III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi 1-topshiriq sharti asosida bajariladi.
Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiyholatni tinglovchi (o‘quvchi)ga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sirqilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo'lishiuchun, albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buninguchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo‘lishi kerak.
Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar birqancha bo‘lib, ularning asosiylari qatoridaquyidagilarni ko‘rsatishmumkin: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik,jo‘yalilik.
Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liqholatda nutq madaniyatining ikki bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqdato‘g‘rilik sifatining mavjudligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham mujassamlashtirishesa nutq madaniyatining ikkinchi — oliy bosqichi sanaladi.
13-mashq E.Vohidiovning “So`z latofati” kitobidan olingan matn o`qiladi, undagi maqolda nutq aniqligi va mantiqiyligiga yetkazilgan zarar haqida mulohazalar bildiriladi.
Xalqda «Mehmon otangdan aziz», «Ustoz otangdan ulug‘» degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo'lmaydi debaytgan, chog‘i, keyingi vaqtda «Mehmon otangdek aziz», «Ustoz otangdekulug‘» deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi - haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi.
Maqolni tahrir qiluvchi oshnolarga maslahatim bor: Agar «-dan» o‘rniga «-dek» qo‘shishni juda xohlasangiz, xalqning boshqa bir iborasi borki,uni shunday tahrir qilsa, savobli ish bo‘ladi. «To‘ylar qiling, qamishdanbel bogiab xizmat qilay», — deydilar. Aslida, qamishdan bel bog‘lash emas, qamishdek bel bog`lab xizmat qilish to‘g‘riroq bo`ladi.
14-mashqda xonim, begim so`zlarini asos va qo`shimchalarga ajratiladi. –imqanday qo`shimcha? Javobingizni 14-mashqdagi matnga solishtiring.
Dostları ilə paylaş: |