respublikasining ekologik xavfeizligini ta’minlash strategiyasi milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ekologik soxadagi shaxs, jamiyat va davlatning muxim xayotiy manfaatlaridan kelib chiqadi.

SHaxsning muxim xayotiy manfaatlariga quyidagilar kiradi:


• inson faoliyati, kishilar sog‘lig‘ini ximoya qilish uchun qulay ekologik shart-sharoitlarni ta’minlash.

Jamiyatning muxim xyotiy manfatlariga quyidagilar kiradi:


• barqaror ekologik vaziyatni yaratish, axoli salomatligini ta’minlash, jismonan rivojlangan avlodni shakllantirish.

Davlatning muxim xayotiy manfaatlariga kuyidagilar kiradi:


• barqaror rivojlanish, mintaqada ekologik vaziyatning barqarorligi, sog‘lom xayot tarzini shakllantirish;
• iqtisodiyotning ustuvor soxalarida ilmiy-texnik rivojlanishning yuksak darajasini ta’minlash;
• milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O‘zbekistonning xavfsizlik va xamkorlik bo‘yicha mintaqaviy va global tizimlariga va ularning tuzilmalariga uzviy ravishda uyg‘unlashuvini ta’minlash.

O‘zbekiston respublikasi ekologik-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari


O‘zbekiston Respublikasi inson xuquqi va erkinligiga amal qilish, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish orqali dunyo xamjamiyatiga to‘la xuquqli integratsiyalashishni ta’minlovchi xuquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va xarakatlantiruvchi kuchi insonning barkamol rivojlanishi va farovon xayoti, shaxs manfaatlarini amalga oshirish sharoitlari xamda amaliy mexanizmlarini yaratishdan iboratdir.
“Xalqaro xamjamiyat insonning nafaqat yashash xuquqi, balki tulaqonli va sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur mo‘‘tadil atrof-muxit sharoitlariga xam ega bo‘lgan xuquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e’tirof etgan. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muxim muammolar jumlasiga kiradi”.
Xalqaro xuquqiy tajribalar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik xavfsizlikninng mukammal tizimini shaklantirish O‘zbekiston milliy xavfsizligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati konstitutsiya, qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, atrof-muxit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Rio-de-Janeyro va Yoxannesburg deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan xamda etakchi davlatlarning qonunchilik soxasidagi tajribalaridan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari xisobga olingan xolda olib boriladi.
O‘zbekiston, barcha sobiq ittifoq davlatlari kabi ishlab chiqarish uchun katta miqdorda energiya va materiallar sarf etishni talab qiladigan, ma’naviy eskirib ketgan va atrof-muxitni ifloslantiradigan jixozlar va texnologiyalarga ega iqtisodiyotni meros qilib olgan. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida makroiqtisodiy rejalashtirishning tabiatni muxofaza qilish siyosati bilan optimal uyg‘unlashuvi va uning ijtimoiy xamda boshqa soxalarda yuritilayotgan siyosat bilan xamoxang bo‘lishi eng muxim vazifa bo‘lib qoldi. Respublikamiz ekologik siyosati tabiatning aloxida unsurlarini ximoya qilishdan ekotizimni umumiy ximoyalashga o‘tishga, inson yashaydigan xayot kechirish muxitining qulay jixatlarini kafolatlashga yo‘naltirilgan. Bunday ekologik siyosatning amalga oshirilishi xalq xo‘jaligi majmui va umuman jamiyatning barqaror rivojlanishi shartlaridan biri bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi­ning ekologik siyosati natijalaridan biri inson salomatligi uchun yuqori darajadagi xavfga ega xududlarda atrof-muxit sifatini yaxshilash va ekotizimni barqarorlashtirishdan iborat bo‘ldi. Orol bo‘yida ekologik vaziyatning oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda - kichik maxalliy suv xavzalari, ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv o‘tkazgichlarining qurilishi olib borilmoqda. Respublikamizda 1991 yildan boshlab ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga tashlanish miqdori 1.95 barobar pasaydi, ifloslangan oqava suvlari 2.0 barobarga kamaydi.
Pestitsidlardan foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 barobar qisqardi. Ekin maydonlarida paxta ekishning kamaytirilishi xisobiga g‘alla va dukkakli, sabzavot va poliz, kartoshka ekin maydonlari kengayib bormoqda.
Paxta ekiladigan maydonlar xozirgi kunda ancha qisqartirilgan va ekin maydonlarining taxminan 40 foizini tashkil etadi. Milliy qo‘riqxonalar, bog‘lar va ekomarkazlar rivojlantirilmoqda.
2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 24 oktyabrdagi 469-sonli qarori bilan tasdiqlangan, mamlakatimiz ekologik siyosatini amalga oshirishda asosiy strategik yunalish xisoblangan “O‘zbekistonda 1999-2005 yillarda atrof-muxitni muxofaza filish bo‘yicha xarakatlar dasturini” va 1999-2005 yillarga mo‘ljallangan atrof-muxitni muxrfaza qilish bo‘yicha xududiy dasturlarni amalga oshirish muddati yakunlandi. Joriy davr mobaynida ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 1999 yil 11 noyabrida tasdiqlangan, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 20 oktyabrda qabul qilingan 469-sonli qarorini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan amalga oshirildi.
2005 yil avgust xolati bo‘yicha 165 rejalashtirilgan tadbirlardan 136 tasi yoki 82,4% bajarilgan, 25 tadbir bajarilmoqda (ulardan 6 tasini bajarish muddati tugallanmagan) va 4 tadbir bo‘yicha ishlar mablag‘, yo‘qligi sababli bajarilmayapti, umuman ko‘zda tutilgan tadbir-choralarni qamrab olish 98,2% ni tashkil etadi.


Ushbu chora-tadbirlarni bajarish uchun 3,0 milliard sum, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln. AKSH dollaridan ziyod mablag‘ o‘zlashtirildi. Ulardan: 863,2 mln.sum davlat byudjeti mablag‘i; 1,5 mlrd, sumdan ko‘prog‘i - korxona va tashkilotlar mablag‘lari; grant asosidagi investitsiyalar 571,6 mln. sumni, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln. AKSH dollarini tashkil etdi xamda 362,9 mln. sum tabiatni muxrfaza qilish jamg‘armalari mablag‘laridan iborat bo‘ldi. Tadbirlarni bajarish natijasida atmosferaga ifloslangan moddalarning tashlanishi 2.1 ming tonnadan ko‘proq kamaytirildi, etillashtirilgan benzin ishlab chiqarish ulushi -16,9% ni tashkil etdi (20% - ko‘zlangan edi), yuk tashish va engil avtomobillar uchun gaz balonli uskunalar tayyorlandi va sinovdan o‘tkazildi, tarkibida simob mavjud bo‘lgan ishdan chiqqan lampalarning 75% dan ortig‘i qayta ishlandi. Dasturni bajarish natijasida davlat tabiatni muxrfaza qilish qo‘mitasi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar, idora va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi beshta qonunlari: “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” (25.05.2000), “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida” (31.08.2000), “Davlat kadastrlari to‘g‘risida” (15.12.2000), “CHiqindilar to‘g‘risida” (05.04.2002), “Muxofaza etiladigan tabiiy xududlar to‘g‘risida” (13.12.2004), xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining quyidagi 32ta qarorlari: “O‘zbekiston respublikasi davlat byudjetining 2000 yil uchun asosiy makroiqtisodiy kursatkichlari va parametrlarining prognozi to‘g‘risida” (554-sonli 31 dekabr 1999 yil, unga ko‘ra 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab tabiiy muxitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash va O‘zbekiston Respublikasi xududida chiqindilarni joylashtirish uchun to‘lovlar belgilangan); “Ozon qatlamini ximoya qilish soxasidagi shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Res­publikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2000 yil 24 yanvar 20-sonli); “Tabiiy resurslarni saqlash va CHimyon-CHorvoq xududini o‘zlashtirishga xar tomonlama va tizimli yondashishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (2000 yil 10 mart 83-sonli); “O‘zbekiston Respublikasi xududiga tarkibida ozon qatlamini buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan maxsulotlar va ana shunday moddalarni olib kirish yoki olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” (2000 yil 14 mart 90-sonli); “O‘zbekiston Respublikasi xududiga ekologik xavfli maxsulotlar va chiqindilarni olib kirish yoki olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” (2000 yil 19 aprel 151- sonli); “O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar dunyosi ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qoidani va O‘zbekiston Respublikasi xayvonot olamining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida” (2000 yil 5 sentyabr 343-sonli); “Vazirliklar va idoralarning monitoring borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirishni belgilovchi tabiiy muxit davlat monitoring to‘g‘risidagi qoida” (2002 yil 3 aprel 111-sonli); “Orol bo‘yi genofondini ximoya qilish bo‘yicha xayriya jamg‘armasini yaratish to‘g‘risida” (2004 yil 3 aprel 162-sonli); “Andijon va Namangan viloyatlarida Qoradaryo daryosining suv muxofazasi xududlari va qirg‘oq bo‘yi xududlarini belgilash to‘g‘risida” (2004 yil 13 aprel 178-sonli); “Namangan viloyatida Norin daryosining suv muxofazasi xududlari va qirg‘oq bo‘yi xududlarini, belgilash to‘g‘risida” (2004 yil 13 aprel 179-sonli); “Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari fondlariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2004 yil 25 oktyabr 499-sonli); “Biologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish va olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” (2004 yil 28 oktyabr 508-sonli) va boshqalar ishlab chiqildi xamda qabul qilndi.
GXFU (gidroxlorftoruglerod), metil bromidlarga kvotalarni ko‘zda tutuvchi xamda tarkibida ozon moddasi (OBM) bo‘lgan va ozonni buzuvchi maxsulotlarga litsenziyalar berish tizimini ko‘chaytirishga qaratilgan Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xukumati qarorlariga ba’zi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyixasi ishlab chiqildi va Adliya Vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Ozon qatlamini emiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur, mamlakatni barqaror rivojlanish modeliga o‘tish milliy strategiyasi, cho‘lga aylanib borish bilan kurashish bo‘yicha xarakatlar milliy dasturi, parnikli gazlar emissiyasini kamaytirish bo‘yicha milliy strategiya, muxofaza etiladigan tabiiy xududlarni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemasi, ekologik ta’lim davlat standarti va ekologik ta’lim dasturi ishlab chiqildi xamda amalga oshirilmoqda. Er osti ichimlik suvlari zaxiralarini shakllantirish xududlariga muxofaza etiladigan tabiiy xududlar maqomini berish bo‘yicha ishlar to‘la xajmda bajarildi, ulardan 11 tasi Respublika va 8 tasi viloyat axamiyatiga ega. Toshkent shaxri va Toshkent viloyati korxonalarida zaxarli chiqindilar chiqarish ustidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar tayyorlandi, Toshkent shaxri va Toshkent viloyati uchun zaxarli chqindilarni ko‘mish poligonlarining texnik-iqtisodiy xisoblari (TIX,) va APZ ishlab chiqildi va loyixani ekologik ekspertizasi o‘tkazildi.
Tarkibida simob bo‘lgan lampalar va asboblarni qayta ishlash maqsadida Navoiy, Andijon va qo‘shimcha Buxoro shaxrida lyuminessent lampalarni demerkurizatsiya qilish bo‘yicha qurilmalar tayyorlandi va ishga tushirildi.
Inson va xayvonlar uchun xavfsiz bo‘lgan pestitsidlardan foydalanib, o‘simliklarni ximoyalash umumiy tizimini tatbiq etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Biolaboratoriyalar va biofabrikalar tarmog‘i tashkil etildi xamda entomologik xizmati kuchaytirildi. 83 ta yangi biolaboratoriya ishga tushirildi va ularning umumiy soni 809 tani tashkil etdi. O‘simliklarni ximoya qilish birlashtirilgan tizimining viloyatlar sxemalari ishlab chiqildi. O‘simliklarni ximoya qilish birlashtirilgan tizimi bo‘yicha 2000-2005 yillarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan dasturlarga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda 2001-21003 yillarda o‘simliklarni ximoya qilish barcha asosiy turlari (agrokimyoviy va biologik) qo‘llanildi. 3482,7 ming gektar maydonda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik ishlarini o‘tkazish uchun biolaboratoriyalar tomonidan 4928,1 kg trixogramma, 1431,9 million dona brakon etkazib berildi.
Yer osti suvlarining davlat kadastri olib borilmoqda. YOnilg‘i sifatini yaxshilash, shu jumladan benzindan qo‘rg‘oshinni ajratib olish bo‘yicha tadbirlar bajarilmoqda, yuk va engil avtomobillar uchun suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballon uskunalarining (GBU) tajriba namunalari ishlab chiqarildi va sinovdan o‘tkazildi.
Samarkand, Xiva, Buxoro shaxarlarining tarixiy yodgorliklar joylashgan xududlarida er osti suvlari darajasini nazorat qilish maqsadida kuzatuv quduqlar tarmog‘i yaratildi. Buxoroda 173 kuzatish quduqlari va 181 vertikal drenaj quduqlari qurildi. 2005 yilning birinchi yarmi davomida ular yordamida 20,6 mln. m3 er osti suvlari chiqarildi, bu chora er osti suvlari darajasini o‘rtacha 2,15 m darajasida turishini ta’minlashga imkon berdi. Biroq moddiy mablag‘lar yuqligi sababli Xiva va Samarqand shaxarlarida er osti suvlarining talab etiladigan darajasini ta’minlab turish bo‘yicha qiyinchiliklar mavjud.
Amudaryo deltasida va Orol dengizi qurigan tubida kichik suv xavzalarini yaratish bo‘yicha loyixa-izlanish va umumiy qurilish ishlari o‘tkazildi, Orol dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab va Amudaryo deltasida kichik maxalliy suv xavzalarini yaratish bo‘yicha TIA (texnik-iqtisodiy asoslar) ishlab chiqildi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ajratgan 6,15 mln. AQSH dollari o‘zlashtirildi. “Mejdurechensk” suv omborinint shimoliy dambasini, “Glavmyaso” kanaliga beton yon tomon suv chiqarish va suv tushirish inshoatini qurish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.
Muxofaza etiladigan tabiiy xududlar Davlat kadastrini joriy qilish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tasdiqlandi xamda “Xayvonot va o‘simliklar dunyosi davlat kadastrlarini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqilib, Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 5 sentyabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlandi. SHu asosda 170 dan ortiq uch toifadagi ob’ektlar bo‘yicha kadastr ma’lumotlari to‘plandi.
“Ma’lumotlardan foydalanish, atrof-muxitga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonlarida jamoatchilikning ishtirok etishi va shu masalalar bo‘yicha qonuniy xuquqi to‘g‘risida”gi BMT EIK Orxus Konvensiyasiga (1998) O‘zbekistonning qurilishi imkoniyatlariga doyr zarur materiallar tayyorlandi.
Ozonni buzuvchi moddalar (OBM) o‘rnini bosishni boshqarish bo‘yicha ofis o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Davlat tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi va UNEP memorandumiga binoan 17 ming AKSH dollariga teng uskunalar olindi va bojxona xizmatlariga etkazib berildi, bojxona xodimlarining o‘quvi tashkil etildi.
Toshkent, Andijon, Navoiy, Farg‘ona, Uchquduq, Buxoro shaxarlarida 26 ta o‘qituvchi-instruktorlar va muzlatish ishlari bo‘yicha 25 ta gurux mutaxassislarni o‘qitish amalga oshirildi. Jami 500 dan ortiq mutaxassis malaka oshirish bo‘yicha o‘qitildi. OBMlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv anjomlari olinib, TDTU, Navoiy tog‘ kolleji, Qarshi muxandislik-iqtisodiy va Toshkent kimyo-texnologiya institutlariga etkazib berildi. 1,1 mln. AKSH dollariga teng mablag‘i xisobiga XFU-12 xladagentlarni retsirkulyasiya qilish va ajratib olish bo‘yicha uskunalar sotib olindi va 101ta korxonaga taqsimlandi.
Iqlim o‘zgarishi xaqida Milliy ma’ruza tayyorlandi va u iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Milliy Komissiya tomonidan tasdiqdandi.
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha milliy strategiya loyixasi ishlab chiqildi va 9.10.2000 yilda Vazirlar Maxkamasi tomonidan 389-sonli qaror qabul qilindi. Milliy strategiyani amalga oshirish maqsadlarida xalq xo‘jaligi turli soxalari bo‘yicha 12 ta loyixa tayyorlandi va moliyalashtirish uchun Jaxon Banki, Global ekologik jamg‘armasiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga yuborildi. CHo‘lga aylanish bilan kurashish bo‘yicha xarakatlar Milliy dasturi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda muvofiqlashtirildi va tasdiqlandi, mazkur dastur cho‘lga aylanish bilan kurashish bo‘yicha BMT Konvensiyasining kotabiyati tomonidan ma’qullandi.
Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiyani va xarakatlar rejasini amalga oshirish uchun “Muxrfaza etiladigan tabiiy xududlarni rivojlantirish va joylashtirish Bosh sxemasi” ishlab chiqildi va uni tatbiq etish amalga oshirilmoqda.
“Nurota-Qizilqum biosfera rezervatlarini yaratish” loyixasi amalga oshirilmoqda, biosfera rezervatlari chegaralari belgilandi va uning xududlarini zonalashtirish o‘tkazildi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston xududlarida G‘arbiy Tyan-SHanda bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha transchegaraviy loyixa amalga oshirilmoqda.
G‘arbiy Tyan-SHan xududlarida noyob va iqtisodiy axamiyatga ega xayvonlar va o‘simliklar turkumlarining kam uchraydigan va endemik turlari aniqdandi. O‘simliklarning noyob va endemik turlarini saqlab qolish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Bajarish muddati tugagan 17 ta tadbirni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Toshkent shaxrida 358ta jixozlangan va 752 uskunalar bilan jixrzlanmagan chiqindi to‘plash maydonchalari qurildi va ishlab turibdi.

3. Ta’lim va tarbiya konsepsiyasi.


Keyingi davrlarda - fan va texnika yutuqlariga asoslangan insoniyatning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri nihoyatda kuchaygan bir paytda tabiatni, undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda muhim muammolardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham kelajak avlodni ekologik jihatdan savodli va etuk kishilar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchani shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir.
Tabiat muvozanatini to‘g‘ri tushunmaslik natijasida inson o‘z yashab turgan muhit tabiiy holatning o‘ta buzilishiga sababchi bo‘lmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik, ma’naviy va mehnat bilimlarini berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Insonning tabiatdagi o‘rnini aniq belgilash shart, uning javobgarligini oshirish va hosil bo‘lgan yangi kuchlarini beosferani yaxshilashga yo‘naltirish kerak bo‘ladi. SHu narsani alohida qayd qilish kerakki, har bir odam o‘zi yashab turgan joyni kuzatabiladigan, uning tarixini, tarkibini, organik va mineral komponentlarini to‘liq o‘rgangan bo‘lishi shartdir. Bu mas’uliyatli vazifani bajarishda o‘quvchilarga va barcha yosh avlodga berilayotgan ekologik ta’lim tarbiyaning ahamiyati benihoya kattadir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 19 sentyabrdagi “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof – muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risidagi 212-sonli qaror” e’lon qilingan edi. SHu qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasining barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlar 2008-2010 yillarda ekologiya va barqaror rivojlanishni ta’minlash sohasidagi ma’rifiy tizimni yanada rivojlantirish va takomillashtirish dasturi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirmoqdalar.
Prezidentimiz I.Karimov o‘zlarining yozgan 16 ta asarlarida ayniqsa “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” asarlarida respublikamizda va butun dunyoda sodir bo‘layotgan ekologik holatni sabablarini ochib berganlar. Respublikada yashayotgan har-bir inson va yosh avlod bizdagi ekologik muammolarni yaxshi bilishi kerak. Ekologik ma’naviyatni yuqori ko‘tarish lozim. YOshlarni ko‘proq tabiatni muhofaza qilishga va asrashga qaratmoq kerak. Qur’onda keltirilgan 6000 oyatdan 700 tasi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan. Ekologik ta’lim masalasiga befarq qaramaslik kerak, uni hayotga tez tadbiq qilishimiz lozim. (Bog‘cha, maktab, litsey, kollej, institut). Biz ekologik muvozanatni buzganimiz uchun Orol dengizi atrofida qishloq xo‘jaligida yo‘l qo‘yilgan xatolar dengizning qurishi olib keldi, bu esa o‘z navbatida ana shu viloyatlardagi aholi yashash sharoitlarining yomonlashishiga va har xil kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi shu sabablarning buzilishi har xil ekologik ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xususan Amyodaryo quyi qismida hosil qilingan ekologik fojia, yana har xil o‘ta zaharli moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik, mineral o‘g‘itlarning noto‘g‘ri va me’yoridan yuqori ishlatilishi, ko‘llarning qurishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir” deb ta’kidlaganlar (O‘zbekiston XXI bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahlil, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarlarida).
Hozirgi kunga kelib atmosfera havosi chiqindilar bilan ifloslanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Atmosfera havosining zararli gazlar, chang, qurum, tumanlar bilan ifloslanishi o‘z navbatida insonlarda allergiya, pnevmaniya, bronxial astma va rak kasalliklarini uyg‘otmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Olmaliq, Farg‘ona, Navoiy va Qo‘qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. CHirchiq shahrida qon kasali 4,7 barobar, endokrin bezlar tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar ortganligi ma’lum.
Farg‘ona shahrida 1982-1988 yillar mobaynida nafas yo‘li kasalliklari juda oshganligi aniqlangan edi. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo xududiga Tojikistonning Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodi chiqindilarining asorati tufayli bu erda birqancha kasalliklar sodir bo‘lmoqda.
Ayniqsa bolalar o‘rtasida qon va qon yaratuvchi a’zolar, asab tizimi va sezish a’zolari, suyak-mushak tizimi kasalliklari ancha ko‘paygan.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, alyuminiy zavod ishlab tursa atrof-muhit, tuproq va suv ftorli vodorodli, ikki oksidli oltingugurt, ikki oksidli azot, benzopiren bilan ancha bug‘lanishga sabab bo‘ladi. Bu holat esa aholi o‘rtasida umumiy kasallanishni ko‘payishiga olib kelayapti.
Respublikamizda sanoatning va kon-metallurgiya kombinatlaridan chiqadigan birikmalar, neft mahsulot chiqindilari mis, xrom, oltingugurt va boshqa zaharli moddalar oqova va daryo suvlariga tashlab yuborilmoqda.
Ayniqsa, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish (sement zavodlari) atmosfera havosini ifloslanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda havoni eng zaharlovchi man’ba avtomobil transport hisoblanadi. Ular tarkibida barcha tirik jonzodni zaharlovchi qo‘rg‘oshin birikmalari bor. Toshkent atmosferasiga avtomobil gaz chiqindilari bilan har xil ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo sharoitida qishloq xo‘jalik ancha jadallashdi. Ekin maydonlar kengaydi. Tuproqqa solinadigan o‘g‘itlar miqdori oshib bormoqda. Mineral o‘g‘itlar, zaharli ximikatlarning keng qo‘llanilishi tuproqda va keyinchalik o‘simliklar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, ftor va tabiiy radionukleidlar miqdorining oshishiga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan er maydonlarining kengayishi natijasida O‘rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda murakkablashuviga olib keldi. Millionlab gektar erlar sho‘rlandi va suv tagida qoldi, oqova suvlarning ko‘payishi sho‘r ko‘llarni yuzaga keltirdi. Amudaryo va Sirdaryodan rejasiz tarzda ko‘plab suvni olish ekologik holatni buzilishiga, ya’ni Orol dengizining qurishiga olib keldi. Qishloq joylarda suvning tarkibi buzildi. Orol bo‘yida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Toshkent viloyatlarida suv ta’minotida og‘ir vaziyat yuzaga keldi.
O‘zbekistonda 4,5 mln. ga sug‘oriladigan er mavjud, shundan hozirgi kunda 65% er maydoni ma’lum darajada sho‘rlangan, meliorativ holati yomonlashgan. Bu erlarni ekologik va melorativ holatini yaxshilash maqsadida xukumatimiz 130 milliard so‘m mablag‘ ajratdi.
Ko‘p zaharli ximikatlar ishlatilish tufayli tibbiy-sanitariya holat murakkablashdi, ichimlik suvning sifati yomonlashdi.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi xududida keyingi 10 yil mobaynida har yili chet elda foydalanish man qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6 ming tonnadan ortiq ishlatildi. Respublikaning ochiq suv havzalarida bakterial va kimyoviy ifloslanish ko‘paymoqda. Ayniqsa kimyoviy moddalar bilan ifloslanish Surxondaryo viloyatida 45,5%, Buxoroda 30,7%, Xorazmda 22,5% undan tashqari Toshkent shahrida 36,4% va Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 47,2% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda 217 shahar va shahar tipidagi punktlarda 69 kanalizatsiya tizimi mavjud. Respublika bo‘yicha 14% aholi kanalizatsiya xizmatidan foydalanadi.
O‘rta Osiyo mintaqasi ekologiya tizimida vujudga kelayotgan ijtimoiy ekologik vaziyat aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Keyingi 15 yilda faqat O‘zbekistonning o‘zida katta yoshdagi aholi va bolalar orasida kasallik muntazam o‘sib borgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-ekologik vaziyat yaxshi bo‘lmagan xududlar: Orolbo‘yi, Toshkent viloyati, Angren, Buxoro, Qo‘qon, Navoiy, Samarqand kabi sanoati rivojlangan shaharlarda kasalliklarga chalinish darajasi eng yuqori ekan, chunki bu shaharlarning atmosfera havosida ftoridlar, qo‘rg‘oshin, benz (a) parin, oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod va azot oksidlari, xlor va ftorli vodorodlar va chang miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdordan yuqoriligicha qolmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqaga aylangan bo‘lib, kelajakda mashinasozlik, energetika kimyo, gaz, qurilish va oziq-ovqat sanoati transport majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Xolbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlantirilishi respublika ijtimoiy ekologik tizimini holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun:
  1. Yirik xududiy sanoat komplekslari joylashgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muamolarini hal qilish;


  2. Orol va orol bo‘yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;


  3. Agrosanoat kompleksida ekologik muamolarni hal qilish;


  4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishga yo‘l qo‘ymaslik;


  5. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash, milliy bog‘larni kengaytirish va boshqalar.


YUqorida qayd qilib o‘tilgan masalalarni hal qilishda va vatanimizda ekologik muvozanatni asrash uchun ekologik ta’lim tarbiya va tabiatni muhofaza qilish masalalarining ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o‘rganishga, inson faoliyati natijasida biosferada ro‘y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil qilish asosiy masalalardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik, ma’naviy va ularni mehnatga o‘rgatish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.


Ekologik ta’lim tarbiya litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarining talabalarini o‘z ichiga oladi. Unda tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalashni taqozo qiladi. YOsh avlodga ekologik ta’lim va tarbiya berish murakkab, uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. YOshlar tabiat haqidagi dastlabki tasavvurlarni odatda o‘z uylarida oladilar. YOshlari ulg‘aygan sari ularning tabiatga bo‘lgan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgarib boradi. SHuning uchun ham ota-onalar o‘z farzandlarini ekologik masalalar haqidagi tushunchani ularning ongiga singdirib, tabiatni sevish tuyg‘usini shakllantirib borishlari shart. YOshlarda ekologik madaniyatni shakllashtirish uchun barcha oliy o‘quv yurtlarida ekologiya fanini fuqurroq va mukammal o‘qitish lozim. Ana shundagina yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni bajarish oson bo‘ladi. Hozirgi kunda ekologiya dasrlari ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmaydi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va psixologiya masalalarining eng muhim tarbiyaviy qismidir. Insonlarda tabiat qonunlariga to‘la rioya etish to‘g‘risida va bu sohada Vatan, xalq, davlat va kelajak avlod oldidagi burch tuyg‘usi va mas’uliyat hissi yaratilmasa, ularda to‘la ekologik ong va tafakkur hosil bo‘lmaydi. Ekologik ong va tafakkurga ega bo‘lgan inson o‘z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘rib, ongli ravishda ish ko‘radi. Ekologik tarbiya – ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Qishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi va kelajakda sog‘lom hayotiy muhitni yaratishda kafolat beradi. Kelajak avlod uchun go‘zal tabiatimiz go‘zalligicha qolaveradi.
Yüklə 38,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin