Men zulmatdan nur izlabman
O‘z boshimdan o‘tgan voqealarni ibrat uchun sizlarga aytib bermoqchiman.
Bir kuni qo‘l telefonimga “Hijrat qilishingiz kerak” degan xabar keldi.
“Hijrat” nima ekanini tushunmaganim uchun bu haqida ma’lumot izladim. Ij-
timoiy tarmoqlardan birida menga bu haqda tushuntiruvchilar topildi. Ular-
ning uzoq tushuntirishlari asosida Suriyadagi harakatlarda ishtirok etish uchun
tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Chegarani noqonuniy kesib o‘tib, chetga ham
chiqib ketdim. Safimizni kengaytirish uchun o‘zimga o‘xshaganlarning qo‘l tele
-
fonlariga turli da’vatlar yubordim.
Mening ishlarimni kim moliyalashtirayotganini bilmasdim. Telefonim
24 soat o‘chmasdan ishlardi. Kompyuterni yaxshi bilganim uchun asosan turli
ma’lumotlarni men qabul qilardim. Ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirar edim.
Bu ma’lumotlarning barchasi din niqobi ostida edi.
Menga topshirilgan vazifa – odamlar o‘rtasida dav-
latga qarshi uydirmalarni tarqatish, insonlarning ojiz
tomonlarini aniqlash va ularni safimizga qo‘shib olish
edi. Ukraina, Qirg‘iziston, Suriyadagi voqealarni ko‘rib
ham ko‘zim ochilmadi.
Mana bugun qora kursida o‘tirib, qilgan ishlarimni
sarhisob qilmoqdaman. Uysiz qolgan oilalar, nogiron
bo‘lib qolgan, ota-onasining jonsiz tanasini nima qi-
lishini bilmay o‘tirgan bolalar ko‘z oldimdan birma-bir
o‘ta boshladi...
Advokatlarim menga xalqimizdan, prezidentdan uzr so‘rang, aybingizga
iqror bo‘ling, sizni kechirishadi, afv etishadi, hech bo‘lmasa, jazoni yengiliga
almashtirishadi, deb tushuntirishdi.
Meni prezident afv etar, balki bag‘rikeng xalqim ham kechirar, ammo
vijdonim-chi?..
Siz men qilgan bu xatolarni takrorlamang. Men zulmatdan nur izlabman.
Tinchlik va ozodlikning qadriga yeting.
“Gumroh”
1. Har ikkala hikoyaning umumiy tomonlari nimada?
2. “Ammo vijdonim-chi?” degan so‘roqni qanday tushundingiz?
?
Dostları ilə paylaş: