11-sinf mavzulashtirilgan test variant !!!


-§. EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə5/8
tarix07.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#94593
1   2   3   4   5   6   7   8
11-sinf mavzulashtirilgan test.

16-§. EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI

1.Ekosistema (ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qaraladi.


2.Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi.


3. Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi qo‘llaniladi.


4.Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi kechadigan, biotik (biotsenoz) va abiotik (biotop) tarkibiy qismlari yig‘indisidir.


5.Biogeotsenozlar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra ekosistemalarga nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa biogeotsenozlardan mustaqildir.


6.Har qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi




16- : EKOTIZIMLARNING TROFIK STRUKTURASI.
17- : EKOTIZIM MAHSULDORLIGI
18- : EKOLOGIK PIRAMIDA QOIDASI

1.agar 3 chi tartib konsument 4 kg ga teng bo’lsa, produtsentlar necha kg ga teng bo’ladi?


A) 4 kg B) 40 kg S) 400 kg D) 4000 kg

2. produtsent (a) va konsument (b) ga tegishli organizmlar.


1. nitrifikator bakteriya 2. askarida 3. exinakok. 4. temir bakteriyalari. 5. tongiz. 6. katta sodafdor. 7. xlomidomanada

3.Suv muhitidagi ikkinchi trofik darajaga mansub hayvonni aniqlang? A) zooplankton B) pingvin C) dengi qoploni D) kasatka


4.Suv muhitidagi uchinchi trofik darajaga mansub hayvonni aniqlang? A) zooplankton B) pingvin C) dengi qoploni D) kasatka


5.Suv muhitidagi to'rtinchi trofik darajaga mansub hayvonni aniqlang? A) zooplankton B) pingvin C) dengiz qoploni D) kasatka


6.Suv muhitidagi beshinchi trofik darajaga mansub hayvonni aniqlang? A) zooplankton B) pingvin C) dengi qoploni D) kasatka


7.Birinchi trofik darajani qaysi organizmlar tashkil etadi? 1) produtsentlar 2) fitofaglar 3) go'shtxo'rlar 4) hammaho'rlar 5) destruktorlar A) 1, 2 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 1


8.Ikkinchi trofik darajani qaysi organizmlar tashkil etadi? 1) produtsentlar 2) fitofaglar 3) go'shtxo'rlar 4) hammaho'rlar 5) destruktorlar A) 2.4 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 1


9.Uchinchi trofik darajani qaysi organizmlar tashkil etadi? 1) produtsentlar 2) fitofaglar 3) go'shtxo'rlar 4) hammaho'rlar 5) destruktorlar A) 2.4 B) 3, 4 C) 3, 5 D) 1

10.To'rtinchi trofik darajani qaysi organizmlar tashkil etadi? 1) produtsentlar 2) fitofaglar 3) go'shtxo'rlar 4) hammaho'rlar 5) destruktorlar A) 2.4 B) 3, 4 C) 3, 5 D)3


11.Biogeotsenozning turg'unligi nimaga bog'liq? A) trofik darajadagi turlarning kamligiga B) trofik darajadagi turlarning ko'pligiga C) trofik darajadagi turlarning xilma-xilligiga D) A.B.C


12.Quruqlikdagi beshinchi trofik darjaga mansub hayvonni aniqlang?


A) lochin B) suvsar C) qizilishton D) mo'ylovdor baliq

13.Quruqlikdagi to'rtinchi trofik darjaga mansub hayvonni aniqlang?


A) lochin B) suvsar C) qizilishton D) mo'ylovdor baliq

14.Quruqlikdagi ikkinchi trofik darjaga mansub hayvonni aniqlang?


A) lochin B) suvsar C) qizilishton D) mo'ylovdor baliq

15.Quruqlikdagi uchinchi trofik darjaga mansub hayvonni aniqlang?


A) lochin B) suvsar C) qizilishton D) mo'ylovdor baliq

16.Noto'g'ri fikrni aniqlang?


A) oziq zanjiridagi har bir organizm muayyan trofik darajaga tegishli bo'ladi
B) organizmlarning oziq zanjiridagi o'rni trofik daraja deyiladi. C) oziq zanjirining bir nechta bo'g'imga tegishli bo'lgan organizmlar yig'indisiga trofik daraja deb ataladi D) har qaysi biotsenozda moddalar almashinuvi kuzatiladi

17.Chiriyotgan zamburug'lar qoldiqlariga nima deb ataladi?


A)destruktor. B)dentrit. C)detrit. D)destraktor

18.Ekosistemada moddalarning aylanishi to'liq amalga oshishi uchun qaysi funksional guruh organizmlar bo'lishi shart? 1)konsumentlar. 2)redutsentlar. 3)produtsentlar. 4)destruktorlar. 5)destraktorlar.


A)1.5. B)2.4.5. C)1.3.5. D)1.3.4

19.Oziq zanjiri atamasini fanga kim kiritgan?


A)1934- yil.Ch Elton. B)1928-yil. D Elton C)1920-yil. Eduard Zyuss. D)1875-yil.Vernandiskiy

20.Oziq zanjiri nimadan boshlanishi mumkin?


1)yashil o'simliklardan 2)detritlardan. 3)destruktorlardan. 4)detraktorlardan
A)1.4. B)2.3. C)2.4. D)1.2

21.Zamburug va hayvon detritlarining parchalanishida qatnashadigan organizmlarni ajrating? 1)detritofaglar. 2)destruktorlar. 3)redutsentlar. 4)destraktorlar


A)1.2.3. B)1.2.4. C)2.3.4. D)1.3.4

22.O'simlik detritlarining parchalanishida qatnashadigan organizmlarni aniqlang?


A)1.2.3. B)1.2.4. C)2.3.4. D)1.3.4

23.Detrit tipidagi oziq zanjir necha bo'g'imli bo'ladi?


A)1-2. B)2-3. C)4-5. D)4-6

24.Produtsent tipidagi oziq zanjiri necha bo'g'inli bo'ladi?


A)1-2. B)2-3. C)4-5. D)4-6

25.O'tloq tipidagi oziq zanjir to'g'ri berilgan qatorni aniqlng?


A)o'simlik>o'simlikxo'r hashorot>yirtqich hashorot>hashorotxo'r qush>yirtqich qush
B)o'simlik>o'simlikxo'r hashorot>yirtqich qush
C)o'simlik>detrit>geterotrof chuvalvhang>termit
D)to'kilgan barg>tuproq bakteriyalari>chuvalchang>zamburug'>yirtqich hashorot
26.Dentrit tipidagi oziq zanjir to'g'ri berilgan qatorni aniqlng?
A)o'simlik>o'simlikxo'r hashorot>yirtqich hashorot>hashorotxo'r qush>yirtqich qush
B)o'simlik>o'simlikxo'r hashorot>yirtqich qush
C)o'simlik>detrit>geterotrof chuvalvhang>termit
D)to'kilgan barg>tuproq bakteriyalari>chuvalchang>zamburug'>yirtqich hashorot

27.Suv havzalari uchun ozuq zanjirini aniqlang?


A)suvo'tlari>dafniya>siklop>qizilko'z>cho'rtan
B)suvo'tlari>suklop>olqbug'a>redutsent
C)fitoplankton>>zooplankton>qizilko'z>redutsent
D)suvo'tlari>qizilko'z>dafniya>siklop>redutsent

28.Chiriyotgan yo'g'och qoldiqlariga nima deb ataladi?


A)destruktor. B)dentrit. C)detrit. D)destraktor

29.Tabiiy populyatsiyalarda individlar .............tarzda taqsimlanishi mumkin emas? x)bir tekis. y)bir qator. f)guruhli. z)tasodifiy. m)bir necha qator. n)teng taqsimli


A)X.F.N. B)X.F.Z. C)M.N. D)Y.M.F

30……– tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi.


A)Biomlar B) Ekotizim C)Ekosfera D)Populyatsiya

31.”Biogeotsenoz”lar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang.


1.Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi qo‘llaniladi. 2.Asosan biotik tarkibiy qismlardan tashkil topadi 3.Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi kechadigan, biotik (biotsenoz) va abiotik (biotop) tarkibiy qismlari yig‘indisidir.4. Ekosistemalar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra biogeotsenozlarga nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa ekosistemalardan mustaqildir. 5.Har qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi. 6.Biogeotsenozlarda moddalarning davriy aylanishida faqat avtotrof organizmlar ishtirok etadi.
A)1,3,5 B)1,3,5,6 C)2,3,4,5 D)2,4,5

32.Moddalarning davriy aylanishida bajaradigan vazifasiga ko‘ra, turlar qanday funksional guruhlarga bo‘linadi?


A) Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar.
B)Avtotrof va geterotrof
C)Avtotrof,konsument D)Konsument ,redutsent,destruktor

33..Produtsentlarga mansub organizmlar guruhini ajrating.


1.Kallima 2,Ko`lbuqa 3.Yo`ng`ichqa 4.oltingugurt bakteriyalari 5.suv yong`og`i 6.zarpechak 7.poliksina 8.epifitlar
A)1,3,5 B)2,3,6 C)3,5,6,8 D)3,4,5,8
34.Yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini sintezlaydigan organizmlarni aniqlang.
A)Yashil o‘simliklar,suvo`tlar,parazit o`simliklar
B) fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar
C)Yashil o‘simliklar, ko`k-yashil suvo`tlar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar
D)Barcha o`simliklar
6.Konsumentlarga xos bo`lgan (a) va xos bo`lmagan (b)xususiyatlarni ajrating.

35..Geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 2. tirik organizm tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi.3. Ularga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar,xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi.4. Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi.5.Jo`ka bu guruhga kiradi 6.Semga bu guruhga kiradi


A)a-2,4,5 b-1,3,6 B)a-2,4,6 b-1,3,5 C)a-1,3,5 b-2,4,6 D)a-2,3,4 b-1,5,6

36.Birinchi tartib tuyoqli konsumentlarni aniqlang.


1.Porfira 2.chigirtka 3.Turman4.Suv yong`og`i 5.Yelik 6.raffleziya7.kabarga 8.Kalina
A)1,6,8 B)2,3,5,6,7,8 C)3,5,7 D)5,7

37.Hammaxo`r konsumentlarni aniqlang.


1.suvarak 2.zarpechak 3.tuyaqush 4.kalamush 5.oq ayiq 6.qo`ng`ir ayiq 7.cho`chqa 8.Qayin odimchisi
A)1,3,4,6,7 B)1,2,4,6,7 C)2,3,5,7 D)2,4,6,8

38.Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, to‘ng‘izlar (a), yirtqichlar, masalan, bo‘rilar(b) nechanchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin?


A)a-2,3 b-1,2 B)a-1,2 b-1,2 C)a-1,2 b-2,3 D)a-1,2 b-3,4

39.Quyidagilardan noto`g`ri fikrni aniqlang.


A) Ekosistemada konsumentlar tartibi,soni produtsentlar hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi.
B) Chiriyotgan o‘simlik, zamburug‘ va hayvon qoldiqlari detrit deyiladi.
C) Detritofaglar redutsent hisoblanadi.
D) Detritning parchalanishida detritofaglar va redutsentlar qatnashadi.

40.Redutsentlarga xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating.


1.Boshqacha destruktorlar deb ataladi 2. hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga aylantiradigan organizmlar 3.ularga sianobakteriyalar va zamburug`lar kiradi 4.tuproq bakteriyalari va xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi 5.nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi.6. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi.7. Ular moddalarni konsumentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy aylanishga qaytaradi. 8.Geterotrof organizmlar hisoblanadi.
A)3,4,5,7 B)2,3,4 C)1,2,5,6,8 D)3,4,7

41.Detritofaglarga mansub organizmlarni ajrating.


1.Qizilquyruq 2.eshakqurt 3.ayrim kanalar,4.rizosfera5. ko‘poyoqlilar,6.o`simlikxo‘r qo‘ng‘izlar, 7.ayrim hasharotlar va ularning lichinkalari, 8.glikonius
A)1,3,5,7 B)2,3,5,7 C)1,4,6,8 D)2,3,6,8

42.Ekosistema bargarorligining eng muhim sharti nima?


A)Avtotroflarning mavjudligini ta`minlash
B)moddalar va energiya aylanishini ta’minlash
C)modda va energiya almashinuvini ta`minlash
D)Detritlarning parchalanishini ta`minlash

43.Quyidagilardan to`g`ri fikrni ajrating.


A) Turli funksional guruhlarga mansub bo‘lgan turlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlar natijasida moddalarning davriy aylanishi amalga oshadi.
B) Redutsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy organic birikmalar hosil bo`ladi
C)Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga anorganik moddalardan sintezlagan organik birikma oziq bog‘lanishlar asosida redutsentlarga o‘tadi va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. D)Produtsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy biogen elementlar organik birikmalardan anorganik moddalar (CO2, NH3, H2S, H2O) hosil bo‘ladi.

44.Oziq zanjiri uchun mos keluvchi to`g`ri(a) va noto`g`ri javoblarni juftlang.


1.Bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi oziq zanjiri hisoblanadi. 2.«Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan.3. Oziq zanjiri bir bo‘g‘indan iborat. 4.Devpechak zanjirning birinchi bo‘g‘inini tashkil qilishi mumkin 5.o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar) ikkinchi bog`inni tashkil qiladi 6.Yirtqichlar va parazitlar birinchi bo`g`inni tashkil etadi.
A)a-1,2,5 b-3,4,6 B)a-3,4,6 b-1,2,5 C)a-1,3,5 b-2,4,6 D)a-2,4,6 b-1,3,5

45.”Detrit”tipidagi oziq zanjirni toping.


A)O`simlikchigirtkakaltakesak lochin
B)Sichqonilonlochin
C)O`simlikquyonLochin
D)To`kilgan bargchuvalchangTuproqda yashovchi hashorotlarHasharotxo`r hayvonlar

46.Quyidagi oziq zanjiridan detritofaglarni aniqlang.


To`kilgan barg(1)tuproq bakteriyalari,chuvalchang,zamburug`(2)Yirtqich hashorotlar(3)Hasharotxo`r hayvonlar(4)
A)1 B)2 C)3 D)4

47.”O`tloq “tipidagi oziq zanjir uchun xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating.


1.Yashil o`simliklardan boshlanadi 2.oziq zanjiri detritdan boshlanadi.3. O‘lik organik moddalardan boshlanadi.4.produtsent zanjir deyiladi 5.Bunday zanjirda nobud bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar yoki bakteriyalarning organik moddalari detritofaglar tomonidan o‘zlashtiriladi 6.Bu zanjir produtsentlardan boshlanib,turli tartib konsumentlarni o`z ichiga oladi 7.bir qism oziq moddalar mineral moddalarga aylanish va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish bosqichlarini chetlab o‘tgan holda moddalarning davriy aylanishiga qaytadi.8.bu oziq zanjirlari to‘rt-olti bo‘g‘inli bo‘ladi
A)1,4,6,8 B)2,3,5 C)2,3,5,7 D)4,5,6

48…… tipidagi oziq zanjirlar inson tomonidan organik chiqindilarni qayta ishlashda hamda baliq yoki qushlarni boqish uchun yomg‘ir chuvalchangi va pashshalarning lichinkalarini ko‘paytirishda foydalaniladi.


A)O`tloq B)Produtsent C)Detrit D)Konsument

49.Suv havzasi oziq zanjiri keltirilgan to`g`ri va to`liq javobni aniqlang.


A)O`simlikO`simlikxo`r hasharotyirtqich hasharothasharotxo`r qushyirtqich qush.
B)Fitoplankton(dafniya,siklop)zooplanktonbaliq chavoqlariyirtqich baliqredutsent
C)Fitoplankton(suvo`tlar)zooplankton(dafniya,siklop)baliq chavoqlari (qizilko`z baliq)yirtqich baliq(gambuziya)redutsent
D)Fitoplankton(suvo`tlar)zooplankton(dafniya,siklop)baliq chavoqlari (qizilko`z baliq) yirtqich baliq(cho`rtan,olabug`a)redutsent

50.Tabiiy jamoalar ……(1)jihatdan tubdan farq qilsa-da, (2) bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi


A)1- turlar tarkibi,2-trofik strukturasi
B)1-trofik strukturasi ,2- turlar tarkibi
C)1-organizmlar soni,2- turlar tarkibi
D)1- turlar tarkibi,2-organizm soni

51.Trofik darajalarga xos bo`lgan to`g`ri javoblarni ajrating.


1.Oziq zanjirida turlarning joylashgan o‘rniga qarab, biogeotsenoz (ekosistema)larning trofik darajalari farqlanadi. 2.Trofik darajalar soni oziq zanjiri bo‘g‘inlari soniga teng bo‘lmaydi. 3.Avtotrof organizmlar birinchi trofik darajani tashkil etadi. 4.Ikkinchi trofik daraja (birinchi tartib konsumentlar)ga go‘shtxo‘rlar kiradi 5.Har bir trofik darajaga bir necha tur kiradi. 6.Biogeotsenozning turg‘unligi trofik darajalar turlarining xilma-xilligiga bog‘liqdir.
A)1,2,3,5 B)2,4,6 C)1,3,5,6 D)2,3,4,6

52. Quyidagilardan “Oziq to`ri “uchun mos kelmaydigan javoblarni ajrating.


1. Agar biogeotsenozning biror a’zosi yo‘qolsa tizim buzilmaydi, chunki organizmlar boshqa oziq manbalaridan foydalanadi.2.Qirg`iy faqat bir xil bir xil oziq zanjiriga mansub hayvonlarni tutib yeydi 3.Trofik zanjirlar bir -biriga bog`liq emas va chalkashish hosil qilmaydi.4. Oziq to‘rida bir oziq zanjirining bo‘g‘inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‘ladi.5. Bir turning o‘zi turli xil oziq zanjirlarining bo‘g‘ini sifatida ularni o‘zaro bog‘lab turadi .6.Qirg`iy faqat uchinchi trofik darajani egallaydi.
A)1,3,5 B)2,3,6 C)2,4,6 D)1,4,5

53.O‘tloq(1), ko‘l(2), chiriyotgan to‘nka(3), dengiz(4), ninabargli o‘rmon(5), daryo(6) kabi ekosistemalarning qaysi birini biogeotsenoz deb atash mumkin?


A)1,2,4,5,6 B)3,4,5,6 C)2,3,5,6 D)1,2,6

54. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing:


ilon(1), nobud bo‘lgan qush(2), tuproq bakteriyalari(3), pashsha lichinkalari(4), baqa(5), mog‘or zamburug‘lari(5), mineral moddalar(6)
A)23,4

55. Funksional guruhlar va ularga mansub hayvonlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. Funksional guruhlar. 1. Produtsentlar. 2. Konsumentlar. 3. Redutsentlar.


Vakillari: a) oq qayin; b) bug‘u; d) yomg‘ir chuvalchangi; e) laqqa baliq; f) qo‘ziqorin; g) lishaynik, h) laminariya; i) chirituvchi bakteriyalar; j) dafniya.
A)1-a,g,h 2-b,d,e,j 3-i B)1-a,g,i 2-b,d,e,j 3-h
C) 1-b,e,h 2-a,d,j 3-i D) 1- b,d,e, 2-a,g,h 3-i

56. Oziq zanjiri bo‘g‘inlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring:


o‘rgimchak(1), ari(2), chittak(3), olma daraxti(4), qirg‘iy(5).
A)2,4,1,3,5 B)4,2,1,5,3 C)4,2,1,3,5 D)2,4,1,5,3

57.Biomassa tushunchasiga mos keluvchi to`g`ri javoblarni ajrating.


1.Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. 2.Muayyan ekosistemada jamlangan, barcha organik va anorganik moddalarning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. 3.O‘simliklar biomassasi fitomassa deyiladi 4. hayvonlar biomassasi gidrobiomassa deyiladi.5. Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, bilan ifodalanadi. 6. suv havzasi ekosistemalarida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, bilan ifodalanadi.
A)1,3,5 B)2,3,6 C)2,4,5 D)1,2,3,6
58.Quyidagilardan noto`g`ri fikrni aniqlang.
A)Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va qabul qilinadigan quyosh energiyasining hammasini biomassada to‘playdi.
B) Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin farqlanadi. C)Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik mahsuldorlik deyiladi. D)Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi.

59.Ekosistemada qaysi xususiyatga ko`ra birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi?


A) Ekosistemadagi turlar xilma- xilligi va individ zichligiga ko`ra.
B)Organik moddalar va biomassaning hosil bo`lish tezligiga ko`ra
C)Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydalanishiga ko‘ra
D)Hosil bo`ladiga mahsulot biomassasiga ko`ra

60.Birlamchi mahsuldorlik qaysi organizmlar ishtirokida va qaysi jarayonda hosil qilinadi?


A)Barcha yashil o`simliklar ishtirokida fotosintez jarayonida
B)Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar (produtsentlar)ishtirokida.
C)Xemosintezlovchi bakteriyalar ishtirokida ,Xemosintez jarayonida .
D)Konsumentlar va redutsentlar ta’sirida organik moddalarning qisman parchalanishi natijasida.

61. «1% qoidasi» ga mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang.


1.Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomonidan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi 2.quyosh energiyasining 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‘lanishiga sarflanadi.3.quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 99% ni tashkil etadi.4. quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 1% ni tashkil etadi 5.ikkilamchi mahsuldorlikka bog`liq bo`ladi 6. Birlamchi mahsuldorlikka bog`liq bo`ladi.
A)1,2,3,4 B)2,4,5 C)3,4,6 D)1,2,4,6

62. Tropik o‘rmonda(1), tundrada (2), okeanda (3), cho‘lda (4) 1 m2 maydonda yiliga mahsuldorlik necha gr quruq moddalarni tashkil etadi?


a-2200 g, b-3g,c-140g,d-125g
A)1-a,2-c,3-d,4-b B)1-b,2-a,3-c,4-d
C) 1-a,2-d,3-c,4-b D) 1-d,2-c,3-a,4-b

63.Trofik darajalarda oziqning o‘zlashtirilganlik darajasi nimaga bog`liq(1)va necha foizni(2)taskil qiladi?


A)1- oziq tarkibiga; b-17-25%
B)a- oziq tarkibiga va organizmning biologik xususiyatlariga b-17-25%
C) a- oziq tarkibiga va organizmning biologik xususiyatlariga b- 12–75%
D) a- organizmning biologik xususiyatlariga b-12–75%

64. «10% qoidasi» (a) «1% qoidasi» (b)ga mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang.


1.Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomonidan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi 2.quyosh energiyasining 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‘lanishiga sarflanadi.3 oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 99% i yo‘qoladi.4.quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi.5. quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 1% ni tashkil etadi 6. oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90% i yo‘qoladi 7. oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 10% i keyingi darajaga o‘tadi 8. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ta`riflab bergan.
A)a-1,2,3,5 b-6,4,7,8 B)a-1,2,5 b-6,7,8 C)a-6,7,8 b-1,2,5 D)a-4,6,7,8 b-1,2,3,5

65.”Ekologik piramida qoidasi”(a) va «10% qoidasi» (b)ni fanga kiritgan olimlarni aniqlang.


A)a- R. Lindeman,b-Zyuss B)a- Ch. Elton,b- R. Lindeman,
C)a- Ch. Elton,b-A.Tensli D)a-Zyuss ,b- A.Tensli

66.”Ekologik piramida”mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang.


1. Oziq to‘rida bir oziq zanjirining bo‘g‘inlari boshqa zanjirning tarkibiy qismi bo‘ladi.2. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ta`riflab bergan.3. 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan.4.Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‘ladi. 5. Ekologik piramida asosini birinchi trofik daraja –konsumentlar tashkil etadi,6. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi.
A)1,2,3,4,6 B)3,4,6 C)1,2,5,6 D)2,3,5

67.Ekologik piramida asosini tashkil qiluvchi organizmlarni aniqlang.


1.Nitella 2.chigirtka 3.temir bakteriyalari 4.Suv yong`og`i 5.Yelik 6.raffleziya7.kabarga 8.Kalina
A)1,6,8 B)2,3,5,6,7,8 C)1,4,8 D)1,3,4,8

68.Sonlar piramidasi(1), biomassa piramidasi(2), energiya piramidasi(3) ga mos keluvchi ta`riflarni juftlang.


a. har bir trofik darajada individlar sonini va biomassani aks ettiradi; b. har bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi c. har bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi d. trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi
A)1-a,2-b,3-d B)1-c,2-b,3-d C)1-a,2-b,3-c D)1-c,2-d,3-b

69.Sonlar piramidasiga xos bo`lgan (a) va xos bo`lmagan(b) javoblarni juftlang.


1. ekosistemadagi har bir trofik darajadagi individlar umumiy soni ko‘rsatiladi.2. Unga binoan oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi.
3. ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi organizmlar biomassalarining nisbatini ko‘rsatadi. 4. Quruqlik ekosistemalarida produtsentlarning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari biomassasidan ko‘p 5.O`rmon ekosistemalarning sonlar piramidasi teskari, ya’ni asosi ingichka, yuqori qismi keng bo‘ladi. 6. O‘z navbatida birinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasi ikkinchi tartib konsumentlarining umumiy biomassasidan ko‘p bo‘ladi.
A)a-1,2,6 b-3,4,5 B)a-3,4,6 b-1,2,5 C)a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-1,2,5 b-3,4,6

70.Biomassa piramidasida qaysi holatda teskari piramida hosil bo‘ladi?


A) Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan juda katta farq qilmasa
B) Agar quyi trofik darajalardagi organizmlar tana o‘lchamlari yuqori trofik darajadagi organizmlardan kichik bo‘lsa
C) Agar yuqori trofik darajalardagi organizmlar tana o‘lchamlari quyi trofik darajadagi organizmlardan kichik bo‘lsa
D) Agar organizmlar tanasining o‘lchamlari bir-biridan umuman farq qilmasa

71. Quruqlik ekosistemalarida ……ning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari biomassasidan ko‘p bo`ladi.


A) produtsentlar B)1-tartib konsumentlar C) 2-tartib konsumentlar D) 3-tartib konsumentlar 43.Qaysi

72.ekosistemalarda produtsentlar tana o‘lchami ancha kichik, hayot sikli qisqa, mahsuldorligi yuqori, lekin ularning umumiy biomassasi birinchi tartib konsumentlari biomassasidan har doim kam bo‘ladi?


A)O`tloq B)O`rmon C)Suv havzasi D)Tundra

73. Piramidaning qaysi xili ov mavsumida baliq yoki boshqa hayvonlarni salbiy oqibatlarsiz qancha miqdorda ovlash mumkinligini hisoblashga imkon beradi?


A)Sonlar piramidasi B)biomassa piramidasi
C)Energiya piramidasi D) Sonlar va biomassa piramidasi

74.”Energiya piramidasi”ga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang.


1. har bir trofik darajada oziq tarkibidagi energiya miqdorini aks ettiradi. 2. ov mavsumida baliq yoki boshqa hayvonlarni salbiy oqibatlarsiz qancha miqdorda ovlash mumkinligini hisoblashga imkon beradi 3.Ekologik piramidalar orasida energiya piramidalari ekosistemaning funksional holati haqida to‘liq ma’lumot beradi.4.organizmlar soni va biomassasi faqat ularda to‘plangan energiya miqdori bilan bog`liq 5. Energiya piramidasiga organizmlarning tana o‘lchamlari, ulardagi metabolizm jarayonlarining intensivligi ta’sir etadi 6. energiya piramidalari oziq zanjiri orqali energiyaning o‘tish dinamikasini aks ettiradi.
A)1,3,6 B)2,4,5 C)1,2,5 D)3,4,6

75.Ekologik piramida qoidasiga binoan, quyi trofik darajadan yuqori darajaga energiyaning 10% i o‘tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni nechtadan oshmaydi?


A)4 B)5 C)6 D)7

76. Ilonning biomassasi yoz davomida 0,2 kg ga ortgan bo‘lsa, «10% qoidasi»ga asoslanib umumiy biomassani(kg) hisoblang.: o‘tloq sebargasi  kapalak  baqa ilon  ilonburgut.


A)222,2 B)222,22 C)22 D)220,2

77.Tabiiy (1) va Sun`iy(2) ekosistemalarni ajrating.


a-Dengiz b-agroekosistema c-urbanoekosistema d-ko`l e-kosmik ekosistema f-o`rmon
A)1-b,c,e 2-a,d,f B)1- a,d,f 2- b,c,e C)1-a,c,d 2-b,e,f D)1-b,e,f 2-a,c,d

78. Produtsentning biomassasi – 700000 kg, qarchig‘ayning biomassasi – 7 kg. Qarchig‘ay qaysi tartib konsument bo‘la oladi?


A)2 B)3 C)4 D)5

79.O‘simlik – quyon – tulkidan iborat oziq zanjirida o‘simlik biomassasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10 kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi individlar sonini aniqlang.


A)10 B)20 C)100 D)1000

80. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg. 1-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang.


A)10000Kg B)100000kg C)11000 D)110000

81. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, dengiz ekosistemasida vazni 300 kg keladigan bitta tulen uchun oziq zanjirida qancha fitoplankton(1), mayda baliq(2), yirtqich baliq (3) kg kerak bo‘lishini aniqlang.


A)1-30000; 2-3000;3-300
B)1-300000 ;2-30000 ;3-3000
C)1-30000 ;2-300000 ;3-3000
D)1-3000;2-30000;3-300000

82.Oziq zanjiri fitoplankton – baliqlar – baliqchi qushdan iborat. Baliqchi qushning massasi 1 kg (quruq moddaning ulushi 40%)ga teng. Bir yil davomida 2000 kg fitoplankton quruq massasi hosil bo‘ladigan dengizda nechta baliqchi qush oziqlanishi mumkin?


A)20 B)200 C)50 D)40

83. Oziq zanjiri o‘simlik – juft tuyoqli hayvon – bo‘ridan iborat. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, bo‘ri oziqlanishi mumkin bo‘lgan biogeotsenozning maydonini (m2) aniqlang. O‘simliklar biomassasi 2000 g/m2 ga teng, organizmlar tanasi massasi ulushining 70% ini suv tashkil etadi (bo‘rining vazni 55 kg).


A)200M2B)850M2C)825M2 D)2750M2

84.Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi?


A)7000gr B)700gr C)450gr D)4500gr

85.Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak hasharotlarni tutib yedi. Shu hasharotlar oziqlanadigan o‘simliklarning massasini aniqlang.


A)7000gr B)700gr C)450gr D)4500gr

86.2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg. 2-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang.


A)10000Kg B)1000kg C)11000 D)110000



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin