58
Berilgan rasmlar va quyidagi matn asosida mamlakatimizdagi din va davlat
munosabatlariga ta’rif bering.
1. Urushni har qanday usulda targ‘ib etish qonun orqali taqiqlanishi kerak.
2.
Kamsitish, adovat yoki zo‘ravonlikka undovchi milliy,
diniy yoki irqiy
nafrat ruhidagi har qanday harakat qonun yo‘li bilan taqiqlangan bo‘lishi lozim.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, 20-modda
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 156-moddasida milliy, irqiy,
etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish
maqsadida
tayyorlash, saqlash yoki tarqatish uchun javobgarlik belgilangan.
?
Ijodiy faoliyat
Mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlashning
asosiy ustuvorliklari
quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majbu-
ran singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z
huquqlarini amalga oshirishi uchun
teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash;
vijdon erkinligini ta’minlashda dunyoviy davlat
qurilishini saqlab qolish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka fuqarolar
hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqi-
ga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda
qarashlarning
singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
?
Ma’lumot uchun
II bob. Inson ma’naviyati