1992-yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 1992-yilda yurtimizda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, hozirga kelib esa mamlakatda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 1992-yilda“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992-yildanboshlab Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib bormoqda. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlandi 1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. 1992-yilningkuz oylarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 2-marta matbuotda e’lon qilindi. 1993-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi. 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi. 1993-yil 29-oktabrdaYuNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YuNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. 1993-yilda “O‘zbekiston avtomobil transporti” (“O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etilgan. 1993-yil maydaHindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. 1993-yil oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ish boshladi. 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuv o’tkazildi.