Mehnat tushunchasi, uning turlari va umumiy xususiyatlari
Ish vositasi (qurollari)
Tayanch sо‘z va iboralar- faoliyat jarayoni, faoliyat elementlari, inson – muhit, faoliyat predmeti, motivlari, ichki - aqliy, psixik faoliyat, aqliy harakatlar, tashqi faoliyat, ichki faoliyat, perseptiv, mnemik faoliyat, -imajitiv , eksteriorizatsiya, mehnat kooperatsiyasi, reproduktiv va ijodiy mehnat, dinamik antropometrik belgilar, emotsional zо‘riqish.
Faoliyat va uning turlari
Faoliyat va uning turlari
Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bо‘lgan eng tо‘g‘ri ta’rif, bu “Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi yoki faoliyat kо‘rsatuvchi mavjudot.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan tо‘g‘ri va qaytma (teskari) aloqada bо‘ladigan inson va muhit elementlaridir.
Faoliyat
Inson
Muhit
Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni tashqi ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir kо‘rsatishi umumiy qonuniyatlariga asoslangan. «Inson-muhit» tizimi ikki maqsadligidadir: -birinchi maqsad - ma’lum bir natijaga, samaraga erishishdan iborat; -ikkinchi maqsad - yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan kо‘ngilsiz oqibatlarni (inson tomonidan muhitga nisbatan va muhit tomonidan insonga nisbatan) bartaraf qilishdan iboratdir. Inson tomonidan biror bir faoliyat turi olib borilganda birinchi maqsaddan tashqari ikkinchi maqsad ham har doim kо‘zda tutilgan bо‘lishi kerak. Aks holda kо‘ngilsiz oqibatlar yuzaga keladi.