62
1. Dunyo dinlarida tinchlik g‘oyasiga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan
5 ta ma’limot keltiring.
2. “Din terror emas, terror din emas” degan fikrni izohlang.
3. Berilgan matnni o‘qing. “Firqalarga bo‘linmaslik” bugungi kunda qanday
ahamiyatga ega? Fikringizni asoslang.
Dinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga bo‘linmangiz!
Qur’oni karim, Sho‘ro surasi, 13-oyatdan
Muqaddas Qur’oni karimda musulmonlarga qarata firqalarga bo‘linmang,
degan mazmundagi ko‘rsatmalar bor. Bu turli oqimlarga bo‘linib, odamlarni to‘g‘ri
yo‘ldan adashtirishga dinimiz mutlaqo qarshi ekaniga yaqqol dalil emasmi?
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Milodiy 628-yili musulmonlar va mushriklar o‘rtasida “Hudaybiya sulhi”
deb nomlangan bitim imzolandi. Sulhga ko‘ra, uzoq muddatga qabilalarning
daxlsizligi, tinch-totuvligi ta’minlandi. Savdo aloqalari mustahkamlandi. Har ikki
tomondan asirga olinganlar ozod qilindi. Bu sulh tarixda tinchlik bitimi sifatida
qoldi. Abu Bakr Siddiq: “Islom tarixida Hudaybiya sulhidan ko‘ra kattaroq g‘ala-
ba bo‘lgan emas”, deb ta’kidlagan.
Toshkent shahrida 2018-yil 11–12-iyun kunlari “Ter-
rorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizm-
ning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlar-
ning roli” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
?
Dostları ilə paylaş: