12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja


A. Zidlanish sistemasiga ko’ra zidlanish turlari



Yüklə 33,37 Kb.
səhifə6/8
tarix18.06.2022
ölçüsü33,37 Kb.
#61785
1   2   3   4   5   6   7   8
12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja

A. Zidlanish sistemasiga ko’ra zidlanish turlari
1-§. Bu belgiga ko’ra zidlanishlar bir o’lchovli va ko’p o’lchovli hamda ajralgan va proporsional zidlanishlarga bo’linadi.
2-§. Zidlanishlar zidlanuvchi a’zolarni farqlash uchun xiz-mat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlanayotgan a’zolar uchun umumiy bo’lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bo’lib xizmat qiladi.
Qiyoslash uchun asos belgiga ega bo’lmagan ikki narsa o’zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bo’lgan belgiga ko’ra zidlanishlar ikki turli buladi: 1) bir o’lchovli, 2) ko’p o’lchovli.
3-§. Bir o’lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanishlari uchun asos bo’lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo’lib, zidlanish sistemasining boshqa a’zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi E va F harflari zidlanishini olib ko’raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o’lchovlidir. Chunki bu ikki harf o’rtasidagi o’xshash belgilar yigindisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hyech qaysi harfda uchramaydi. Aksincha, R va R harflari zidlanishi esa ko’p o’lchovlidir. Chunki bu xarflar o’rtasi­dagi o’xshash (qiyosga asos bo’lgan) belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o’ng tomondan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masa­lan, V harfida).
Bir o’lchovli va ko’p o’lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidlanishlar tilning barcha sathlarida uchraydi.
4-§. Bundan tashљari birinchi belgiga ko’ra zidlanishlarning proporsional va ajralgan turlari ham mavjud.
Ma’lum bir zidlanish a’zolari o’rtasidagi munosabat til sistemasining boshqa zidlanish a’zolari o’rtasidagi munosabat bilan bir xil bo’lgan zidlanishlar proporsional zidlanish hisoblanadi. Masalan, o’zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining zidlanishi proporsionaldir. Chunki bu zidla­nish a’zolari o’rtasidagi munosabat, ya’ni jarangsizlik, portlovchilik belgisi asosida umumiylikni hosil kilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d kabi juftliklar uchun ham xosdir [1]1. Ma’lum bir zidlanish a’zolari o’rtasidagi qiyos uchun asos bo’lgan belgi til sistemasidagi zidlanishlarning hyech qaysisida uchramaydigan zidlanish ajralgan zidlanish sanaladi. Masalan, b va l juftliklari o’rtasidagi zidlanish ajralgandir. Chunki bilabiallik va labiodentallik belgilari boshqa hyech bir juftlikda kiyos uchun asos bo’lmaydi.

Yüklə 33,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin