12 barmoqli ichak yarasi — sabablari, alomatlari, asoratlari, tashxislash, davolash o’n ikki barmoqli ichak yarasi



Yüklə 65,38 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü65,38 Kb.
#180038
1   2   3   4   5   6
12 BARMOQLI ICHAK YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH

Shok yaralar — mazkur yaralar kuyish, lat yeyish va boshqa jarohatlar fonida shakllanadi;

  • Stressli yaralar — stressdepressiya, kuchli psixoemotsional tashvishlar fonida rivojlanadi.

    O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASI RIVOJLANISHI SABABLARI
    Ushbu kasallik rivojlanishining asosiy sababi Helicobacter pylori — oshqozon yarasi rivojlanishiga sababchi bo’ladigan patogenlar hisoblanadi. Oshqozon yarasi uzoq vaqt davom etganda bakteriyalar albatta o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatiga ham tushadi va u yerda yara hosil qiladi. Ushbu bakteriyalar oshqozon yarasi bo’lgan 87% bemorlarda, 12 b. ichak yarasi bo’lgan 95% bemorlarda aniqlanadi. 12 barmoqli ichak yarasining paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan boshqa ko’plab omillar ham mavjud. Unga quyidagilar kiradi:

    • Surunkali charchoq, stress, doimiy qo’zg’alganlik, depressiya, psixoloemotsional fonda buzilishlar;

    • Genetik darajada moyillik;

    • Me’da shirasi nordonligining oshib ketishi — bu holda u o’n ikki barmoqli ichakka kirib, shilliq qavatni qo’zg’atadi;

    • O’n ikki barmoqli ichakda surunkali yallig’lanish jarayoni — duodenit;

    • Boshqa patologiyalar fonida immunitetning sezilarli darajada pasayishi;

    • Ba’zi dori-darmonlardan uzoq muddatli foydalanish — masalan, steroid / nosteroid yallig’lanishga qarshi (analgin, aspirin, diklofenak), antibakterial vositalar;

    • Chekish, ayniqsa och qoringa;

    • Gastrinoma;

    • Ovqatlanish ratsionining buzilishi.

    12 BARMOQLIK ICHAK YARASI BELGILARI VA ALOMATLARI
    Bolalar va qariyalarda yara kasalligi kechishi deyarli sezilmasligi mumkin. Bu holat og’ir asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Kasallikning tipik alomatlaridan biri — xarakterli og’riq sindromidir.
    Agar kasallik remissiya bosqichida bo’lsa, u bemorni bezovta qilmaydi, bemor normal turmush tarzini olib boradi. O’n ikki barmoqli ichak yarasining xuruj olishida quyidagi belgilar kuzatiladi:

    1. Og’riq. Bu ko’rib chiqilayotgan kasallikning eng yorqin va doimo qayd etiladigan alomatidir. Og’riqlar lokalizatsiyasi kindikdan biroz yuqorida, epigastriya sohasida bo’ladi, kurak va yurak sohasiga tarqalishi ham mumkin — bu ba’zn noto’g’ri tashxisga olib keladi. Og’riq doimiy emas va ko’pincha kechqurun yoki tunda kuzatiladi, bu «och» og’riqlar deb atalishi mumkin. Uning rivojlanish vaqti — ovqatlanishdan keyin 2-3 soat o’tgach. Og’riq sindromining eng yuqori intensivligi parhezni buzish, dori-darmonlarni qabul qilish, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish vaqtida qayd qilinadi.

    2. Jig’ildon qaynashi va kekirish. Ular u darajada intensiv bo’lmaydi — ko’plab bemorlar bu alomatlarga umuman e’tibor bermaydi.

    3. Qorin dam bo’lishi va ko’ngil aynishi. Bemor qorni kuchli dam bo’layotganidan shikoyat qiladi, hatto eng kuchli dorilar ham uni kamaytirmaydi. Ko’ngil aynishi har doim ham mavjud bo’lmaydi, faqat ovqatdan so’ng kuzatilishi mumkin.

    4. Qayt qilish. U bemorga darhol yengillik beradi — qorin dam bo’lishi hissi yo’qoladi, og’riq o’tib ketadi. Ba’zi bemorlar ixtiyoriy ravishda qayt qilishni chaqirishadi.


    5. Yüklə 65,38 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin