2002-yili Toshkent foto uyi tashkil etildi. 2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. 2003-yil Chevrolet Lasetti avtomashinasi ishlab chiqarilgan. 2003-yil Moskvada ShHTning gerbi, bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil noyabrdaO‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tashkil topgan. 2003-yilda Ravshan Ermatov FIFA hakami maqomini olgan. 2004-yil Matiz Best avtomashinasi ishlab chiqarilgan. 2004-yilda“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. 2004-yilda “O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi” tashkil etildi. 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. 2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 2004-yiliesa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning shayx Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi. 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi tashkil etildi.
2005-yil “Sihat-salomatlik yili”
2005-yilda Xitoy bilan O’zbekiston o’rtasida Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. 2005-yildanbugungi kungacha Kadrlar tayyorlash milliy dasturini III-bosqichi amalga oshirlmoqda. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.