45
Tarbiya, 11-sinf
1. Farzandining kasal bo‘lishi ayolning bu yo‘ldan qaytishiga sabab bo‘ldi.
Nima deb o‘ylaysiz, farzandi betob bo‘lmaganida, bu yo‘lning oxiri nima bilan
tugar edi? Ayoldagi qaysi fazilatlar ko‘zidagi pardaning ochilishiga sabab bo‘ldi?
2. Inson o‘z maqsadini amalga oshirish yo‘lida yaqinlarining, atrofidagilar-
ning hayotini xavf ostiga qo‘yishini qanday baholaysiz? Fikringizni asoslang.
Xavf ostiga qo‘yish qanday oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin? Fikringizni uch-
ta yo‘nalishda tushuntiring: 1) oila a’zolariga; 2)
yoshlar kelajagiga; 3) jamiyat
va davlatga nisbatan.
... Kech kuz edi. Bir kuni ishdan qaytsam, odatda meni ostonada xursand-
chilik bilan kutib oladigan ayolim va ikki nafar farzandim qandaydir ko‘rsatuvni
diqqat bilan ko‘rib o‘tirishar edi. Shu kuni farzandlarim
mening oldimga yugurib
chiqishmadi, dasturxon atrofida doimgidek, birga o‘tirib ovqatlanmadik, uyquga
yotishdan oldin ham bir-birimizga yaxshi tilaklar bildirmadik. Oila a’zolarim-
ni qiziqtirib qo‘ygan Vissiarion otaning bir nechta videoma’ruzasini ko‘rgach,
ayolim issiq ovqat tayyorlamay qo‘ydi. Farzandlarimni xom suli va undirilgan
bug‘doy bilan boqa boshladi. Bolalarga go‘sht, sut va dorilarni berishdan voz
kechdi. Bolalarim ko‘z oldimda quvvatsizlanib, ular tez-tez kasal bo‘la boshlash-
di, lekin ayolim davolash va dori berishni
mutlaqo rad etar, hatto u bolalarim-
ni uzoq qishloqqa yubormoqchiligini, ularni abadiy hayotga tayyorlash haqida
gapira boshladi...
Kunlarning birida kichik o‘g‘limning isitmasi ko‘tarilib, alahsiray boshladi.
Men “Tez yordam”ni chaqirdim. Ayolim esa o‘g‘limni qattiq quchoqlab, uni tash-
lab ketmasligini yolvora boshladi. O‘g‘limni kasalxonaga olib ketishdi. Shundan
so‘ng ayolimning ko‘zidagi parda ko‘tarilgandek bo‘ldi. U yig‘lab, o‘zini Masih
deb atagan kimsaning jaholat to‘riga, da’vatlari ta’siriga
tushib qolganini aytib
berdi. Bu gapdan men qo‘rquv va dahshatga tushdim. Ayolimni qattiq ruhiy
ta’sir ostiga tushib qolganini angladim va chora ko‘rish yo‘llarini izladim.
Maktubimni o‘qiganlarning barchasiga murojaat qilib shuni aytmoqchi-
manki, gazetalar, radio va telekanallar, internet sahifalarida berilayotgan ma’lu-
motlarni doimo tahlil qiling.
Yodingizda bo‘lsin, moddiy manfaat uchun, tor
doiradagi odamlar manfaati
uchun o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
R.N., Krasnodar o‘lkasi
?
Dostları ilə paylaş: