4.13-rasm. Avtomobil-temir yo’l transportida qayta yuklash nuqtalari sxemasi: a – tog’ jinsini bevosita qayta yuklash bilan; b – vaqtinchalik cho’zish bilan va ekskavatorlarning yuklashida ishlatish bilan. Avtomobil transportining skipli ko’targichlar bilan kombinatsiyada qayta yuklash nuqtalari bo’shatish va qabul qilish va bunker-yetkazgich uskunasidan tashkil topadi. 100t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega skiplar maxsus yo’naltiruvchilardan (35-45 daraja qiyalik) 8-12 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Yuqori unumdorlikdagi karyerlarda bir necha skipli ko’targichlarni o’rnatish maqsadga muvofiq. Muayyan holatlarga ko’ra amaliyotda yana boshqa transport kombinatsiyalari uchrab turadi.
Kon massasini konveyer transporti bilan tashish. Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bo‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karerlardi yumshoq, maydalangan (bo‘lak o‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari to‘ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qo‘shimcha tortish a’zolari, po‘lat arqon, zanjir, telejkalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini o‘taydi.
Karerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mo‘ljaliga qarab zaboydagi, to‘plovchi, yuk ko‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bo‘linadi.
Zaboy konveyerlari pog‘ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon massasini ekskavatordan to‘plovchi konveyrgacha tashishga mo‘ljallangan. karerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi.
To‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karerning yon qismida joylashgan bo‘lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko‘taruvchi konveyerga tashishga mo‘ljallangan. To‘plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o‘z o‘qiga parallel yo‘nalishda gusenitsali yoki rels yo‘lli izlarda harakatlanadi.
Yuk ko‘taruvchi konveyerlar ishchi bo‘lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bo‘lmagan karer qismida (transheyalarda yoki er osti qiya lahimlarida) joylashgan bo‘lib, karer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo‘ljallangan. YUk ko‘taruvchi konveyer yukni to‘plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karer borti bo‘ylab er yuzasiga ko‘taradi. Yuk ko‘taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va konstruksiyaga ega bo‘lib bir erda muqim o‘rnatilishga mo‘ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko‘tarish uchun lenta yuzasi qovurg‘alarga bo‘linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to‘r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.