5. Moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash Uzoq muddatli moliaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha baholash miqdoei o’z sarmoyasiga qayta baholashdan qilgan daromad sifatida qo’shiladi. Moliyaviy investitsiyalar qimati kamaygan taqdirda kamaytirish o’z sarmoyasida (xususiy kapital) aks ettirilgan o’sha investitsiyalarni baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish miqdori qaayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so’ng o’z sarmoyasi (xususiy kapital) ko’payishiga kiritiladi.
7-misol
“Siroj” korxonasi quyidagi uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarga ega
Xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitisiyalar usuli bo’yicha aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinsa, investitsion portfel qiymati 160 000 so’mga ko’payadi, ya’ni 4 200 000 so’mdan 4 360 000 so’mgacha. Bunda “Ali” va “Vali” korxonalarning aktsiyalarining qiymati 220 000 so’mga oshgan, “G’ani” korxonasining aktsiyalarining qiymati 60 000 so’mga kamaygan. Agar qayta baholash guruhlar bo’yicha berilganda yil oxirida quyidagi provodka beriladi:
Dt uzoq muddatli investitsiyalar “Ali” (0610) 100 000
Kt Rezerv kapitali (8510) 100 000
Dt Moliyaviy faoliyatdan “g”ani” (9690) 60 000
Kt Uzoq muddatli investitsiyalar “G’ani” (0610) 60 000
Agar korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni butun portfelni qayta baholaganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt Uzoq muddatli onvestitsiyalar (0610) 160 000
Kt Rezerv kapitali (8510) 160 000