Ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlar. Gap qabziyat haqida bormoqda — defekatsiya jarrayoni juda uzoq vaqt davomida, bir haftaga qadar bo’lmasligi mumkin. Ko’pincha najasda qon va zich shilliq aralashganligi aniqlanadi.
Psixoemotsional buzilishlar — kishi asabiy bo’lib qoladi, uyqusizlikdan aziyat chekadi.
Tana vaznining kamayishi. Bu alomat har qanday holatda, bemorning ishtahasi yaxshi bo’lganida ham kuzatiladi.
Tana massasi indeksi — ozg’inlikni aniqlash→
O’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi aniq mavsumiylik bilan xarakterlanadi — yoz va qish oylarida bu patologiyaning namoyon bo’lishi umuman sezilmaydi, lekin shifokorga yuqoridagi belgilardan shikoyat qilish sonlari bahor va kuz oyida eng cho’qqiga chiqadi.
O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASINI TASHXISLASH Alomatlarning sezilarligiga qaramasdan, mazkur kasallik tashxisi shifokor tomonidan qo’yilishi kerak. Diagnostik tadbirlar doirasida quyidagi muolajalar amalga oshiriladi:
Kasallik anamnezi. Bemordan og’riq qanchalik tez-tez kuzatilishi, u nima bilan bog’liq bo’lishi mumkinligi (masalan ovqatlanishdan keyin yoki jismoniy mashqlar bajarganda), uni qoldirish uchun nima yordam berishi so’raladi.
Hayot anamnezi. Bundan oldin qanday patologiyalar tashxislanganini, boshqa qarindoshlari o’n ikki barmoqli ichak yarasidan aziyat chekishini, bemorda duodenit yo’qligini aniqlash kerak.
oshqozon shirasi tahlillari — nordonlik darajasini aniqlash uchun.
Instrumental tadqiqotlar:
FEGDS o’tkaziladi — bu tekshiruv shifokorga oshqozon va o’n ikki barmoqli icha shilliq qavatining holatini baholashga, gistologik jihatdan o’rganish uchun u yerdan namuna olishga imkon beradi.