12-Mavzu: banklarning paydo bo‘lishi va bank tizimi reja



Yüklə 29,22 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü29,22 Kb.
#208521
  1   2
12-mavzu


12-Mavzu: BANKLARNING PAYDO BO‘LISHI VA BANK
TIZIMI
Reja:
12.1. Banklarning paydo bo‘lishi va ularning pul-tovar munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni
12.2. Bank tushunchasi. Bank bo‘limlari (filiallari) va vakolatxonalari. Banklarning kredit tizimidagi o‘rni va asosiy vazifalari
12.3. Banklar tasnifi


Asosiy tushunchalar: Bank. Pulni saklash. Sarroflar. Pul almashtirish. Kredit operatsiyalari. Nakd pulsiz xisob-kitoblar. Banklar tasnifi. Emission banklar. Tijorat banklar. Ixtisoslashgan banklar. Universial banklar. Davlat banklari. Davlat aksiyadorlik banklari. Aksiyadorlik banklar. Xususiy banklar. Qushma banklar. Bank tizimi. Ikki pog‘onali bank tizimi. Banklar (Assosiatsiya) uyushmasi.

12.1. Banklarning paydo bo‘lishi va ularning pul-tovar munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni
«Bank» so‘zi italyancha «banko» so‘zidan olingan bo‘lib, pul muomalasi va kredit munosabatlari amalga oshiriladigan «stol», «peshtaxta», «kursi» ma’nolarini bildiradi. Banklar dastlab Gʻarbiy Yevropaning Genuya, Florensiya va Venesiya shaharlarida o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan.
Banklarning paydo bo‘lishiga asosiy sabab, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining mavjudligi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda ham banklarni faoliyat ko‘rsatishlarini taqozo qiladi.
Banklarni paydo bo‘lishiga asosiy sabablardan quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:
1.Ma’lumki, qadimda kishilar ancha tarqoq, bir-birlaridan uzoqda yashaganlar. Ular turli urushlar, bosqinchilik va talonchilik natijasida ko‘p jabrlanganlar. Dastlabki banklar ana shu zamonlarda paydo bo‘lgan. Ular yirik shaharlar, aholi kechayu-kunduz gavjum bo‘ladigan bozorlar, karvonsaroylar, ibodatxonalar va portlarda mustahkam binolarda joylashganlar. Puldorlar o‘z pullari va boyliklarini ma’lum haq to‘lash evaziga ana shu banklarda saqlaganlar. Ana shunday tarzda banklarning birinchi-pulni saqlash operasiyalari vujudga kelgan.
2. O‘rta asrlarda yirik davlatlar juda kam, aksincha, mayda feodal davlatlar – knyazlik, graflik, xonlik, amirlik va shu kabilar juda ko‘p bo‘lgan. Har bir hukmdor taxtga o‘tirgach, birinchi navbatda o‘z nomidan tanga zarb etgan. Bu tangalar avvalgilaridan o‘zgacha bo‘lgan. Ana shu sababli savdo-sotiqda turli-tuman tangalar ishlatilgan. Ular bir-birlaridan vazni, shakli, ko‘rinishi va tarkibi jihatidan farq qilganlar. Bu tangalarning haqiqiyligi, tarkibi va qiymatini aniqlash, ularni bir-biriga taqqoslash, shuningdek, almashtirish zarurati tug‘ilgan. Bu vazifalarni dastlab sarroflar, Keyinroq esa banklar bajara boshlaganlar. Pul almashtirish qadimiy banklarning ikkinchi operasiyalaridir.
3. Pul saqlash va almashtirish bilan shug‘ullanish natijasida banklarda katta miqdorda pul mablag‘lari jamg‘arila borgan. Ammo bu pullar harakatsiz yotgan. Asta-sekin bank egalari bu pullarni ma’lum haq evaziga o‘z nomlaridan qarzga bera boshlaganlar. Qarzni o‘z muddatida qaytarilishini kafolatlash uchun qarz oluvchining mol-mulki (uy-joyi, yeri, kemalari va boshqalar) garovga olingan. Ana shunday tarzda banklarning uchinchi operasiyalari, ya’ni, kredit operasiyalari kelib chiqqan. Endi banklar sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullana boshlaganlar.
4. Ma’lumki, bank egasi tomonidan bankka pul qo‘ygan har bir kishining pul qo‘yishi va olishi hisob-kitobi «temir daftarda» olib borilgan. Shunday hollar ham bo‘lganki, bir-biri bilan savdo-sotiq yoki «oldi-byerdi» qiluvchi ikki va undan ortiq kishilar bir bankda o‘z pullarini saqlaganlar. Ular har safar bankdan naqd pul olishlari, o‘zaro hisob-kitob qilgandan so‘ng, uni yana qaytarib bankka qo‘yishlari lozim bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, bank egasi yerto‘ladagi sandiqlarni ochib, pulni egasiga bergan, u esa o‘z navbatida ikkinchi kishiga bergan. Ikkinchi kishi esa pulni yana bankka qo‘ygan, ya’ni syertashvish «pulni shamollatish operasiyasi» o‘tkazilgan, xolos.
Bu ovoragarchilikdan ko‘ra, bank egasi tomonidan «Temir daftar» dagi pul byeruvchining pulini ma’lum miqdorga kamaytirib, pul oluvchinikiga qo‘shib qo‘ysa bo‘ladiku! Ana shunday qilib kishilar banklar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar qila boshlaganlar.
Ko‘rib chiqqanimizdek, qadimgi banklarning dastlabki operasiyalari quyidagicha rivojlangan:

Hozirgi banklar o‘z mijozlariga bir necha yuzlab turdagi xizmatlar ko‘rsatmoqdalar. Endi ular qadimiy sarroflarning ko‘rimsiz do‘konchalari-yu, sudxo‘rlarning yarim qorong‘i uylariga sira o‘xshamaydilar. Ular katta-kichik shaharlarning eng muhtasham binolarida joylashganlar, u yerda eng zamonaviy jihozlar o‘rnatilgan bo‘lib, maxsus ma’lumotlarga ega bo‘lgan minglab mutaxassislar ishlashadi.


Banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni byeqiyosdir. Ularni bejiz «iqtisodiyot qon tomirlari» yoki «iqtisodiyot lokomotivlari» dyeb aytishmaydi.


Yüklə 29,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin