Amaliy matematika fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi "biznes rejalashtirish" fanidan



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə1/8
tarix05.10.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#152512
  1   2   3   4   5   6   7   8
-jsJiHDjqCIEXF5OsJHpFm3Onwg-7O3j (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI


“IQTISODIYOT” KAFEDRASI


“BIZNES REJALASHTIRISH” FANIDAN




NAZORAT ISH

MAVZU: Biznes rejaning mohiyati va vazifalari

Topshirdi: 921-20 guruh talabasi Hakimboyev Sh

Qabul qildi: Azimov Y

Jizzax 2022.


REJA:
KIRISH
1) Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari

2) Biznes rejani tayyorlash bosqichlari


3) Korxona missiyasi va maqsadlari orasidagi farqlanish.




4) Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish
5) Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati










KIRISH


Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika-sanoat-moliya rejalari, qurilish-moliya rejalari, transport-moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib o’z o’rnini biznes-rejalarga bo’shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.

Ko’pchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznes-rejaga ega bo’lib, siz professionalga aylanasiz, o’z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo’ladi»1 deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bo’layotgan biznesning yuragidir.

Ko’ngildagidek ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. To’g’ri, biznes-reja faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funktsional vazifalariga ko’ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog’liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi. Bu haqda biz keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz.

Aytish kerakki, biznes-reja xo’jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko’ngildagidek tez kirishib ketgani yo’q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning etishmasligi o’z ta’sirini ko’rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra ko’plab korxonalarning biznes-rejalari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va ko’p hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.




Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin