6.Moliyaviy investitsiyalarni sotish va o’tkazish Investitsiyalarni sotish chog’ida sotishdan tushgan mablag’ bilan balans qiymati o’rtasidagi tafovut xarajatlar (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan so’ng daromad yoki xarajat sifatida e’tirof etiladi.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, ularni sotish chog’ida daromad yoki zarar sotish narxi bilan xarid narxi o’rtasida tafovut sifatida aniqlanadi.
Agar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan, balans qiymati esa qo’shimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda ko’paytirilgan bo’lsa, xo’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatini tasdiqlashi yoki qo’shimcha baholashdan keladigan miqdorni daomadni kreditlashi yoxud uni taqsimlanmagan foyda hisobiga o’tkazishi lozim.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddalti (joriy) investitsiyalarga o’tkazish ikki qiymatdan eng kami bo’yicha: xarid qiymati bilan balans qiymatining eng kmi bo’yicha, agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ikki qiymatininng eng kami bo’yicha hiosbga olinadigan bo’lsa: xarid qiymati bilan bozor qiymatining eng kami bo’yicha amalga osiriladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan bo’lsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga o’tkazish chog’ida va bu qisqa muddatli (joriy) moliaviy investitsiyalar bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, qayta baholash qiymati qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
Agar qisqa mudddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o’zgarish daromadga kritiladigan bo’lsa, qo’shimcha baholashning qolgan jar qanday miqdori daromadlga o’tkazilishi kerak.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq mudddatli moliaviy investitsiyalar toifasiga o’tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymaridan nf kami bo’yicha yoki agar investitsiya ilgari shu xizmar bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, bozor qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
8-misol
“Diydor” korxonasi 10 000 dona aktsiyalarni “Texnologiya” korxonasiga sotmoqda. Bu aktsiyalarning har biri 1 350 so’mdan sotib olingan. Ushbu aktsiyalarning har birini nominal qiymati 1 000 so’mdan sotildi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt Pul mablag’lari (51 10) 10 000 000
Dt Investitsiyalarni sotishdan ko’rilgan zarar (9690) 3 500 000
Kt Uzoq muddatli investitsiyalar *0610) 13 500 000