52
1. Quyidagi hikoyani o‘qing. Aziz ukalarini qanday chalg‘itishi mumkin?
2. Azizning harakatiga baho bering. Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
3. Javobingizni quyida berilgan “Ma’naviyat xazinasi” va “Mulohaza uchun”
ruknidagi fikrlar bilan bog‘lang.
Endi mening navbatim
Azizning ota-onasi kechki tadbirga taklif etilganlari uchun
unga ukasi va singlisiga qarab turishni, o‘z vaqtida ovqatlanish-
ni, kompyuter bilan band bo‘lib, ukalariga e’tiborsiz bo‘lmaslikni
qattiq tayinlab ketishdi.
Azizning singlisi hali 4 yoshga ham kirmagan. Ukasi esa 6 yosh.
Bolalar televizorda berilayotgan
multfilmlarni tomosha qilib, “ertak-ertak”
o‘ynashmoqchi bo‘lishdi. Azizning singlisi akasiga: “Men Oppog‘oy bo‘laman,
ko‘zimni yumib turaman, siz labimdan o‘pib tiriltirasiz”, desa, aka-
si: “Yo‘q, men Maxluqman, sen Sohibjamol bo‘lasan, labimdan o‘pib
tiriltirasan”, deb bir-biri bilan janjallashib qoldilar...
Ularning bu janjalini kuzatib turgan Aziz tezda
borib televizor-
ni o‘chirdi. Ularga: “Hech qanaqa multfilm ham, ertak-ertak ham
yo‘q”, deb jahl qildi-yu, ammo ukalarini nima bilan band qilishni
bilmay qoldi...
Hayosizlik barcha dinlar tomonidan qoralanadi. Bu
illat umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ham ziddir.
Ukalaringiz tomosha qilayotgan multfilm va kino
-
larda qanday voqealar aks etayotganiga e’tiborli
bo‘ling. Chunki bunday axborotlar orqali odob-axloq
qoidalariga zid bo‘lgan odatlar ularning hayot tarziga
aylanib qolishi mumkin.
Hayo va iymon
ikkisi bir-biriga yaqin-
lashtirilgan. Qachon ulardan biri yo‘qolsa,
boshqasi ham yo‘qoladi.
Hadisdan
“Axborot urushi” ibora-
sini ilk bor fizik olim
Tomas Ron qo‘llagan. U
1976-yilda
ushbu masala-
ga barcha mas’ul kishilar
e’tiborini qaratdi.
Kibernetika (yunoncha,
boshqarish san’ati) – ax-
borotni qabul qilish, uni
qayta
ishlash hamda undan
turli jarayonlarni boshqa-
rishda foydalanish bilan
shug‘ullanadigan fan.
?
Dostları ilə paylaş: