11-sinf ona tili
30-dars
Mavzu:
|
Nutq madaniyati va nutq texnikasi
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Nutq texnikasi, nutqiy madaniyat, ovozning sifati, aniq talaffuz, aniq diksiya.
|
| |
Maqsadlar:
| | |
Ta`limiy:nutq madaniyati va nutq texnikasi mavzulari yuzasidan bilimlar berish.
Tarbiyaviy:muomala madaniyati odobini orgatish
Rivojlantiruvchi: nutq jarayonida nutq texnikasidan unumli foydalana olish ko`nikmalarini rivojlantirish.
| |
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:suhbat, tushuntirish.
Tur:bahs-munozara.
Shakl:savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik,S.Sheroziy “Guliston”,O`.Hoshimov asarlari, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Badiiy nutqifodaliligini yuzaga chiqarishda nutq texnikasidan foydalana oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari
Nutq texnikasi haqida ma’lumotga ega bo`ladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati:
Bu mehnat birla topsang parcha non,
Kishining minnatidin uldur oson.
(S.Olloyor)
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Klaster”
|
5daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish
Topshiriq, 109-, 110-mashqlar bajariladi
|
Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.111- mashq bajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Darslikdagi 112-mashq.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. Kinoyaning yuzaga kelishi haqida gapiring.
2. So‘zning o‘z va ko'chma ma’nolari haqida so‘zlang.
3. Iborani kinoyaviy qo‘llashga misollar keltiring.
III. Yangi mavzu bayoni
Topshiriq. Matnni o'qing. Ovozning sifati haqidagi mulohazalaringiznibayon qiling.
«Sanjariya» masjidida bir kishi rag‘bat bilan azon aytar erdi, bir ovozi bilanki, eshitganlar andin nafrat etardilar. Masjidning sohibi bir amir erdi,aydi: «Ey javonmard, bu masjidning qadimgi muazzinlari borki, har birining besh tillo vazifasi bordur. Senga o‘n tillo berurmen, tokim bo‘lak mahallaga ketarsen».
Bu so‘zg‘a ittifoq ayladilar va muazzin ketdi. Bir muddatdin so‘ngra amirning huzuriga qaytib keldi va aydi: «Ey amir, menga zulm-u sitam ayladingki, o‘n tillo bilan meni bumahalladin jo'natding. U1 mahallaki, men bordim, menga yigirma tillo berdilarki, bo`lak mahallaga ketsam qabul etayurmen».
Amir kuldi va aydi: «Aslo olmag‘aysen, zeroki ellik tillog'a ham rozi bo‘lurlar». (Sa 'diy Sheroziy, “Guliston”)
Talab darajasida shakllangan nutq texnikasi kishi umumiy nutqiymadaniyatining eng muhim qismi hisoblanadi. Nutq texnikasi deganda jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko'nikma va malakalarining jami tushuniladi.Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish — aniq diksiya,nutq oqimining mazmun ifodasiga uyg‘un tarzda tez yoki sekinligikabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq texnikasini yetarlidarajada egallashda umumiy tarzda boisa-da, fonetik bilimlardanboxabarlik zarur.
Fonatsiya jarayonida, ya’ni nutqni hosil qilish paytida nafas olishva nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo'yilishi kerakki, nafasolish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, birme’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalikdavomli, uzun bo`lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq aynishu nafas chiqarish jarayonida hosil bo'ladi.Albatta, ovozning sifati ham nutq texnikasidagi muhim jihatlardan biridir. Masalan, xirqiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlarning yoqimli bo‘lolmasligi, ya’ni tinglovchi qulog‘ini qiynashi tayin.
Bunday yoqimsiz ovozdan «libos kiygan» fikming kattagina qisminutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo`lmish quloqdano'tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan maq
sad — muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal va ta’sirli tarzdayetkazish uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi.Bu oddiy haqiqatni aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Ayniqsa, asosiy quroli nutq bo`lgan har qanday odam uchun sifatli ovoz ahamiyatga molikdir.
|
109-mashq. Parchani o‘qing. Qahramonning ayrim tovushlar talaffuzidagi nuqsonlariga e’tibor bering, tovushni aniq talaffuzqilish zaruriyati haqida fikrlashing.
110-mashq. Matnni o'qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida mulohazalaringizni o‘rtoqlashing.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo'lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq aytolmagan. Keyinroq Demosfen nutq texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, «ã» tovushini aytolmaslik, ba'zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlarturli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib
tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda, bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo'yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning yuksak cho‘qqisini zabt etgan. (S. Inomxojayev)
Dostları ilə paylaş: |