4. Ulusshga oid qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning hisobi Ulushga oid qimmatli qog’ozlar bu korxonalarning ustav kapitalidagi ulushni tasdiqlovchi oddiy va imtiyozli aktsiyalar tushuniladi.
MHXCga muvofiq bir korxonaning boshqa korxonaga qilingan investitsiyalari investitsiyalanadigan korxonada investor ega bo’lgan ovozga ega aktsiyalar foiziga bog’liq holda turkumlanadi:
1. 20% gacha ega bo’lgan ulush (qiymat usuli) – investor passiv ulushga ega,
2. 20 %dan 50%gacha ega bo’lgan ulush (ulushda qatnashish usuli) – investor ahamiyatli ta’sirga ega.
3. 50%dan yuqori bo’lgan ulush (umumlashgan hisobot) -investor aktsiyalarni nazorat to’plamiga ega.
Uyushgan korxona – investorning sho’ba korxonasi ham, qo’shma korxonasi ham bo’lmagan, ammo ivestor uchun ahamiyatli ulushga ega bo’lgan korxonadir.
Ahamiyatli ta’sir – boshqaruv siyosatida nazoratga ega bo’lmagn holda investorning investitsiya qilingan korxonasida moliyaviy va ishlab chiqarish siyosati bo’yicha qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishga jiddiy ta’sirga ega bo’ladi.
Agar investor bevosita yoki bilvosita o’z sho’ba korxonalari orqali investitsiya qilingan korxonada 20% yoki undan ko’proq foiz ovozga ega bo’lsa, investor ahamiyatli ta’sirga ega deb tushuniladi.
Bu usulda investitsiya buxgalteriya hisobida dastlab joriy qiymatda aks ettiriladi, sotib olish sanasidan keyin investorning ulushi investitsiya qilingan korxonanng foyda yoki zararlarida investorning ulushi ko’payish yoki kamayishini tan oladi. Investitsiya qilingan korxonada olingan mablag’lar investitsiyaning joriy qiymatini kamaytiradi.
Agar investor bevosita yoki bilvosita o’z sho’ba korxonalari orqali investitsiya qilingan korxonadan 20% dan kam ovozga ega bo’lsa, investor ahamiyatli tta’sirga ega emas deb tushuniladi.ic
Bunday holatda invesstitsiyalrni hisobi qiymat usulida olib boriladi. Ushbu usulni qo’llaganda investor boshqa korxonaga qilgan o’z investitsiyasini joriy qiymati bo’yicha olib boriladi. Investor investitsiyadan daromadni investitsiya qilingan korxonaning jamg’arilgan sof foydasidan sotib olingan kunidan keyin yuzaga kelgan qismidan tushgan to’lovlarni olgan zahoti tan oladi. Bundday foydadnn ortiqcha olingan to’lovlar investitsiyalarni qaytishi sifatida ko’riladi.
Ustav kapitaldagi ulushi
Investitsiyalar hisobining usuli
Foyda e’lon qilindi
Dividentlar e’lon qilindi
Dividentlar to’landi
20%dan kam
Qiymat usuli
-
Divident ko’rinishdagi daromad tan olindi
Dt Olinadigan dividend
Kt Divident ko’rinishdagi daromad
Pul mablag’lari olinganda
Dt Pul mablag’lari
Kt Olinadigan dividentlar
20% - 50%
Ulushda qatnashish usuli
Investitsiya qiymati ulushga mutanosib ko’payadi
Dt Investitsiya
Kt Investitisiyadan olingan daromad
Investitsiya qiymati kamayadi
Dt Olinadigan dividentlar
Kt Investitsiya
Pul mablag’lari olinganda
Dt Pul mablag’lari
Kt Olinadigan dividenlar
50%dan yuqori
Umumlashgan moliyaiy hisobot-nazorat
6-misol
“Mastona” korxonasi “Aloqa”aktsionerlik jamiyatining 25% aktsiyalariga ega. Joriy hisobot yilida “Aloqa” AJ 25 000 000 so’m miqdorida foyda oldi va 20 000 000 so’m dividendni e’lon qilgan.
AJ joriy yilda olingan sof foydasidan ulushini tam olganda
(25 000 000 * 25%) = 6 250 000
Dt Investitsiyalar (0610) 6 250 000
Kt Investitsiyalardan daromad (9520) 6 250 000
E’lon qilingan dividend summasidan ulushni tan olishda
(20 000 000 * 25%) = 5 000 000
Dt Olinadigan dividendlar (4830) 5 000 000
Kt Investitsiyalr (0610) 5 000 000