Tarbiya, 11-sinf
Sinfdosh qizlar imtihonlarga birga tayyorlanish uchun Dilfuzaning
uyiga bordik. Darvoza oldidagi o‘rindiqda o‘tirgan Isomjon boboning: “Sen
G‘iyos boboning nabirasimisan? Buvingning o‘zi bo‘libsan”, “Sen, qizim, Sa’dulla-
ning nabiralariga o‘xshayapsan, ovozing xuddi onangning ovozidek ekan”,
“Kel, kel, Foziljonning qizi, sen xuddi otangning qizi bo‘libsan!” deyishlaridan
Dilfuza: “Qoyil, bobojon, hamma dugonalarimni bobo-buvisi, ota-onalariga
o‘xshatib, aniq tanidingiz. Uyda o‘tirsangiz ham, hammani taniysiz!” dedi.
“Mahalladoshlik shu-da, bolam, odamlar bir-biriga qon-qarindosh bo‘lib keti-
shadi. 80 yoshga kirdim. Dugonalaringning ota-buvasi bilan birga katta bo‘ldik,
to‘yimiz, azamiz, yaxshi-yomon kunlarimiz birga o‘tdi. Inson insonga kerak,
bolam”, dedi bobo o‘git ohangida.
Dostları ilə paylaş: