61
Tarbiya, 11-sinf
Buddaviylik
qadimiy jahon dinlaridan sanaladi. Bu din qo-
tillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast
qiluvchi narsalardan
saqlanishni targ‘ib qiladi. Buddaviylikda nainki insonlar, hatto bi-
ror bir tirik jonzotni o‘ldirish ham qattiq gunoh sanalgan.
Qadimgi budda rohiblari og‘izlariga chivin kirib nobud
bo‘lmasligi uchun maxsus to‘r tutib yurgan.
Haqiqiy buddaviy
o‘z hayoti davomida amal qilishi lozim bo‘lgan beshta shartning
birinchisi hech bir tirik jonga zarar yetkazmaslikdir. Shu bois buddaviylar o‘zla-
rini dunyodagi eng insonparvar din vakillari deb ataydilar.
Yomonlik qilma, gunohdan saqlan. Hamisha yaxshilik qil. Boshqalarni
sevsang, o‘zing ham, boshqalar ham baxtli bo‘lishadi.
Budda
1995-yilning mart oyida buddaviylikdan ajralib chiqqan sekta – “Aum Sin-
rikyo” tomonidan Tokio (Yaponiya) metrosida sodir etilgan terroristik harakat
oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumib, 5 mingdan ziyod odam turli darajada
zaharlangan.
“Aum Sinrikyo”ning bu qilmishi buddaviylik ta’limotiga qanchalik to‘g‘ri ke-
ladi? Sektaning faoliyatiga baho bering. Fikringizni “Ma’naviyat xazinasi” rukni-
da berilgan Buddaning fikri bilan asoslang.
?
Mulohaza uchun
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
Xristianlik
dunyoda eng keng tarqalgan jahon dini hisoblanadi. Mazkur
dinni niqob
qilib buzg‘unchilik, xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani,
“Salib yurishlari”, “Inkvizitsiya” nomlari ostida ko‘plab shaharlar vayron
qilingani, minglab odamlarning
halok bo‘lgani ma’lum. Holbuki,
xristianlikda hech
kimga yomon-
lik qilmaslik haqida ta’lim beriladi,
tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va
ezgulikka chaqiriladi.
62
1. Dunyo dinlarida tinchlik g‘oyasiga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan
5 ta ma’limot keltiring.
2. “Din terror emas, terror din emas” degan fikrni izohlang.
3. Berilgan matnni o‘qing. “Firqalarga bo‘linmaslik” bugungi kunda qanday
ahamiyatga ega? Fikringizni asoslang.
Dinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga bo‘linmangiz!
Qur’oni karim, Sho‘ro surasi, 13-oyatdan
Muqaddas Qur’oni karimda musulmonlarga qarata firqalarga bo‘linmang,
degan mazmundagi ko‘rsatmalar bor. Bu turli oqimlarga bo‘linib, odamlarni to‘g‘ri
yo‘ldan adashtirishga dinimiz mutlaqo qarshi ekaniga yaqqol dalil emasmi?
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Milodiy 628-yili musulmonlar va mushriklar o‘rtasida “Hudaybiya sulhi”
deb nomlangan bitim imzolandi. Sulhga ko‘ra, uzoq muddatga qabilalarning
daxlsizligi, tinch-totuvligi ta’minlandi. Savdo aloqalari mustahkamlandi. Har ikki
tomondan asirga olinganlar ozod qilindi. Bu sulh tarixda tinchlik bitimi sifatida
qoldi. Abu Bakr Siddiq: “Islom tarixida Hudaybiya sulhidan ko‘ra kattaroq g‘ala-
ba bo‘lgan emas”, deb ta’kidlagan.
Toshkent shahrida 2018-yil 11–12-iyun kunlari “Ter-
rorizmga olib keluvchi tajovuzkor
ekstremizm va radikalizm-
ning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlar-
ning roli” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
?
Dostları ilə paylaş: