12-mavzu. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 24,67 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü24,67 Kb.
#169606
  1   2
12-mavzu. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi. Mavzu yuzas


12-MAVZU. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI.



  1. Mavzu yuzasidan nazorat savollari.




  1. Dastlabki banklarni rivojlanish tarixining bosqichlarini sanab bering.

  2. Banklarning funksiyalarini sanab bering

  3. Tijorat banklarining tarixiy rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?




2. Quyidagi so’zlarga ta’rif bering

  1. Bank –

  2. Bank balansi –

  3. Ipoteka banklari –

  4. Investitsion banklar –

  5. Ixtisoslashgan banklar –

  6. Jamg‘arma banklari –

  7. Universal banklar -

Birinchi sudxo'rlar qadimgi davrlarda paydo bo'la boshlagan. Ular o'z qabiladoshlariga qimmatli narsalarni qarzga berib, bir muncha vaqt o'tgach, foiz bilan qaytarib berish majburiyatini olganlar. Shundan so'ng qimmatbaho buyumlar bilan turli operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliyaviy tashkilotlar shakllana boshladi. Bank tarixi shunday tug'ilgan.
Bank ("banko") italyan tilidan tarjimada "pul stoli" degan ma'noni anglatadi. Zamonaviy kontseptsiyadagi birinchi organ Genuya banki (1407) edi. Angliyada birinchi moliyaviy organ 1664 yilda tashkil etilgan, shundan so'ng savdo va iqtisodiy siyosat. AQShda bu voqea 1781 yilda sodir bo'lgan (Filadelfiyada bank paydo bo'lishi bilan).
2.
tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
 vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
 korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
 iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
 moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
 iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish va boshqalar.
3. Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi. Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi.
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi ya'ni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni yo'lga qo'ydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.


Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin