64
1. Tinchlikka raxna soluvchi qanday tahdidlarni bilasiz? Tinchlikka raxna
solish kimlarga va nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?
2. Tarbiyani tinchlik, xotirjamlik, totuvlik va birdamliksiz amalga oshirish
mumkinmi?
3. “Tinchlik va xavfsizlik – jamiyat farovonligining garovi” mavzusida
taqdimot tayyorlang.
1. Tinchlikning qadriga yetuvchi va bu ne’matni qadrlamaydiganlar bir-biri-
dan nimasi bilan farqlanadi?
2. Muqaddas kitoblarda tinchlikka chaqiruvchi yana qanday g‘oyalarni
bilasiz? Barcha dinlarda tinchlik g‘oyasi bosh g‘oya sifatida e’tirof etiladi. Sizning-
cha buning asosi nimada?
3. Inson tinchlik yo‘lidan borishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni sanang.
4. Matnni o‘qing, din va diniy e’tiqod butunlay rad etilsa, jamiyat uchun
uning oqibati qanday bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qiling.
Dunyoviylik bu – dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay
rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz kechagi
tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki,
u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qis-
miga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og‘zaki, moddiy yoki ma’naviy
meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy dunyoqarash yoki tur-
mush tarzi bo‘ladimi – bularning barchasini rad etadi.
Islom Karimov, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan
?
Dostları ilə paylaş: