Antisekretor preparatlar — ishlab chiqariladigan oshqozon shirasi miqdorini kamaytiradi;
Antibakterial vositalar (antibiotiklar) — patogen bakteriyalarni / mikroorganizmlarni yo’q qilish uchun.
Xuruj davrida kasallikni davolash muddati 2-5 hafta bo’lib, ko’pincha bu vaqt ichida bemorlar kasalxonada yotadilar. Agar bemor kuchli og’riqdan shikoyat qilsa, unga spazmolitiklar (masalan, no-shpa), uzoq muddatli qabziyatda — ich yumshatuvchi vositalar yoki xuqnalar buyuriladi.
XALQ TABOBATI VOSITALARI Uy sharoitida tayyoralandigan xalqona vositalar o’n ikki barmoqli ichak yarasining xuruji davrida ham bemorning ahvolini sezilarli darajada yengillashtirdi. Biroq, ular panatseya emasligini, ular kasallikni remissiya bosqichiga o’tkazish yoki to’liq davolashining kafolati bo’la olmasligini tushunish kerak.
Muhim: xalq tabobati vositalaridan foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Xalq tabobati vositalariga quyidagilar kiradi: Asal. Uni har kuni shunchaki o’zini iste’mol qilish ham foyda beradi. Ammo asal va zaytun moyini teng miqdorda (masalan, 500 ml`dan) aralashtirib, muzlatgichda saqlash yaxshiroqdir. Ovqatlanishdan yarim soat oldin ushbu vositadan bir osh qoshiq iste’mol qilish kerak. Davolanish davomiyligi 14 kun, keyin 10 kunlik tanaffus olinadi va kurs qayta takrorlanishi mumkin.
Zubturum urug’i. Ularni qaynoq suvda (100 ml suvga 10 g zubturum urug’i) qaynatib, yarim soat tindirish kerak. Vositani ovqatlanishdan bir soat oldin bir osh qoshiqdan qabul qilish kerak — kuniga bunday qabullar maksimum 3 marta bo’lishi mumkin.
Propolis. Ushbu mahsulotdan 150 gramm olib, iloji boricha yaxshilab maydalash kerak va ustidan 1 kg eritilgan sariyog’ quyish kerak. Propolis to’liq erimagunicha ikkalasini yaxshilab aralashtirish talab etiladi (agar kerak bo’lsa, suv hammomida bajarish mumkin). Tayyor vosita kuniga uch marta ovqatdan oldin 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi. Davolanish davomiyligi 30 kun, keyin 3 hafta davomida tanaffus qilish kerak. Ushbu dorivor vosita sovutgichda saqlanishi lozim.
ASORATLARI Odatda, o’n ikki barmoqli ichak yarasining rivojlanishi prognozi ijobiy bo’ladi — uni nafaqat uzoq muddatli remissiya, balki chandiqlanish bosqichiga ham olib borish mumkin. Agar ushbu kasallikda bemorga tibbiy yordam ko’rsatilmagan bo’lsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, xususan: