1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilindi. 1992-yil apreloyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining “Boqiy ovozlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. 1992-yil avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. 1992-yil avgustdaToshkentda Janubiy Koreya bilan“O‘zDAEWOO avto” qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1992-yil bahorida konstitutsiya loyhasining 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqiladi. 1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan. 1992-yil fevraldaAQSh davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1992-yil fevraldagi Prezidentning farmoni bilan sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil iyunoyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.