Tezkorlik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan na’munaviy mashqlar 1.Ko‘rish signaliga ko‘ra turli dastlabki holatlardan (turib
o‘tirib yotib) tezkor yugurishlar.
2. Harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirib yugurishlar.
3. Ayrim harakat ususllarini tez o‘zlashtirib taqlid qilish.
4. Bir turdagi harakatlardan boshqa turdagi harakatlarga tez
o‘tish.
5. Tezkorlikni talab etuvchi estafetalar.
6. Tezkorlikni shakllantiruvchi harakatli o‘yinlar.
3– topshiriq. Basketbol mavzusi bo’yicha 1 soatlik dars ishlanmasi tayyorlash.
Dars mavzusi: Basketbol to‘pini turgan joyda, harakatda uzatish va qabul qilib olish xarakatlarning o‘quvchilar organizmiga ijobiy ta’siri.
Darsning maqsadi va vazifalari. Basketbol uyinida bajariladigan mashqlarni o‘rganish. O‘kuvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Tezlik, sakrovchanlik va chaqqonlikni rivojlantirish.
Turgan joyda, harakatda to‘pni o‘zatish va ilib olishni o‘rganish.
To‘pni halqaga tashlashni takomillashtirish.
Darsning davomiyligi: 45 daqiqa.
Asosiy qism 24-25 daqiqa
Yakuniy qism- 5 daqiqa.
Nazariy savollar.
Jihozlar. Basketbol to‘plari va hushtak, sekundomer. (2 shug‘ullanuvchiga 1 dona to‘p)
Tashkiliy qism: Saflanish, salomlashish, davomatni aniqlash salomatligini so‘rash .
Saf mashqlari o‘ngga,chapga, chap yelkadan orqaga burilish.
Yengil yugurish, to‘g‘riga va yon tomonlarga qarab yugurish umumiy rivojlantiruvchi mashqlar.
Bo‘yin muskullarini harakatlantirish oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar belga qo‘yilgan holda chapga 4-marta, o‘ngga 4-marta boshni aylantirish (5-6 m takrorlanadi).
Yelka muskullarini harakatlantirish oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar yelkalarga qo‘yilgan xolda oldinga 4-marta orqaga 4-marta yelkani aylantirish (5-6 m takrorlash)
А.X. oyoqlarni gavda kengligida ochib 1- qo‘llar oldinga o‘zatilgan holat,2-qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan holda, 3-qo‘llar yon tomonga, 4- (5-6 m takrorlash)
Yon tomonga egilish oyoqlarni gavda kengligida ochib o‘ng qo‘l yukoriga ko‘tarilgan chap qo‘l belga qo‘yilgan holda 1-2 chap tomonga egilish 3-4 qo‘llarni almashtirib o‘ng tomonga egilish. (5-6 m takrorlash)
Oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar ko‘krak oldga tutilgan holda 1-2 qo‘llar ko‘krak oldida harakatlantiriladi 3-4 qo‘llar yoyilgan holda orqaga harakatlantiriladi (5-6 m takrorlash).
6. Oyoqlarni gavda kengligida ochib qo‘llar belga qo‘yilgan holatda 25 marta o‘tirib turish o‘tirgan vaqtda qo‘llar oldinga o‘zatilgan holatda bo‘ladi .
7. O‘tgan darsdagi mavzuni so‘rash, yangi mavzu aytish va qisqacha tushuntirish.