12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja
Zidlanish a’zolari o’rtasidagi munosabatga ko’ra zidlanish turlari 1-§. Zidlanish a’zolari o’rtasidagi munosabatga ko’ra zidlanishlar privativ (qiyosga asos bo’lgan belgi birida bor, ikkinchisida yo’q bo’lgan zidlanish), darajali (gradual) va teng qimmatli (ekvipolent) zidlanishlarga bo’linadi.
2-§. Zidlanuvchi a’zolaridan birida zidlanish uchun asos bo’lgan belgining mavjudligi, ikkinchisida esa yo’qligiga asoslangan zidlanish privativ zidlanish щsoblanadi. Zidlanuvchilarning belgiga ega bulgan a’zosi belgili (markirlangan), kuchli, belgiga ega bo’lmagan a’zosi esa belgisiz (markirlanmagan), kuchsiz a’zo deyiladi. Masalan, t-d, k-g undoshlari zidlanishlari privativ ziddiyat sanalib, zidlanuvchi juftliklarning har birida birinchi a’zo «ovoz» (jarang) belgisining yo’qligi, ikkinchisi esa borligi bilan xarakterlanadi. Bunday zidlanishlarning grafik ifodasi uchun kuchsiz a’zoga «-», kuchli a’zoga « +» belgisi qo’llaniladi. Masalan, so’z turkumlari sistemasida ot bilan fe’l o’rtasida qiyos uchun asos bo’lgan belgi «harakat» sanalib, birinchisi bu belgining yo’qligi (-), ikkinchisi esa borligi (+) bilan xarakterlanadi.
3§. Zidlanuvchi a’zolar bir belgining turli darajasini (gradasiyasini) ko’rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisoblanadi. Masalan, unlilarda og’iz ochilishining turli darajasini ko’rsatuvchi u-u-o, i-e-a o’rtasidagi zidlanish.
Darajali zidlanish ko’p a’zoli bo’lib, darajalanish silsilasidagi birinchi va so’nggi a’zo chegara a’zolar, ular o’rtasidagi a’zolar esa oraliq a’zolar sanaladi.
Chegara a’zolar zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi.
4§. Zidlanuvchi a’zolarning har ikkisi mantiqan teng bo’lgan, ya’ni belgining ikki darajasini ham, bor yoki yo’qligini ham bildirmaydigan zidlanishlar teng qimmatli (zkvipolent) zidlanish hisoblanadi. Masalan, opa-singil, ota-ona zidlanishi. Shuni ta’kidlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til sistemasining konkret shart-sharoiti bilan bog’liq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitdan ajratib olingan ayni bir zidlanishi privativ ham, darajali ham bo’lishi mumkin. Masalan, u-O o’rtasidagi zidlanish og’izning ochilish darajasi sifatida olinsa, privativ ziddiyat bo’ladi. Zidlanuvchilardan biri og’iz ochilishining «nul» darajasi sifatida qabul qilinadi. Bu vaktda u «ochiq emas», o esa «ochiq», yoki u «yopiq», O esa «yopiq emas» tarzida zidlanadi. Xuddi shu belgiga ko’ra til sistemasidagi u ga nisbatan ochiqroq unli u e’tiborga olinsa, u bilan o o’rtasidagi zidlanish darajali zidlanishga aylanadi. Bu vaqtda u va o zidlanishning chegara a’zolari, o’ esa oraliq a’zo bo’lib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlanishni privativ, darajali va teng himmatli zidlanish sifatida baholanishi bizning qanday nuqtai nazardan yondashuvimizga bog’liq.
Lekin bundan u yoki bu zidlanishni belgilash sof subyektiv xarakterga ega degan xulosaga kelmaslik kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, zidlanishning o’zida uni ma’lum bir turga kiritish uchun asos bo’ladigan qandaydir belgi mavjud bo’ladi. Tilning sistemaviy tuzilishining o’zi va uning funksiyalashuvi ko’p hollarda zidlanishning obyektiv va aniq turini ajratishga imkon beradi. Yuqorida ko’rib o’tgan u va o fonemalari o’rtasidagi munosabat privativ zidlanish sifatida ham, darajali. zidlanish sifatida ham tasavvur etilishi mumkin. Lekin amalda ularning qaysisi reallashayotgani shu fonologik sistemaning tuzilishi va qo’llanishi bilan bog’liq bo’ladi [1]1.