48
1. Bir o‘ylab ko‘ring, ota qanday vaziyatlarda “Yo‘qol ko‘zimdan, sendaqa
qizim yo‘q! Bergan tuzimga rozi emasman!” deb baqirishi mumkin?
Matluba chet eldan qaytib, ota-onasini ko‘rgani keldi. Suhbat chog‘ida
qizining boshqa dinni qabul qilganini eshitgan ota:
– Es-hushingni yig‘, qizim, bu ishingning oqibati yomon bo‘ladi, imondan
qaytgan odamning hayvondan nima farqi bor? – dedi. Otaning ovozida kuyun-
chaklik va yalinish bor edi. Matluba xuddi shu ohangda:
– Ilojim yo‘q, kuyovingizga so‘z berganman, ota, – dedi:
So‘ngra yerga qaradi-da, yana davom etdi:
– Agar bu yo‘ldan qaytsam, u meni ham, bolalarimni ham uydan haydaydi.
– Turqi qursin o‘sha kuyovning, ajrash, qizim, tirik ekanmiz, sizlarni yolg‘izla-
tib qo‘ymaymiz... – ota qiziga yalindi. Matluba bu gapdan esankirab qoldi. Bir
onasiga, bir otasiga qarab oldi. Otasining ko‘ziga tik qaradi-da:
– Otajon, ko‘ra bila turib, bolalarimni tirik yetim qilaymi? Siz bolalarimga ota-
lik qila olasizmi?
Matlubaning bunday ohangda gapirishidan otasi yalt etib ayoliga qaradi. Bu
qarashdan “Sen nega jim o‘tiribsan?” degan ma’noni anglash qiyin emasdi. U
ham erining avzoyini ko‘rib, biror nojo‘ya gap aytib yubormasin deb hovliqqan-
cha suhbatga aralashdi:
– Axir, ering iymonsiz bir odam bo‘lsa, unda otalik mehri nima qilsin? Bola-
laringni endi o‘ylab qoldingmi? Ularni tashlab, yarim yil allaqayoqlarda yo‘q
bo‘lib ketdilaring. Yarim yil yo‘llaringga termilib yig‘lab chiqishdi bechoralar.
Yana mehr haqida gapirasan-a? – deb o‘pkaladi-da, eriga “bo‘ladimi?” degandek
qaradi. Otaning ko‘zlari xuddi qizining qalbidagini o‘qishga tikilgandek edi. Mat-
luba o‘tirgan joyidan o‘zini o‘nglab oldi-da, boshini baland ko‘tarib, muhim bir
narsani e’lon qilgandek, dadillik bilan dedi:
– Meni bu yo‘ldan qaytarmang, oyi.
– Axir...
– Undan ko‘ra, sizlar ham bizga qo‘shiling, kam bo‘lmaysiz...
Qizidan bunday taklifni eshitgan ota xontaxtaga shunday musht tushirdiki,
xotini keyingisi qiziga tushib qolmasin deb uni ushlab qoldi.
– Qizim, nimalar deyapsan, uyalmaysanmi shunaqa deyishga? – erining qo‘li-
ni qattiqroq tutdi ona. Qizidan bunday gapni kutmagan otaning nafasi tiqildi.
Tomog‘ida nimadir turib qolganday bo‘ldi. Go‘yo kimdir uni bo‘g‘yapti-yu, ovozi
chiqmaydi. Ota chuqur nafas oldi-da, xontaxtaga egilib turgan boshini ko‘tardi,
bor kuchini to‘plab:
– Yo‘qol ko‘zimdan, sendaqa qizim yo‘q! Bergan tuzimga rozi emasman! – deb
baqirdi...
?
Dostları ilə paylaş: