57
Tarbiya, 11-sinf
14–15-MAVZU: DUNYO DINLARIDA
TINCHLIK G‘OYASI
1. “Bir kun janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi” degan maqolning
ma’nosini tushuntirib bering.
2. Urush va buzg‘unchilik qanday oqibatlarga olib
kelishi haqida uchta misol
keltiring.
3. Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda millatlar va dinlararo totuvlikning
ahamiyati qanday? Fikringizni misollar bilan asoslang.
Ushbu matnni o‘qing, undagi “mafkuraviy immunitet” atamasini izohlang.
“Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini
olish uchun, avvalo, kishi
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz
yuragida
ona Vatanga, boy tarixga, ota-bobolarning muqaddas diniga sog‘lom
munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immu
-
nitetini kuchaytirishimiz zarur”.
Islom Karimov
Har qanday din o‘z izdoshlarini tinchlik va insonparvarlikka chaqiradi. Hech
qaysi din nohaq qon to‘kish, urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni
targ‘ib qilmaydi. Ajdodlarimiz yaxshi va ezgu ishlar uchun hamkorlik qilish
insoniy fazilat ekanini ko‘p ta’kidlaganlar.
Ey farzand! Hindiston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo
taolo haqqi,
senga buyurildiki, har bir maz habga pok qalb bilan qaragin, har bir
mazhab va tariqatga adolatli bo‘lgin. Xususan, sigirni qurbon
qilishdan saqlan-
ginki, bu Hinduston xalqining qalb ardog‘i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi
nazar bilan bog‘lanadi. Podshoh farmoniga bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin.
Adolatni ixtiyor qilgin.
Shunda shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi.
Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan yaxshiroqdir. Zulm tig‘i bilan emas.
Zahiriddin Muhammad Boburning Humoyunga yozgan vasiyatnomasidan
?
Dostları ilə paylaş: