Tarbiya, 11-sinf
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o‘z diniy e’tiqod-
larini sabab qilib bo‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy e’tiqodlarini sabab qilib,
bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga
faqat qonunda nazarda
tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasidan
1970-yilda 2200 ta xorijiy missiyada 240 000 professional missioner
faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000-yilda 4800 ta xorijiy missiyada 420 000 mis-
sioner targ‘ibot o‘tkazib kelgan. 1970-yilda xorijiy missiyalarning
faoliyatiga
3 milliard AQSH dollari sarflangan bo‘lsa, 2000-yilda ushbu ko‘rsatkich 12 mil
-
liardga yetgan. Yetakchi missionerlik markazlari qatorida “Missiyalar va bu-
tunjahon xristianlik maktabi” (Birmingem), “Henri Martin markazi” (Kembrij,
Buyuk Britaniya), Grigorian va Urbanian universitetlari (Vatikan), “Xorijiy mis-
siyalarni o‘rganish markazi” (Nyu-Xeyven, AQSH) kabilarni qayd etish mumkin.
“Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni o‘rganmog‘i” deganda nimani tushundingiz?
“O‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i” deganda-chi?
Fikringizni “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat” tamoyili bilan bog‘lab tushuntiring.
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
43
?
Ma’lumot uchun
Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat
qilishni o‘rganmog‘i lozim.
Sitseron