Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko’zda tutilgan, istalgan xolati.
Biznes tizimida maqsad beshta funktsiyani bajaradi.
tashabbus - firmaning xozirgi va ko’zda tutilgan, istalgan xolatini, harakatlar motivlarini taqqoslash, solishtirish.
qarorlar qabul qilish mezonlari - axborotlar va muqobillarni tanlash, biznesdagi ustivor yo’nalishlarni baholash;
boshqarish vositalari - harakatlarni boshqaruvchi talablar, biznes yo’nalishlarini aniqlash;
muvofiqlashtirish - qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida nizosiz munosabatlarni ta’minlash, maxsuslashtirilgan bo’linmalar ishlarini moslashtirish, muvofiqlashtirish.
Nazorat - bu xo’jalik faoliyatining joriy holati ko’rsatkichlarini maqsadlar bilan taqqoslash, solishtirish.
Missiyadan farqli ravishda maqsadlar korxona faoliyatining bir muncha aniq yo’nalishlarini aks ettiradi
Korxona missiyasi va maqsadlari orasidagi farqlanish.
Har qanday korxona murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’p maqsadli xarakterga ega.
Korxonani faoliyati davomida strategik maqsadlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ko’plab taktik va tezkor maqsadlarni ham hal etadi. Sof iqtisodiy maqsadlar bilan ijtimoiy, texnikaviy va tashkiliy vazifalar chambarchas bog’liqdir. Maqsadlarni tuzilmalarga ajratish turli xil jixatlar bo’yicha amalga oshirish mumkin
Maqsadlar aniq tushunarli bir ma’noda tushuniladigan bo’lishi va korxonaning kelajakdagi xolatini aks ettiruvchi atamalar orqali ta’riflanishi kerak. Shuning uchun maqsadlarni ishlab chiqarishda uning mazmuni va shakliga qo’yiladigan talablarni e’tiborga olish lozim
Ma’lumki maqsadlar doimo ma’lum bir cheklanishlar asosida amalga oshiriladi. Ular korxona ichidagi va tashqaridan qo’yiladigan cheklanishlar (chegaralanishlar) bo’lishi mumkin. Tashqi cheklanishlar qatoriga qonun me’yorlari, inflyatsiya, raqobatchilar, iqtisodiy ustuvorlikni o’zgarishi, aholi daromadlarini o’zgarishi, qarzdorlarning moliyaviy holati va boshqalar kiritilishi mumkin. Ichki cheklanishlarga esa firma tamoyillari, xarajatlar darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, marketing va boshqaruvning holati, turli darajadagi nomuvofiqliklar va boshqalar kiradi. Shuning uchun korxona missiyasi, maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish jarayonida uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillarni baholash zaruriyati tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: |