2.Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish Ilmiy asosda boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish
kerakki, u fan yutuqlari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritishning ilg’or shakllaridan foydalanish,
texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda
ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini
amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq
tarzda o’rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil
qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan holda
oshirishdan iboratdir. Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va
takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun “mehnatni ilmiy tashkil qilish” (MITQ) atamasidan
foydalanilgan bo’lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga nisbatan tubdan farqsiz
bo’lgan. Taxminan 60 yillarda “boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish” (BMITQ) atamasi
ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi
hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi:
- xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko’lamlarida, va ham har bir
bo’linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;
- xodimlarni tanlash va joy joylariga qo’yish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning
malakalari darajasini ta’minlash;
- boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo’yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi
va uni muxandisi–texnik ta’minlash bo’yicha faoliyatini tashkil qilish;
- ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;
- ishning ilg’or usullaridan foydalanish;
- mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;
- mehnatni me’yorlashtirish;
- boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompьyuterlardan
foydalanish;
- mehnatni rag’batlantirish.