56
1. O‘zbek filmi sahnalaridan birida bir-biri bilan urishish maqsadida to‘plan
-
gan yoshlar: “Mard bo‘l, erkak bo‘l, do‘stga do‘st bo‘l...” degan qo‘shiq kuylashadi.
Mazkur jumladagi do‘st bo‘lish, erkak bo‘lish tushunchalarini “G‘azabi kelganida
o‘zini tutib tura oladigan odam eng kuchli odamdir” degan hikmat bilan bog‘lang.
2. Inson ongi uchun kurashda axborotning o‘rni qanday?
3. Nima deb o‘ylaysiz, inson axborot iste’moli madaniyatiga ega bo‘lishi
shartmi? Nima uchun?
4. Kinofilmlar sizning hayotigizda qanday o‘ringa ega? Siz qanday kino
-
filmlarni zavqlanib ko‘rasiz? Har bir ko‘rgan filmingizdan
qanday taassurot
olasiz?
5. “Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qanday harakatlarni tartibga solar ekan?
Mazkur nizom matnini o‘qing va mazmunini tushuntirib bering.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi
10-son Qarori bilan “O‘zbekiston Res-
publikasi hududida diniy mazmun-
dagi materiallarni tayyorlash,
olib kirish
va tarqatish faoliyatini amalga oshi-
rish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
“Kasperskiy laboratoriyasi”ning guvohlik beri-
shicha, O‘zbekistonda kiber xurujga uchrayotganlar-
ning 1,6 foiziga bank-troyanlari zarar yetkazmoqda.
Mobil qurilmalar xavf-xatari
geografiyasiga mu
-
vofiq, O‘zbekistondagi mobil qurilmalarga har yili
1000 tadan 50 mingtagacha
virusli ilovalar ziyon
yetkazadi.
Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas.
Kishi chinda so‘z desa zebo durur,
Necha muxtasar bo‘lsa, avlo durur.
Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub”dan
Dostları ilə paylaş: