Qizdirilgan holda va sovugan holda ham qirqiladi. Metall xossasiga bog‘lik. Legirlangan
va ko‘p uglerodli po‘latlar shtamplanganda, ularning pitralari qizigan holda qirqiladi. Sovuganda
qirqilsa, darz ketishi mumkin. Qirqish presslarda bajariladi.
2. Teshik ochish.
3. Pakovkalarni tug‘irlash.
Pitralarni qirqishda, teshik ochishda, termik ishlashda pakovka deformatsiyalanishi
mumkin. Sovuq holida to‘g‘rilash taxtali friksion bolg‘ada yoki friksion pressda to‘g‘rilash
shtampi yordamida bajariladi.
Pitralarni qirqish (a) va teshik ochish sxemasi.
4. Termik ishlash.
Ichki kuchlanishlarni yo‘qotish uchun, strukturasini-mexanikaviy xususiyatlarini
yaxshilash uchun termik ishlanadi: yumshatiladi, normallashtiriladi.
5. Pakovkani kuyindidan tozalash.
Pakovkalarni maxsus barabanlarda; aylanganda bir-biriga urilib tozalanadi. Sulfat va
xlorid kislota eritmalari qizdirilgan vannalarga ma’lum vaqt tushirib ishlanadi.
6. Kalibrovka.
Detall o‘lchamlari aniqligini (3-4kl) va ishlangan yuza sifatini (7-9kl) oshirish uchun
qo‘llaniladi. SHtamplashning oxirgi operatsiyasi bo‘ladi. Sovuq va qizdirilgan holda amalga
oshiriladi. Sovuq holdagisini chekanka deyiladi.
7. Ish sifatini tekshirish.
Sovuqlayin shtamplash. Zagotovkani dastlab qizdirmasdan ishlashga sovuqlayin
shtamplash deyiladi. Bu o‘z navbatida hajmiy va list shtamplashga bo‘linadi.
Sovuq holda hajmiy shtamplashning asosiy turlari: 1. Sovuq presslash. 2. Sovuq
cho‘ktirish (visadka). 3. Sovuqlayin hajmiy farmovka. Presslash-to‘g‘ri va teskari presslashga
bo‘linadi. Bularni oldinda batafsil ko‘rganmiz: rasm.. Sovuqlayin cho‘ktirish maxsus
avtomatlarda bajariladi. Zagotovka sifatida qora va rangli metallarning d=0,5-40mm dagi
chiviqlaridan foydalaniladi. Bu usul bilan bolt, vint, gayka, rolik, yulduzchalar, zaklepka kabi
detallar ishlanadi. Detal bir necha o‘tishlar (perexodlar) orqali olinadi.
Oldin kerak o‘lchamda zagotovka qirqilib, so‘ng maxsus mexanizm vositasida
shtamplash pozisiyasiga uzatiladi.
Sovuqlayin ochiq shtamplarda shtamplash.
Buning sxemasi qizdirib hajmiy shtamplashdan farq qilmaydi. Bunda katta kuch talab
qilinadi., chunki metallning deformatsiyaga qarshiligi katta. Deformatsiya davrida (sovuq holda
bo‘lgani uchun) metall mustahkamlanadi-plastikligi pasayadi. SHuning uchun shtamplash bir
qancha bosqichlarga (perexodlarga) bo‘linadi. Har bir bosqich oldidagi metall yumshatiladi
(otjig). Har bir bosqich uchun o‘zining alohida shtampi bo‘ladi. Lekin, bitta shtampda ham
bajarilishi mumkin. Bunda bosqichlar oldidan pitr olib tashlanadi-deformatsiya kuchini
kamaytirish va o‘lcham aniqligini oshirish uchun.
Dostları ilə paylaş: