50
12–13-MAVZU: KIBERMAKONDA AXBOROT
ISTE’MOLI MADANIYATI
1. Quyidagi tasvirlarga diqqat bilan qarang va ularga munosabat bildiring.
2. Fikringizni “mafkuraviy immunitet”, “milliy va umuminsoniy qadriyat”,
“odob va axloq”, “hayo va andisha”, “ommaviy madaniyat” kabi atamalar asosida
sharhlang.
3. Ikkinchi qatordagi tasvirlar insonning ruhiyatiga, ayniqsa,
yosh bolalar
ruhiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
Radio, televideniye, telefon, internet kabi
axborot tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lu-
motlar turli ko‘rinishga ega. Ular orasida matn,
surat, video, turli belgilar tizimi
va boshqa-
lar mavjud. Kinematografiya bugungi kunda
ma’lumot uzatishning eng intensiv usuliga
aylandi. Kino nafaqat ma’lumot uzatish,
balki
tarbiyalash, mafkura, dunyoqarash va e’tiqodni
shakllantirish vazifasini ham bajarmoqda.
Axborot – inson o‘z
sezgi organlari orqali
qabul qiladigan
barcha
signallar
majmuasi.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Mulohaza uchun
II bob. Inson ma’naviyati
51
Tarbiya, 11-sinf
Turli missioner tashkilotlar kinematografiya orqa
-
li har xil ko‘rinishda o‘z g‘oyalarini ilgari surishlari –
ochiq-oydin ishora qilish, yashirin, psixologik ta’sir
o‘tkazish va boshqa yo‘llar
bilan amalga oshirishlari
mumkin.
Har bir oilada sevib tomosha qilinadigan tur-
li g‘arb va boshqa davlatlarning seriallarida oilaning
do‘sti ruhoniy barcha muammolarni hal etadigan, oila
a’zolarining sir-asroridan xabardor shaxs sifatida targ‘ib etiladi.
Yoki hind kino-
larida biror-bir dinning sig‘inish marosimi (fil, maymun, sigir yoki boshqalar
vositasida) ko‘rsatiladi va ular xaloskor sifatida talqin etiladi.
Buning natijasi ...ga olib kelishi mumkin.
Nuqtalar o‘rnida o‘z munosabatingizni bildiring.
1. Ertalab uyqudan uyg‘ongan vaqtingizdan kechqurun uyquga ketadigan
vaqtingizgacha atrofingizdagi narsalarga e’tibor qilganmisiz? Ular o‘zlari haqida
ma’lumot beradi deb ayta olasizmi?
2. Ma’lumotlarni kerakli yoki keraksizga ajrata olasizmi?
3. Qanday ma’lumotlar siz uchun kerakli bo‘lishi mumkin?
4. Ayrim hollarda jahon axborot tarmog‘idan siz so‘ramagan yoki
umumin-
soniy odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan ma’lumotlar kelib qolishi mumkin.
Bunday nomaqbul xabarlarni joylashtirishdan kimlar manfaatdor? Nima uchun?
?
Dostları ilə paylaş: